Imperator: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

29-Mart 2013, 17:10 dagi koʻrinishi

Imperator (lot. imperator — hukmdor) — baʼzi monarxlarga berilgan unvon. Dastlab, Rim lashkarboshilari (mas, Yuliy Sezar va b.) ga berilgan. Rimda respublika tartibi tu-gatilib, monarxiya oʻrnatilgach, davlat tepasiga kelgan har bir merosxoʻr I. deb atalgan. 962 y. nemislar Shim. Italiyani bosib olgach, Germaniya qirollari oʻzlarini I. deb atay boshladilar. 15-a.dan bu unvon Avstriya monar-xlarigaoʻtdi. 1721 y. I. unvonini Pyotr I qabul qildi. Bundan keyingi rus podsholarining hammasi I. deb yuritildi. Napoleon I, Napoleon III lar ham oʻzlarini I. deb eʼlon qildilar. Bu unvon Xitoyda 1911 y.gacha mavjud edi. Yaponiyada hozir ham I. davlat boshligʻi hisoblanadi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil