Ingliz tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 240 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q1860 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
'''Ingliz tili''' — [[tillarning hind-yevropa oilasi|hind-yevropa oilasining]] [[german tillari|german guruhiga]] kiruvchi [[til]]. Ingliz xalqining tili. [[Avstraliya]], [[AQSH]], [[Birlashgan Qirollik]], [[Hindiston]], [[Irlandiya]], [[JAR]], [[Kanada]], [[Liberiya]], [[Malta]] va [[Yangi Zelandiya]]ning [[rasmiy til]]i.Ingliz tili dunyodagi eng koʻp ishlatiladigan tillar ichida 3chi oʻrinda turadi (Ispan hamda Mandarin Xitoycha tillardan keyin). Yevropa Ittifoqining asosiy tili.
 
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Ingliz tili''' — hind-yevropa tillari oilasining gʻarbiy german tillari guruhiga mansub. I. t. BMTning rasmiy ish yuritish tillaridan biri, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Shim. Amerika, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Osiyo va Afrikadagi koʻpgina mamlakatlarda tarqalgan. Bu tilda yer yuzidagi 400 mln.
 
dan ortiq kishi gaplashadi (1992). Buyuk Britaniya va Shim. Irlandiya, AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada (fransuz tili b-n birga), Irlandiya (irland tili b-n birga), Hindiston va 15 ta Afrika davlati (JAR, Nigeriya, Gana, Uganda, Keniya, Tanzaniya va b.)da rasmiy til sifatida qoʻllaniladi.
 
I. t. mil. av. 5—6-a.larda kad. german qabilalari (ingliz, saks va yut)ning tillaridan kelib chiqqan. Kad- I. t. (7— 11-a.lar) anglosaks tili deb atalgan va 4 shevaga ega boʻlgan: nortumbriy, mersiy, uessek va kent. 9—11-a.larda uessek shevasi asosida adabiy I. t. shakllangan. Oʻrta I. t. (12—15-a.lar) ur-gʻusiz unlilarning reduksiyaga uchrashi natijasida feʼllik soʻz birikmalari koʻp oʻzgarishlarga uchragan. 16—17-a.larda yangi I.t. yuzaga kelgan.
 
Hoz. I. t. oʻz hududiy shevalariga ega. Buyuk Britaniyada shotland shevasi, shim., jan., markaziy shevalar guruhi, AQShda Sharqiy, Oʻrta Atlantika (markaziy), jan.sharqiy, oʻrta, gʻarbiy shevalar guruhi mavjud. I. t. fonematik tizimida oʻziga xos unlilar va undoshlar mavjud. Boshqa german tillaridan I. t. analitik qurilish belgisi b-n farqlanadi. Grammatik munosabatlarni ifodalashda yordamchi soʻzlar (artikl, yordamchi feʼllar, predloglar) va soʻz tartibi katta ahamiyatga ega. I. t. boshka tillar (lotin, fransuz, italyan, ispan va b.)dan 70% ga yaqin soʻz qabul qilgan. I.t.ning amerikacha variantini Buyuk Britaniya variantidan farqini shu b-n izohlash mumkinki, Shim. Amerikaga dastlab koʻchib kelganlar (1607) London va uning atrofidan, keyingilari esa Shim. Britaniya va Irlandiyadan kelishgan. AQSH tilida Britaniyadagi singari yorqin ifodalangan shevalar yoʻq. Prof. X. Kurat taxriri ostida chiqqan "AQSH va Kanadaning tilshunoslik atlasi"da (1939) yetti sheva, shu jumladan, tarqalishi hududi jihatidan eng salmoqli boʻlgan AQShning markaziy va shim. viloyatlari shevalari ajratib koʻrsatilgan; u AQShda asosiy adabiy meʼyor hisoblanadi. I.t.ning amerikacha va Buyuk Britaniya variantlari oʻrtasidagi farq leksikada va maʼlum darajada fonetikada na-moyon boʻladi; grammatikasidagi farq sezilarli emas. I. t.ning mavjud Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va JAR adabiy variantlari xususida ham shunday fikrni aytish mumkin. I. t. yozuvi lotin alifbosi asosida. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
Ingliz tili Angliyaning Anglo-Sakson qirolliklari hamda hozirgi janubiy-sharqiy Shotlandiya yerlari avvalgi Norzumbriya qirolligida vujudga keldi. Buyuk Britaniyaning 17 va 20 asr oʻrtasidagi kuchli rivojlanishi hamda AQSHning 20 asrdagi dunyoviy tasiri ostida ingliz tilining xalqaro nufuzi oshdi. Tarixiy manbaalarga koʻra, eski ingliz tili juda koʻplab shevalar turkumini oʻz ichiga oladi. Bu shevalar turkumi Buyuk Britaniyaning sharqiy qirgʻogʻiga nemis qabilalari boʻlmish anglo-saksonlar tomonidan keltirilgan. English (ingliz) soʻzi Angles soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, bu xalqning ajododlar yurti Angeln hozirgi [[Schleswig-Holstein]] boʻlgan. Ingliz soʻzlarning koʻpchiligi Lotin tilidan olingan, vaholanki lotin tili Xristian Cherkovi hamda Yevropa tafakkur doirasining tili edi. Vikinglarning 8 hamda 9 asrdagi istilosidan keyin ingliz tili eski norz-tilining bir qismini oʻzlashtirdi.
Qator 24 ⟶ 35:
{{Link FA|sw}}
{{Link FA|vi}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}