Indoneziya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 206 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q252 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
{{Indoneziya_info}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Indoneziya''' (Indonesia), Indoneziya Respublikasi (Republik Indonesia) — Jan.sharqiy Osiyodagi davlat. Dunyodagi eng katta Malay arxipelagining 17,5 ming oroli va Yangi Gvineya (Gʻarbiy Irian) o. ning gʻarbiy qismida joylashgan. Mayd. 1904,6 ming km2. Aholisi 228,4 mln. kishi (2001). Poytaxti — Jakarta sh. Maʼmuriy jihatdan 26 viloyat (province) ga boʻlinadi.
 
Davlat tuzumi. I. — unitar respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1945 y. 18 avg . da qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — 5 y. muddatga saylanadigan prezident (2001 y. iyuldan Megavati Sukarnoputri xonim). Davlat hokimiyatining oliy organi — Xalq maslahat kongressi. U konstitutsiyani tasdiklaydi, unga oʻzgarishlar kiritadi, prezident va vitse-prezidentni saylaydi. Qonun chiqaruvchi hoki-miyat bir palatali parlament — xalq vakillari kengashidan iborat. U joriy qonun chiqaruvchilik faoliyati b-n shugullanadi. Uning 500 deputatidan 462 nafari umumiy ovoz berish yoʻli b-n 5 y. muddatga saylanadi va qolgan 38 nafari (harbiylar fraksi-yasi) prezident tomonidan tayinlanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident oʻzi tayinlagan hukumat b-n birga amal oshiradi.
 
Tabiati. I. ekvatorial kengliklarda joylashgan. Qirgʻoqlari kam parchalangan, botkrkliklar, mangra chakalak-zorlari bor. I. yer yuzasining yarmidan koʻprogʻi oʻrtacha baland va pastqam togʻlardan, Yangi Gvineyada qisman baland togʻlardan (eng baland joyi 5029 m), qolgan qismi allyuvial tekisliklardan iborat. Orollarda 400 dan ortiq vulkan bor, shundan 100 tasi harakatdagi vulkan. Tektonik harakatlar tinmagan. Tez-tez kuchli zilzila boʻlib turadi. Neft, koʻmir, temir, marganets, qalay rudalari, boksit, mis, qoʻrgʻo-shin, rux, alyuminiy, nikel va fosfat konlari bor.
 
Iqlimi I. ning katta qismida ekvatorial, Yava o. ning sharqi va Kichik Zond o. larida subekvatorial iqlim. Pasttekisliklarda oylik oʻrtacha t-ra 25—27°. Togʻlarda salqinroq, 1500 m dan balandda yer yuzasi baʼzan muzlaydi. Ekvatorial iqlimli joylarda yillik yogʻin 2000—4000 mm, subekvatorial iqlimli joylarda 2000 mm ga yaqin. Daryolari jan.-gʻarbidan boshqa qismida yil davomida sersuv. Eng yiriklari: Kapuas, Barito, Hari, Kampar, Musi, Mamberamo, Digul. Tuproqlari mamlakat hududining 4/5 qismi (asosan, Katta Zond o. lari va Gʻarbiy Irian) da sernam oʻrmonlarga xos qizil-sariq laterit va togʻ laterit tuproqlar; tekisliklarda tropik botqoqli va lateritli gley tuproqlar. Sohilidagi mangra chakalakzorlarining tuprogʻi botkrkli. Jan.
 
sharqidagi tropik oʻrmonlarda qizil laterit, quruq savannalarda qizilqoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Pasttekislikda va 1300—1500 m balandlikdagi togʻ yon ba-gʻirlarida doim yashil sernam ekvatorial oʻrmonlar (fikus, pandaus va non daraxtlari, palma, paporotniklar, bambuk) usadi. 1300—1500 m va 2600— 3000 m balandlikdagi mintaqa tor-tropik oʻrmonlar (eman, qora qayin, kashtan, qaragʻay), undan yuqorisi butazor va oʻtloqlar b-n qoplangan. Jan.sharada, asosan, barg toʻquvchi tropik oʻrmonlar (tik daraxti, kazuarin) va savannalar (alang-alang oʻti va yovvoyi shaqarqamish) bor. I. da maymunlar (orangutan, gibbon, makakalar), kar-kidonlar, fil, malay ayigʻi, tapir, banteng buqasi, kaklik, toʻtilar, tim-soxlar (uz. 7 m gacha), kobra va boʻgʻma ilonlar, echkemar va b. bor. I. ning sharqiy qismida xaltali qayvonlar, koʻrshapalak, jannat qushi, kakadu toʻtisi uchraydi. Hasharotlar I. ning hamma qismida mavjud, baliq koʻp. Noyob hayvonlarni saqlash maqsadida Sumatra, Kalimantan, Yava va b. orollarda qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Gunung-Lyoser, Komodo-PadarRinko, Ujung-Kulon va b. Bir necha dengiz bogʻlari va qoʻriqxonalar bor.
 
Aholisi. I. da 150 ga yaqin elat va etnik guruh yashaydi. Mamlakat aholisining 96% tili, madaniyati va urf-odatiga koʻra malayyapolineziya til oilasining indonez guruhiga mansub. Bulardan eng yiriklari: yavaliklar, sundlar, maduralar, malayyalar, jakartaliklar, achelar, bataklar, dayaklar va b. Bulardan tashqari, I. da melanezlar, papuaslar, xitoylar, arablar, gollandlar, hindlar va b. yashaydi. Davlat tili — indonez tili. Asosiy din — islom dini. Aholining 80% musulmonlar, 10% xristianlar, qolgan qismi hin-duilik, buddaviylik, konfutsiylik va mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtikrd kiladi. I. aholisining 2/3 qismi mamlakat hududining 7% ini tashkil etgan Yava o. da. Aholining 70% qishloqlarda yashaydi. Yirik gsaharlari: Ja-karta, Surabayya, Bandung , Semarang , Medan.
 
Tarixi. I. — hoz. tipdagi inson (pitekantrop, yavantrop) shakllangan markazlardan biri. Mil. av. 2-a. ga oid yodgorliklar saqlangan. Yava, Malayya o. larida Taruma va Kalinga, Sumatrada Malayyu va Shrivijayya davlatlari tashkil topgan. Ularda hinduilik va buddaviylik tarqala boshladi. Mil. 7-a. da bir necha mayda davlatlar birla-shib, Shrivijayya imperiyasiga aylandi. 8-a. 1-yarmidaYavada Mataram davlati paydo boʻldi. 1025 y. Shrivijayya inqirozga uchradi. 11-a. ning 40-y. larida Mataram Kediri (13-a. dan Singasari) va Jangala davlatlariga boʻlinib ketdi. 1120 y. Kediri ilgari Mataramga qarashli barcha yerlarni birlashtir-di, boshqa orollar ustidan nazorat oʻrnatdi. 13-a. oxirida Singasari yemirilib, uning oʻrnida Majapaxit im-periyasi tashkil topdi (1293— taxm. 1520). Majapaxit imperiyasi oʻrta asrlarda eng yirik umumindonez davlati boʻlgan.
 
14-a. da Hindiston va Malakkadan I. ga islom dini kirib keldi. Arxipe-lagning koʻp qismini egallagan Majapaxit imperiyasi musulmon sultonliklariga boʻlinib ketgach (16-a.), I. hudu-diga yevropaliklar (portugallar, gollandlar) kirib kela boshladi. 1602 y. gollandlar I. da Ost-Indiya kompan-piyasiga asos soldi. Bu kompaniya mamlakatning talay qismini oʻziga tobe qilib oldi. 1811 y. I. ni inglizlar bosib oldi. Birok, 1814 y. gi Angliya-Niderlandiya bitimiga kura, I. yana Niderlandiya qoʻliga oʻtdi.
 
I. xalqi ajnabiy istilochilarga qarshi kurash olib bordi. Diponegoro boshchiligida Yavada (1825—30), Imom Bajon yetakchiligida Sumatrada (1830— 39), Acheda (1873—1903) koʻtarilgan qoʻzgʻolonlar tarixda mashhur.
 
20-a. boshida milliy ozodlik harakati bir muncha kengaydi. 1908 y. Yavada "Budi utomo" ("Oliy maqsad") nomli birinchi milliy tashkilot paydo boʻldi. Golland mustamlakachilariga qarshi 1923 y. temiryoʻlchilarning umumiy ish tashlashi boʻlib oʻtdi. 1926 y. indonez xalqi mustamlakachilikka qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi, ammo u bostirildi. 1927 y. Axmad Sukarno rahbarligida Milliy partiya tuzildi. I. mustaqilligini talab qilib, xalq orasida obroʻ krzongan bu parti-yaning faoliyati takikdandi, Sukarno va uning tarafdorlari qamoqqa olindi (1929). 1931 y. dan Milliy partiya I. partiyasi deb nomlandi. 1937 y. milliy inkilob tarafdorlari Indonez xalqi harakati (Gerindo) tashkilotini tuzdilar.
 
1942—45 i. larda I. ni Yaponiya bosib oldi. Yaponiya 2-jahon urushida maglubiyatga uchragach, mamlakat mustaqil I. respublikasi deb eʼlon qilindi (1945 y. 17 avg .). A. Sukarno uning prezidenti qilib saylandi. Respublika konstitutsiyasi qabul qilindi. Biroq 1945 y. 6 sent. da I. ga ingliz, keyinroq golland qoʻshinlari bostirib kirdi. I. xalqi bosqinchilarga qarshi 4 y. kurash olib bordi. Nihoyat, Gollandiya I. mustaqilligini tan olishga majbur buldi (1949 y. noyab.). Biroq u I. mustaqilligiga putur yetkazadigan bitim tuzishga erishdi. I. 16 xududga boʻlibtashlandi; mamlakat "Indoneziya Qoʻshma Shtatlari" nomi b-n yuritila boshladi, Gollandiya I. ning bir qismi (Gʻarbiy Iri-an) ni oʻz koʻl ostida saqlab qoldi. I. xalqi oʻz mamlakatini toʻla ozod qilish uchun kurashni davom ettirdi. 1950 y. 6 avg . da I. unitar (qoʻshma) davlat deb eʼlon qilindi. Hukumat I. uchun asoratli boʻlgan bitimlarni tan olmaslik haqida qaror qabul qiddi (1956 y. apr.). 1957 y. ning oxirida I. hukumati mamlakatdagi ajnabiylarga qarashli barcha korxona, plantatsiya va banklarni oʻz nazoratiga oldi. 1957 y. Sukarno davlatning siyosiy va iqti-sodiy apparatini qayta tuzdi. Prezident dekreti b-n 1945 y. gi Konstitutsiya yana kuchga kirdi (1959 y. iyul). Biroq I. hukumati va milliy vatanparvarlarga qarshi qoʻporuvchilik harakati toʻxtamadi. 1956 y. Sumatra va Sulavesida ayirmachilar qurolli isyon boshladi. Hukumat qoʻshinlari xalq ommasining yordami b-n isyonchilarni tor-mor qildi (1961). Gʻarbiy Irianni I. tarkibiga qoʻshib olishni tinch yoʻl b-n hal etolmagach, I. vatanparvarlari golland bosqinchilariga qarshi qurolli kurash boshladi (1962). 1963 y. 1 mayda Gʻarbiy Irian I. Respublikasi tarkibiga qoʻshib olindi. Prezident Sukarno mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, iqti-sodiyotni yuksaltirish, dunyodagi barcha mamlakatlar b-n doʻstlik va hamkorlik yoʻlini tutdi. Ammo ichki siyosiy beqarorlik (harbiylar, ayirmachilar va islom aqidaparastlarining isyonlari), soʻl va oʻng kuchlarning oʻzaro kurashi tobora kuchayishi "1965 y. 30 sentyabr" voqealariga olib keldi. Armiya raxbariyatining raqiblari orasidagi ashaddiy murosasiz arboblar kompartiya rahbarlarining madadi b-n davlat toʻntarishi qilishga urindilar. Ularning xattiharakatlari tor-mor etilgach, Sukarno hokimiyatdan chetlashtirildi va "yangi tartib" oʻrnatishga kirishildi. 1966 y. da general Suharto muvaqqat (1968 y. dan rasmiy) prezident boʻlib qoldi. Harbiylar boshchiligidagi hokimiyat ichki muxolifatni keskin cheklab, bozor xoʻjaligiga oʻtish orqali iqtisodiy oʻsishni taʼminlash vazifasini qoʻydi. I. faol tashqi siyosat oʻtkazib, milliy taraqqiyot uchun qulay sharoit taʼminlash yoʻlidan bordi. Yalpi mahsulot i.ch. ni koʻpaytirish surʼatlari oshdi, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad koʻpaydi.
 
Suharto 6-muddatga prezident etib saylandi, biroq 1998 y. boshlarida mamlakat moliyaviy inqirozga duchor boʻldi. Xalq ommasi, ayniqsa, talaba yoshlar bu kulfatda prezidentni ayblab, koʻchalarda norozilik namoyishlari oʻtkazishdi. Shunday bir vaziyatda Xalq maslahat kongressi Suhartoni 7-muddatga yana prezident etib sayladi. Bu voqea xalqning gʻazabini yanada oshirdi va tinch namoyishlar gʻalayon tusini ola boshladi. Prezidenta ing isteʼfo beri sh i haqidagi ta-lablar kuchaydi. Nihoyat, Suharto isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi va konstitutsiyaga binoan 1998 y. 21 may kuni vitse-prezident Burhoniddin Yusuf Habibiy prezident lavozimini egalladi. Ammo uning bu lavozimdagi faoliyati uzoqqa bormadi. Oliy tabaqa arboblarining suiisteʼmollaridan norozi boʻlgan xalq ommasining talabi b-n B. Yu. Xabibiy isteʼfoga chiqarildi. 1999 y. okt. dan Vohid Ab-durahmon, 2001 y. iyuldan A. Sukarnoning qizi Megavati Sukarnoputri prezident lavozimiga saylandi.
 
I. — 1950 y.dan BMT aʼzosi.
 
Milliy bayrami — 17 avg . — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1945). OʻzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 23 mayda oʻrnatdi.
 
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Birlik va taraqqiyot partiyasi, 1973 y. da musulmonlarning 4 partiyasi birlashishi natijasida tuzilgan; I. demokratik partiyasi, 1973 y. da 5 partiyaning qoʻshilishi natijasida tuzilgan; Golkar (funksional guruqlar), 1964 y. siyosiy partiyalarga kirmaydigan davlat xizmatchilari, kasaba uyushma, yoshlar, xotin-qizlar, diniy tashkilotlar vakillari ittifoqi sifatida tuzilgan, 1998 y. da partiyaga aylantirilgan; I. demokratik partiyasi (kurashchi), 1998 y. da tuzilgan; Milliy mandat partiyasi, 1998 y. da tashkil etilgan; Milliy uygʻonish partiyasi, 1998 y. da tuzilgan. Umumindone-ziya mehnatkashlar ittifoqi kasaba birlashmasiga 1973 y. da asos solingan; Umumindoneziya ishchilar itti-foqi ("Ravnaq") kasaba birlashmasi 1992 y. da tuzilgan.
 
Xoʻjaligi. I. — agrar-industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x. ning ulushi oʻrtacha 17% ni tashkil etadi va bu ulush tobora kamayib bormoqda. Ayni vaktda q.x. mahsulotlari hajmi koʻpaymoqda. Bu hol dehqonchilik va chorvachilik intensiv tuye olayotgani b-n ham, ekinzorlar kengayishi, jumladan, kam yerli dehqonlar yangi oʻzlashtirilgan yerlarga koʻchib borishi b-n ham bogʻliqdir.
 
Qishloq xoʻjaligi — I. iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi. Mehnatga yarokli aholining yarmidan koʻprogʻi q.x. da mashgʻul. I. tabiiy kauchuk (yiliga 1 mln. tonnadan ortiq) va palma yogʻi (yiliga 2 mln. tonna moyli palma mahsulotlari) i. ch. boʻyicha dunyoda 1-oʻrinda turadi, tropik daraxt yogʻochidan yasalgan buyumlar, tamaki, kofe (yiliga 400 ming t), choy (250 ming t), ziravordorivorlar, shuningdek, baliq (yiliga 3 mln. tonna ovlanadi) va dengiz mahsulotlari yetkazib beruvchi eng katta davlatdir. Asosiy donli ekin — sholi, makkajoʻxori. Ayrim ekinlardan 2 marta hosil olinadi. Chorvachiligida qoramol (jumladan, buyvol), choʻchqa, echki, qoʻy, yilqi, parranda boqiladi. I. hududining 65% oʻrmon b-n qoplangan boʻlib, qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi.
 
Sanoati. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi oʻrtacha 20% ni tashkil etadi. Konchilik sanoati byudjet tushmalarining anchagina qismini taʼminlaydi. Yiliga oʻrtacha 576 mln. barrel neft qazib olinadi. Neft konlari, asosan, Sumatra o. da, shuningdek, Yava dengizi va Makasar boʻgʻozida. I. suyultirilgan tabiiy gazni chetga chiqarishda dunyoda l-oʻrinda (yiliga 90 mlrd. m3 dan koʻproq gaz qazib olinadi), qalay qazib olishda 2-oʻrinda (30 ming t dan ziyod), nikel qazib olishda 4- oʻrinda (2 mln. tonnadan koʻp) turadi. Kumir, mis, uran rudasining katta zaxiralari mavjud. Oltin, ku-mush, olmos ham qazib olinadi. Mahsulot i.ch. sanoatining asosini isteʼ-mol mollari: gazlama, tayyor kiyim-kechak, poyabzal, charm buyumlar, roʻzgʻorbop kimyoviy mahsulotlar, oziqovqat tashkil etadi. Sholi okdash, tamaki, qand-shakar, choy, yogʻ, ip gazlama, trikotaj, jut, qurilish materi-allari, farmatsevtika va poligrafiya, konditer korxonalari, mineral oʻgʻit va shina z-dlari bor. Hunarmandchilik rivoj topgan. Ilmfan yutuklari va yuksak texnologiyaga asoslangan tarmoqlar: kemasozlik, samolyotsozlik, kimyo, neft kimyosi, avtomobil yigʻish, radioelektronika uzluksiz rivojlanmoqda. Energetika sohasida issiklik va gidroelektrstyalar soni koʻpayib, quvvati oshmoqda. Mintaqada quvvati 200 mVt ga ega boʻlgan birinchi geoter-mal (Yer qaʼridagi issiklikni elektr energiyaga aylantiruvchi) elektr st-ya ishga tushirilgan. Yiliga oʻrtacha 44,3 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
 
Hukumat mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan xorijiy sarmoyani keng jalb etish siyosatini oʻtkazmoqda. 1967—95 y. larda maʼqullangan investitsiyalarning umumiy hajmi 131,4 mlrd. dollarni tashkil etdi, shundan 30 mlrd. dollardan or-tigʻi neft va gaz qazib olishga ishlatildi. Sarmoya, asosan, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Gonkong , AQSH, Singapur, Tayvan, Niderlandiya, Jan. Koreyadan olindi. 1995 y. dan milliy taraqqiyotning yangi 25 y. lik bosqichini amalga oshirishga kirishildi. Bu tadbir I. ni Osiyo-Tinch okean mintaqasidagi yangi sanoatlashgan mamlakatlar darajasiga koʻtarishi moʻljallangan.
 
I.da dengiz transporti yetakchi oʻrinda, Portlari: Tanjungpriok (Jakar-ta porti), Surabaya, Palembang , Balik-papan, Ujungpan. Dengiz savdo flotida 3130 ming t dedveyt tonnajga ega boʻlgan 2 mingdan ortiq kema bor. T.y. ning uz. 6,6 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 266 ming km. Gʻarbiy Yevropadan Avstraliyaga boriladigan havo yoʻli Jakarta orqali oʻtadi. Eng katta neft quvurlari: Tanjung — Balikpapan va Tempino — Plaju.
 
I. chetga gaz, neft, kauchuk va kauchuk mahsulotlari, qalay, kofe va h. k. chiqaradi. Chetdan isteʼmol mollari, sanoat xom ashyosi, chala tayyor mahsulotlar, mashina va asbob-uskunalar keltiradi. Tashqi savdodagi mijozlari: Yaponiya, AQSH, Singapur, Germaniya. Pul birligi — Indoneziya rupiyasi.
 
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangich majburiy taʼlim joriy qilingan. Boshlangich maktabda oʻqish muddati 6 y., oʻrta maktabda ham — 6 y. Davlat maktablari b-n bir qatorda xususiy mak-tablar ham bor. 1-va 2- bosqich texnika va tijorat maktablari va shunga oʻxshash oʻquv yurtlari hunar taʼlimini beradi. Oʻqituvchilar 3 y. lik ped. maktablari, ped. kollejlari va un-tlarda tayyorlanadi. Jakartadagi I. davlat unti (1950 y. da asos solingan), Milliy un-t (1949 y. da asos solingan), Jokyakar-tadagi Islom xususiy unti (1945 y. da asos solingan) va b. bor. 1967 y. da tashkil etilgan I. fanlar in-ti 10 i.t. in-ti, 40 dan ortiq ilmiy muassasa va jamiyatni birlashtiradi. Yirik kutubxonalar: Jakartadagi Ommaviy, Parlament kutubxonalari, Bandung , Bogo-ra, Jokyakarta, Makassar, Medandagi kutubxonalar. Jakartada I. madaniyati muzeyi (1778 y. da asos solingan), Bogorada Zoologiya muzeyi (1894 y. da asos solingan) bor.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jur. lari: "Merdeka" ("Ozodlik", kundalik gaz., 1945 y. dan), "Pelita" ("Mashʼal", kundalik gaz., 1974 y. dan), "Suara karya" ("Mehnatkash ovozi", kundalik gaz., 1971 y. dan), "Biyeniye Indonesia" ("Indoneziya biznesi", kundalik gaz., 1985 y. dan), "Brita buana" ("Jahon yangiliklari", kundalik gaz., 1970 y. dan), "Brita yudxa" ("Harbiy yangiliklar", kundalik gaz., 1970 y. dan), "Indonezian observer" ("Indoneziya sharhi", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1950 y. dan), "Biznes Nyus" ("Biznes yangiliklari", indonez tilida haftasiga 3 marta chiqadigan byulleten, 1956 y. dan), "Sinar" ("Hyp", tadbirkorlarning xaftalik jur., 1993 y. dan). Antara-Milliy axborot agentligiga 1937 y. da asos solingan. I. Respublikasi radiosi 1945 y. da tashkil etilgan. I. Respublikasi televideniyesiga 1962 y. asos solingan.
 
Adabiyoti. I. hududidan 7—8-a. larda kad. malayya va yava tillarida toshlarga bitilgan yozuvlar topilgan. 9—11-a. larda yava adabiyoti ravnaqtopdi ("Ramayana", "Arjunaning toʻyi" vab.). 14— 17a. larda yavalik yozuvchilar hind mumtoz asarlari (xususan, "Mahabha-rata") va xalq, ijodi taʼsirida tarixiy mavzuda asarlar ("Tantu Pan-gelaran", "Pararaton", "Nagaraker-tagama" va b.) yaratdilar. 15-a. dan Yava va Balida yangi adabiy oʻlchov — macha-pat va yangi sheʼriy shakllar joriy qilinib, folklor b-n bevosita bogʻlangan dostonlar ("Devaruchi", "Pan-ji Angreni", "Damarvulan") paydo boʻldi. Yava adabiyoti anʼanalari 16— 18-a. lardagi sund va madur adabiyotining rivojlanishida namuna boʻldi. 16-a. da dengiz boʻyi shaharlarida malayya tilidagi adabiyot koʻproq rivojlandi. Ache sultonligi (16—17-a. lar) da Hamza Fansuriy, Nuriddin ar-Rapiriy va b. mashhur malayya shoirlari ijod qildilar. 18-a. da mamlakat savdosi ustidan Niderlandiya nazoratining kuchayishi I. ning musulmon davlatlari b-n aloqalarining birmuncha susayishiga olib keldi va natijada malayya tilidagi adabiyetning rivoji vaqtincha sekinlashdi. Ayni vaqtda asosiy adabiy til boʻlib qolgan ache tilida "Malem, Dagang", "Puchut Muhammad" va b. dostonlar yaratildi. 18-a. ning 2-yarmi va 19-a. ning 1-yarmida yava adabiyoti ravnaq topdi. Bu adabiyetning mumtoz namoyandalari Yasadipura 1, Rongovarsito asarlarida yangi davr Yevropa madaniyati aks ettirildi.
 
I. da milliy ozodlik harakatining boshlanishi b-n malayya tili siyosiy va madaniy jihatdan butun mamlakatning birlashuviga olib keluvchi vosi-ta boʻlib qoldi. 19-a. oxirida malayya tilida paydo boʻlgan matbuot yangi adabiyotning rivojlanishiga katta yordam berdi. Yozuvchilardan Marko Kartodikromo va Semaun birinchi boʻlib roman janrida ijod qildilar.
 
20-a. ning 20—30-y. larida S. T. Alishohbona, Hamka, Rustam Effendi va b. yaratgan asarlar, "Pujanga Baru" badiiy, ijtimoiy va siyosiy jur. ning nashr etilishi I. adabiyoti taraqqiyoti uchun muhim voqea boʻldi. 30-y. lar oxirida bir qator yozuvchilar (H. Anvar, Idrus, P. A. Tur, A. Kartamiharja, U. T. Sontani va b.) ijodida realistik tamoyillar kuchaydi.
 
50-y. lar boshlarida baʼzi yirik yozuvchi va dramaturglar asta-sekin Xalq madaniyati jamiyati (LEKRA) atrofiga jipslashdilar. 1965 y. gi voqealardan soʻng bu jamiyat tugatildi. Hoz. zamon I. adabiyotining ilgʻor vakillari realistik anʼnani rivojlantirmoqdalar. V. S. Rendra, T. Moxtar, A. Ro-sidi, G. Poyka sheʼr va hikoyalarida, M. Bushe, P. Vijaya, I. Simaputang romanlarida va b. ning asarlarida I. dagi muhim ijtimoiy muammolar aks etmoqda.
 
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. I. xududida mezolit davri (mil. av. 7—5ming yillik)ga oid hayvon tasvirlari, neolit davriga xos toshga bitilgan yozuvlar (Sulavesi o. jan. dagi toʻngʻiz tasviri, oʻyma naqshli sopol buyumlar) topilgan. Quyi neolit davridayoq pogʻonali qoʻrgʻonlar, dolmen (tosh maqbara)lar, tosh tobutlar, jez buyumlar — odam haykallari, burama naqshli bolta va turli idishlar yaratilgan. Mil. boshlarida Nias, Sumba, Flores o.larida toshdan yasalgan obidalar xrzirgacha yetib kelgan. Keyingi davrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar, hay-kallar dinning kuchli taʼsirida yaratilgan (7—8-a. larga oid Arjuna, Shri-kandi, Bximo ehromlari, ularda Budda afsonalari asosida yaratilgan boʻrtma haykaltaroshlik asarlari). Yavada barpo etilgan Borobudur ibodatxonasi 8—9-a. lardan qolgan eng yirik yodgorlikdir. Bu exrom ulkan tosh pi-ramidaga oʻxshab ketadi. Uning aylana-si, bir necha km li supasi diniy syu-jetli rasmlar b-n bezatilgan. Borobudur yaqinida saklangan haykallar ham diniy mavzular asosida yaratilgan. 8-a. oʻrtalaridan Mataramda hinduilik rasmiy dinga aylangach, binolar — Lar Jongrang (9-a.), (14—15-a. lar) va b. ibodatxonalar hinduilik ruhida qurilgan. 13—15-a. larda Majapaxit imperiyasi davrida hind madaniyati taʼsiri susayib, mahalliy anʼanalar ahamiyati kuchaydi. 16-a. dan masjid va madrasalar qurila boshladi.
 
18—20-a. larda I. shaharlari qurili-shiga Yevropa (ayniqsa, golland) meʼmorligi katta taʼsir koʻrsatdi. Jakar-ta, Bandung va b. shaharlarda maʼmuriy binolar, mehmonxona, in-t, kasalxona, stadion, sanoat korxonalari va b. inshootlar funksionalizm ruhida qurildi. Turar joy va jamoat bi-nolari qurilishida tropik iqlim xu-susiyatlari hisobga olindi (Bandungdagi texnologiya in-ti va b.).
 
I. sanʼatining yirik markazi — Bali o. da xukmdorlarning qoyalardagi maqbaralari (11 — 12-a. lar) da, 14—15-a. larga oid ehromlarda devoriy rasmlar saklangan. Kitob mini-atyurasi ham rivoj topgan. Xalq sanʼati rivojini yogʻochdan qurilgan bi-nolarda, metall, yogʻoch, suyak buyumlar, gulli matolarda koʻrish mumkin. 17-a. dan boshlab, golland mustamlakachilari va b. bosqinchilarning jabr-zulmi I. sanʼati rivojiga putur yetkazdi. Milliy ozodlik harakati taʼsirida zamonaviy sanʼat shakllandi (I. rassomlari uyushmasi, 1937—38 y. lari asos solingan). Ozodlik uchun kurash mavzui S. Sujoyono, K. Affandi, B. Abdulloh, I. B. Made va b. rassomlar ijodida oʻz ifodasini topdi. Qad. anʼanalarga ega boʻlgan xalq amaliy sanʼati mustaqillik yillarida gurkirab rivojlandi.
 
Musiqasi hind-yava madaniyati va I. da yashagan boshqa xalqlar madaniyatining rivojlanishi jarayonida vujudga kelgan. 1ming yillik oxiri va 2ming yillik boshida Yavada rivojlangan musiqa madaniyati Jan. Sumatra, Bali, Madur va b. orollardagi musika rivojiga ham taʼsir etdi. Qadim zamonlardan musiqa qishloq aholisi turmushiga singib ketgan, hosil yigimi, don yanchish kabi mehnat jarayonlarida qoʻshiq yangrab turgan. Jan. sharqiy Osiyodagi boshqa musiqiy madaniyatlardan farqli oʻlaroq, indonezlar xor qoʻshiqchiligi anʼanalarini davom ettirib kelayotir. Rivojlangan geterofoniya va koʻp ovozlilik I. mu-siqasiga xos xususiyatdir. Xalq cholgʻu asboblari orkestri gamelan — I. mum-toz musika sanʼatining choʻqqisi hisoblanadi. 16-a. da anʼanalari negizida kronchong musiqa shakli vujudga keldi.
 
I. mustaqillikka erishgach (1945), umummilliy musika madaniyati rivoji uchun qulay imkoniyat tugʻildi. Professional va havaskorlik jamoalari, kamer orkestrlar xalq anʼanalarini rivojlantirayotir. Sujasmina, A. Pasaribu, Susbini va b. tanikli kompo-zitorlar professional musiqa namo-yandalaridir. Jokyakartada musiqa maktabi (1952 y. dan), Surakartada konservatoriya hamda milliy mumtoz musika maktabi (1960) ochildi. 1968 y. dan Jakartada simfonik orkestr ishlaydi.
 
Teatr sanʼati azaldan xalq bayramlari va diniy marosimlarda oʻtkaziladigan tomoshalardan boshlangan. To-pengdalang (ijrochilar niqob kiyib imo-ishoralar b-n raqsga tushadi) va vayang-orang (qonunlashgan teatr vosi-talariga qatʼiy rioya qilinadi) ka-bilar I. ga xos anʼanaviy teatr shakllaridir. I. da qoʻgʻirchoq va soya tushirish teatrlari ham rivojlangan. Teatr tomoshalarining asosini qad. hind eposlari — "Ramayana", "Mahabhara-ta" dan olingan parchalar, arab rivo-yatlari va mahalliy ertaklar tashkil etgan. 19-a. oxiri va 20-a. boshida zamonaviy teatrlar tashkil topdi. 50—60-y. larda "Marxaen", "Triskokanten" kabi guruhlar shuxrat qozondi. Ular I. milliy dramaturglari — Utuy Tatang Sontani, Abu Xapifax, Ali Muhammad, Sanusi Pane va b., shuningdek, G. Ibsen, A. P. Chexov hamda N. V. Gogol asarlarini sahnalashtirdi. 50-y. lardan Milliy teatr akademiyasi va b. ishlay boshladi.
 
Kinosi. Dastlabki filmlar 20-a. 20-y.lar oʻrtalarida golland rej. lari tomonidan suratga olingan. 30-y. lar 1-yarmidan xitoylar b-n hamkorlikda I. rej. lari (Anjar Asmara va b.) indonez tilida ovozli filmlar yara-ta boshladilar. Dehqonlar hayotini aks ettiruvchi "Parex" (1935, rej. M. Franken), "Yorqin oy" (1937, rej. A. Balink) singari koʻpgina filmlar aktyorlar Moxtar va Rukiyax ishtiro-kida yaratildi. Yaponlar okkupatsiyasi davrida kinematografiya yapon tashvi-qotiga xizmat qildirildi. Ammo "Yom-gʻir" (rej. I. Perbatasari) va "Orzularim" (rej. S. Palindi) filmlarida xalqning milliy xususiyatlarini ifodalashga muvaffaq boʻlindi. Urushdan keyin milliy mutaxassislar yetishib chiqa boshladi, voqeiy filmlar yaratish kuchaydi. Jakartada birinchi davlat kinofirmasi "PFN", xususiy kinofirma "Perfini" tashkil etilishi natijasida koʻplab badiiy filmlar ishlab chiqarildi. "Majruh" (1952), "Turang", "Vatanga qaytish" (1954), "Maktab devori orqasida", "Tilla qoʻngʻiz", "Shafqatsiz gunoh" va b. filmlar ilgʻor gʻoyalarni targʻib qildi.
 
60-y. lar oxiridan milliy kino i.ch. yana avj ola boshladi. Keyingi yillarda rej. lardan V. Umboxning "Mitti yulduzlar", "Onajon", "Shaxs", "Bokira kelin", "Toʻy", "Novcha oʻynash", T. Junandining "Onaginam", "Puch orzu", S. Jayning "Harir binafsha-rang tuman", S. Suvardi Hassanning "Baxtsiz oʻgay qiz", "Umidsizlik koʻz yoshlari" kabi badiiy filmlari ma-shhur boʻldi.
 
Oʻzbekiston — I. munosabatlari. I. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olib, diplomatiya munosabatlari oʻrnatganidan keyin ikki mamlakat oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik, savdosotiq rivojlana boshladi. OʻzR Prezidenta I. Karimovning 1992 y. iyunida I. ga tashrifi davomida ikki mamlakatning oʻzaro munosabatlariga mustahkam asos yaratildi. Tashrif cho-gʻida "Iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim", "Oʻzaro munosabatlar haqida qoʻshma axborot", shuningdek, OʻzR Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi b-n "PT Prima Ko-meksindo" kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik qilish toʻgʻrisyda hujjat im-zolandi. 1995 y. da I. prezidentining Oʻzbekistonga qilgan tashrifi davomida ikki tomonlama hamkorlik, havo transporti va turizm soqasida bir qator muhim hujjatlarga qoʻl qoʻyildi. Umuman oʻzaro manfaatli hamkorlik qoidalari va yoʻnalishlarini belgilovchi 10 ta hujjat qabul qilingan.
 
OʻzR b-n I. oʻrtasidagi tovar aylanmasi 2000 y. da 361,8 ming AQSH dollarini tashkil etdi. I. Oʻzbekistondan kalava ip sotib olmoqda va transport sohasidagi xizmatdan foydalanmoqda. Ayni vaqtda I. Oʻzbekistonga elektr asbob-uskunalari, qora metalldan yasalgan buyumlar va baliq mahsuloti sotmoqda.
 
I. ning "PT Bakri Kommunikeyshn Korporeyshn" kompaniyasi b-n Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi barpo etgan "Oʻztelekominterneyshnl" qoʻshma korxonasi Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Samarkand viloyatlarida oʻz filiallarini ochgan. Bundan tashqari, indo-nez investorlarining sarmoyasi 100% boʻlgan 2 ta korxona tashkil etilgan; "Buztel" va "Bakri Investido" korxonalari uyali telefon st-yalari qurish va ularni ishlatish hamda say-yohlarga xizmat koʻrsatish, mehmonxona xoʻjaligini yoʻlga qoʻyish b-n shugʻullanadi.
 
OʻzR da "PT Tirtamas Komeksindo" va "PT Bakri Kommunikeyshn Korporeyshn" kompaniyalarining vakolatxonalari ishlab turibdi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Indoneziya ''' (Indoneziya Respublikasi) poytaxti — [[Jakarta]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
 
Qator 123 ⟶ 204:
{{Link FA|vi}}
{{Link GA|es}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}