Ipak: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Ipak (maʼnolari)}}
'''Ipak''', pilla tolasi — ingichka, pishiq, yaltiroq, tovlanib turadigan tola; ipak qurtining ipak ajratuvchi ikkita bezidan chiquvchi suyuqlikdan hosil boʻladigan tabiiy toʻqimachilik xom ashyosi. I. ipak qurti pillasini oʻrab turgan uzunasiga bir-biriga yopishmagan, seritsin (ipak yelimi) b-n qoplangan va yelimlangan ikki toladan iborat. Bu tolada 70—75% fibroin (oqsil modda), 20—25% seritsin, 2—3% turli mineral moddalar, 1 — 1,5% mum va yogʻlar bor. Ipak qurtining turiga qarab, pilla tolasining uz. 400—1500 m, ingichkaligini ifodalovchi koʻrsatkich — metrik nomeri (№) 2500—3500 yoki 0,4—0,3 teks boʻladi. Bitta pilladan olinadigan tola juda ingichka boʻlgani sababli sanoatda ishlatilmaydi. Pillakashlik f-kasida pillani qaynatib, har bir pilladagi tola uchi topib, chuviladi. Tolalarning 5—10 tasi uzunasiga qoʻshib yigirilib, kalava holidagi xom ipak olinadi. Qaynatilgan pillaning ham-masidan I. chiqmaydi; pilla tolasining 10—15% gʻumbak b-n birga qoladi.