Aroqiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
{{Iroq_info}}'''Iroq ''' (Iroq Respublikasi) poytaxti — [[Bogʻdod]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Iroq''', Iroq Respublikasi (A1Jumhuriyah al-lragiyah) — Jan.- Fapbiy Osiyoda, Dajla va Furot daryolari oraligʻida joylashgan davlat. Mayd. 438 ming km2. Aholisi 23,3 mln. kishi (2001). Poytaxti — Bagʻdod sh. Maʼmuriy jihatdan 18 muhofaza (viloyat)ga boʻlinadi.
 
Davlat tuzumi. I. — respublika. 1970 y. 16 iyulda kuchga kirgan Muvaqqat konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident (1979 y. iyulidan Saddam Husayn, ayni vaqtda u bosh vazir, Inqilobiy qoʻmondonlik ken-gashi raisi va qurolli kuchlar oliy bosh qoʻmondoni). Prezidentning vakolat muddati — 7 y. 2002 y. 15 okt. dagi referendumda S. Husaynning preziden-tlik vakolati yana 7 yilga uzaytirildi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Milliy kengash (parlament); u 4 y. muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident va xukumat amalga oshiradi.
 
Tabiati. I. hududining koʻp qismi Yuqori va Quyi Mesopotamiya tekisliklaridan iborat. Shim. va shim.sharqida Armaniston va Eron togʻliklari (bal. 3000 m dan yuqori), jan. va jan.-gʻarbida Suriya-Arabiston yassi-togʻligining chekka qismi (bal. 900 m gacha) joylashgan. Yuqori Mesopotamiya (yoki Jazira) bal. 300—450 m tekis platodan iborat. Quyi Mesopotamiya esa bal. 100 m dan oshmaydigan al-lyuvial pasttekislikdir. Asosiy foydali qazilmalari — neft va gaz. Fosforit va oltingugurt konlari ham bor.
 
Iqlimi I. ning shim. qismida kontinental Oʻrta dengiz ikdimi, yozi is-siq va quruq, qishi iliq va seryomgʻir, jan. da tropik iqlim. Mosulda iyulning oʻrtacha t-rasi 34°, yanv. niki 7°. Qishda togʻlarda qor yogʻadi. Eng past t-ra — 18° gacha. Basrada yanv. ning oʻrtacha t-rasi 11°, avg . niki 34°, baʼzan 50° ga yetadi. Yillik yogʻin togʻlarda 500 mm gacha, mamlakatning jan.
 
sharqida 60— 100 mm. I. hududidan oʻtgan Dajla va Furot duryolaridan sugorishda keng foydalaniladi. Alkurn sh. yonida bu daryolar qoʻshilib, yagona Shatt ul-Arab daryosini hosil qiladi va Fors qoʻltigʻiga quyiladi. Quyi Mesopotamiyada mayda koʻl koʻp. Choʻllarida suv vaqtincha oqadigan soyliklar bor. Tuproqlari — daryo vodiylarida sugʻoriladigan unumdor allyuvial tuproq. I. ning kalgan qismida dasht va chala choʻlga xos kashtan va boʻz tuproqlar tarqalgan. Togʻli joylarda togʻ-oʻtloq tuproqlari uch-raydi. I. hududining koʻp qismi dasht, jan.-gʻarbi choʻl va chala choʻl. Togʻ yon bagʻirlarida siyrak butazorlar, daryo vodiylarida terak va tolzorlar bor. Shatt ul-Arab vodiysida hurmozor koʻp. I. ning hayvonot dunyosi xilma-xil. Tekisliklarda gʻizol, yovvoyi eshak, ola sirtlon, chiyaboʻri, qoplon yashaydi. Kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar (jumladan, zaharli koʻlbor ilon) va zararli hasharotlar (chigirt-ka, falanga, chayon) koʻp. Daryo qirgʻoqlarida qoʻton, qizilgʻoz, saqoqush uch-raydi.
 
Aholisi, asosan, arablar (75%) va kurdlar (20%); shuningdek, turkmanlar, osuriy (aysor)lar, eroniylar, armanlar va b. ham yashaydi. Rasmiy tili — arab va kurd tillari. Asosiy dini — islom. Aholisining 96% musulmonlar (62% shialar va 34% sunniylar). Xristianlar ham bor. Aholining 70,4% shaqarlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bagʻdod, Basra, Mosul, Karkuk, Najaf.
 
Tarixi. I. xududi (Mesopotamiya) — dunyodagi eng kad. madaniy markazlardan biri. Mil. av. 7ming yillikda ilk sugʻorma deqqonchilik, chorvachilik rivojlangan. Mil. av. 3ming yillikda shaharlar paydo boʻlgan, bir necha mayda kuldorlik davlatlari vujudga kelgan. Mil. av. 2ming yillikda ular Bo-bil podshoxligiga birlashgan. Mil. av. 6-a. da I. xududi Axomaniylar, keyinchalik Salavkiylar (mil. av. 4—2-a. lar) va Parfiya (mil. av. 2-a.—mil. 3-a.) davlatlarining xoʻjalik, savdo markazi boʻlgan. Sosoniylar xukmronligi davrida bu yerda xristianlik, yaxudiylik va b. dinlar b-n birga zardushtiylik ham tarqalgan.
 
7-a. 30-y. larida Mesopotamiyani arablar egallagan. 661 y. u Umaviylar xalifaligiga koʻshib olindi. Aholi oʻrtasida islom dini va arab tili keng tarkala boshladi. 750—1055 y. lari bu yerda abbosiylar xukmronlik qildi. Keyinchalik saljuqiylar, 13-a. 2-yarmida moʻgʻullar bostirib kirdi. 14-a. oxiri — 15-a. boshida I. Amir Temur saltanati tarkibiga kirgan. 16-a. 30-y. larida I. ni turklar, 17-a. boshida safaviylar egalladi. 17-a. 2-choragidan 1-jahon urushi oxirigacha Usmonli turk imperiyasi tarkibida boʻldi. 1-jahon urushidan keyin I. ni inglizlar bosib oldi va talontoroj qildi. 1920 y. I. ustidan Buyuk Britaniya mandati oʻrnatildi. Shu paytdan eʼtiboran mustamlakachilikka karshi butun mamlakat boʻylab milliy ozodlik qoʻzgʻoloni boshlanib ketdi. Bu qoʻzgʻolon shafqatsizlik b-n bostirilgan boʻlsa ham, inglizlar milliy hukumat tuzishga rozilik berdi. I. amir Faysal boshchiligidagi podshohlik deb eʼlon qilindi, ammo u inglizlar nazoratida edi. Angliya I. podshohligini ogʻir shartnomalar tuzishga majbur qildi (1922, 1923). I. nefti Angliya boshliq monopoliyalar, asosan "Irak petroleum kompani" (1929 y. gacha "Terkish petroleum") ixtiyorida qoldi. 1932 y. Buyuk Britaniya I. qa rasmiy jihatdan mustaqillik berdi, ammo harbiy-siyosiy na-zorat qilib turish huquqini oldi. I. hukumatining Buyuk Britaniya b-n hamkorlikni kuchaytirish, qishloqlarda zamindorlar qukmronligini mustahkamlashni koʻzda tutgan siyosati xalqni ochlikka olib keldi va si-yosiy huquqlardan mahrum etdi. Bu si-yosatga qarshi dehqonlarning qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi (1930—36). Ishchilar oʻz huquqlari uchun kurash boshladi. Bir necha kasaba uyushmalari tuzildi. I. hukumatining siyosatidan mayda milliy ziyoli va zobitlarning bir qismi ham norozi boʻldi. Hukumat rahbarlari bir necha marta oʻzgartirildi. 1941 y. okt. da Nuri Sayd rahbarligida yangi hukumat tuzildi. 2-jahon urushi davrida mehnatkashlar ahvoli ogʻirlashib, xalq harakatlari kuchaydi. Natijada siyosiy mahbuslar ozod qilindi.
 
Urushdan keyin milliy ozodlik harakati kuchaydi. Arab-Isroil urushi davri (1948—49) da hukumat mamlakatda qatagʻon va taʼqib qilish siyosatini olib bordi, parlament tarqatildi, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari faoliyati taqiklandi. AQSH b-n I. oʻrtasida "texnika yordami" (1953), "harbiy yordam" (1954) toʻgʻrisida shartno-malar tuzildi. 1955 y. I.turkiya harbiy shartnomasi imzolandi. Bu esa Bagʻdod paktining tuzilishiga asos boʻldi. Mamlakatdagi vatanparvar kuchlar ozodlik va demokratiya uchun kurashni toʻxtatmadilar. 1956 y. da I. armiyasida "Ozod zobitlar" nomli yashirin inqilobiy tashkilot tuzildi. 1957 y. I. Kompartiyasi, Milliy demokratik partiya, Mustaqillik partiyasi ("Is-tiqlol") va Arab sotsialistax uygʻo-nish partiyasi (Baas) ning birlashuvidan Milliy birlik Fronti (MBF) tashkil topdi.
 
1958 y. 14 iyulda MBF, "Ozod zobitlar" tashkiloti hamda mehnatkashlarning birgalikdagi harakati natijasida podshoxlik agʻdarildi va I. respublika deb eʼlon qilindi. Ab-dulkarim Qosim boshchiligida hukumat tuzildi. Respublika hukumati I.ning Bagʻdod paktidan chiqqanligini eʼlon qildi. I. dagi ingliz harbiy bazalari tugatildi (1959 y. ning 30 mayida).
 
1958 y. 26 iyulda qabul qilingan Konstitutsiyada barcha fuqarolar qonun oldida teng huquqlar va demokratik erkinliklar b-n taʼminlanajagi qayd etildi. Shundan soʻng kasaba uyushma tashkilotlari va siyosiy partiyalar ochiq ishlay boshladi. Hukumat siyosiy mahbuslarga afv umumiy eʼlon qildi. Ayollar erkaklar b-n teng huquqqa ega boʻldi. Chet el firmalarining I. yerlariga egaligi cheklandi.
 
Hukumatning xalqparvarlik siyosati ichki hurofiy kuchlarning qarshiligiga uchradi. A. Qosim vatanparvar tashkilotlar faoliyatini cheklashga majbur boʻldi. 1961 y. sent. da kurd xal-qiga qarshi urush boshladi. 1963 y. fev. da davlat toʻntarishi boʻlib, hokimiyat Baasning ekstremist rahbarlari kuliga oʻtdi. Ular demokratlarni jismonan yoʻqqilishga kirishdi. Minglab vatanparvarlar oʻldirildi va qamoqqa olindi. Bunday zulmkor siyosatga nisbatan xalq gʻazabi kuchayishi natijasida Baas rahbarlari ikki qaramaqarshi guruhga boʻlindi. 1963 y. noyab.da hokimiyatni A. S Orif boshliq harbiylar qoʻlga oldi. 1963—68 y. lar turli siyosiy gu-ruxlarning hokimiyat uchun kurashi b-n oʻtdi. Hukumatga qarshi namoyishlar boʻldi. 1968 y. iyuldagi davlat toʻntarishi natijasida hokimiyat general Ahmad Hasan al-Bakr boshchiligidagi Baas rahbarlari qoʻliga oʻtdi. Hukumat siyosiy mahbuslarni ozod qilib, oldingi vazifalariga qayta tayinladi. Kam haq oladigan mehnatkashlar "mudofaa soligʻi" dan ozod boʻlli. Mehnat, nafaqa, ishchilarning ijtimoiy taʼminoti, yer islohoti haqida yangi qonun qabul qilindi (1970). Inq-ilobiy qoʻmondonlik kengashi I. davlati doirasida kurdlarning milliy muxtoriyatini tan oldi. I. Kurdistonidagi harbiy harakatlar toʻxtatildi. Kurd taraqqiyparvar tashkilotlariga erkinlik berildi. Kurd tili ikkinchi rasmiy til deb eʼlon qilindi. Hukumatga 5 kurd kiritildi. Kurdistonni rivojlantirish dasturi amalga oshirila boshladi. 1974 y. 11 martda I. Kurdistoni muxtoriyati eʼlon qilindi.
 
1979 y. S Husayn mamlakat prezidenti boʻlgach, 1980 y. sent. da Iroq b-n Eron oʻrtasida Shatt-ul Arab daryosi boʻylab oʻtgan chegara xususidagi janjal qurolli toʻqnashuvga aylanib ketdi. 8 y. davom etgan bu mojaro Yaqin Sharq va Fors koʻrfazi atrofidagi vaziyatni keskinlashtirib yubordi. Nihoyat, 1990 y. 15 avg . da Iroq prezidenta Saddam Husayn Eron prezidenta A. A. HoshimiyRafsanjoniyga maktub yoʻllab darhol sulh tuzishni taklif etdi. Eron bu taklifni qabul qildi. Ammo bu urush mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi.
 
1990 y. 1 avg . dan 2 avg . ga oʻtar kechasi I. qoʻshinlari Kuvayt hududiga bostirib kirdi va bir necha kun davomida uni qamal qilib turdi. Bagʻdod Kuvaytning Iroq b-n "toʻla-toʻkis va abadiy birlashganini" eʼlon qildi. BMT Xavfsizlik Kengashi Kuvaytning I. tomonidan bosib olinishini qoraladi va I. qoʻshinlari Kuvaytdan darhol olib chiqib ketilishini talab qildi, I. qa qarshi qattiq iqtisodiy jazo choralari joriy etdi. Ammo I. rahbariyati bu talabni bajarmadi. Natijada BMT Xavfsizlik Kengashining "mazkur regionda tin-chlik va xavfsizlikni tiklash uchun barcha zarur vositalardan foydalanish" toʻgʻrisidagi qaroriga binoan, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, bir qator arab davlatlari harbiy qismlaridan iborat koʻp millatli kuchlarning qoʻshinlari 1991 y. 16 yanv. dan 17 yanv. ga oʻtar kechasi I. qa qarshi urush harakatlari boshladi. "Choʻldagi boʻron" deb atalgan bu jangda I. qoʻshinlari magʻlubiyatga uchradi. 1994 y. Yunoyab. da I. Kuvaytning suvereniteta, hududiy butunligi va xalqaro chegaralarini toʻla-toʻkis va uzil-kesil tan olishini bildirdi. BMT Xavfsizlik Ken-gashi qarorlariga muvofiq, I. ning ommaviy qirgʻin qurollari zaxiralari, ularni eltuvchi vositalar va i. ch. quvvatlarini aniqlab, yoʻq qilib tashlash uchun maxsus komissiya tuzildi. I. dan barcha turdagi xom ashyo, shu jumladan, neft, tayyor mahsulotlar sotib olish hamda unga barcha turdagi xom ashyo va tayyor mahsulotlar, qurol-yarogʻ, harbiy texnika sotish, boshqa tarzda harbiy yordam koʻrsatish taqiqlandi. Oziq-ovqat va dori-darmon bundan mustasno. Harbiy mojarolar va iqtisodiy qamal natijasida I. ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda haddan tashqari ogʻir ahvolga tushib qoldi.
 
I. - 1945 y. dan BMT aʼzosi. OʻzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1993 y. 19 iyunda oʻrnatdi. Milliy bay-rami — 17 iyul — Inqilob kuni (1968).
 
Asosiy siyosiy partiyalari, tashkilotlari va kasaba uyushmalari. Arab sotsi-alistik uygʻonish partiyasi — Baas, 1947 y. da tuzilgan Umumarab Base partiyasi tarkibiga kiradi, I. da 1954 y. shakllangan; Kurdiston demokratik partiyasi, 1946 y. da tuzilgan; Kurdiston inqilobiy partiyasi, 1974 y. tashkil topgan; I. kommunistax partiyasi, 1934 y. da asos solingan; Demokratik milliy vatanparvar fronti, 1980 y. tuzilgan; Ilgʻor milliy vatanparvar fronti, 1973 y. tashkil etilgan. I. ishchi kasaba uyushmalari umumiy federatsiyasi 1959 y. da tashkil etilgan boʻlib, Jahon kasaba uyushmalari fe-deratsiyasi aʼzosi.
 
Xoʻjaligi. I. — agrar-industrial mamlakat. I. baquvvat iqtisodiy salohiyatga ega. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 22%, q.x. ning ulushi 20,3% ni tashkil etadi.
 
Sanoati. Neft (zaxirasi 65 mlrd. tonnadan ziyod), gaz, oltingugurt, marmar va fosfatlarning katta zaxiralari bor. I.-Eron urushi boshlanishidan avval neft eksport qilishdan har yili 21—26 mlrd. dollar daromad olinar edi. Sanoatning neft, gaz qazib chiqarish, neftni qayta ishlash, sement, elektr energetika, mashinasozlik va b. tarmoqlari rivojlangan. Mayda hunarmandchilik korxonasi va ustaxonalari koʻp. Toʻqimachilik, poaybzal, oziq-ovqat sanoati ham birmuncha rivojlangan. Al-Iskandariyada mashinasozlik z-di, Samarrada antibiotik va b. dori-darmonlar z-di, Qut al-Amarada ip gazlama k-ti, Bagʻdodda elektronika asbob-uskunalari z-di va tikuvchilik f-kasi, Ramodida oyna z-di va b. korxonalar mavjud. Biroq BMT Xavfsizlik Kengashining iqtisodiy jazo choralari natijasida moliyaviy resur-slar, xom ashyo, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar yetishmasligi har sohada sezilib turadi.
 
Qishloq xoʻjaligi. Q.x.ga yaroqli yerlar 12 mln. ga, shundan 8 mln. ga yer ishlanadi. Ekin maydonining ak-sar qismiga bugʻdoy, qolgan qismiga paxta, tamaki, sabzavot ekiladi; bogʻdorchilikham rivojlangan. 1990-y. largacha I. hurmo daraxtining soni jihatidan dunyoda 1-oʻrinda turar, dunyo bo-zoriga chiqarib sotiladigan hurmo me-vasining 4/5 qismi uning hissasiga toʻgʻri kelar edi. Biroq I. qa qarshi jazo choralari q.x. ga ham asoratli taʼsir qildi. Jumladan, 1990 y. ga nisbatan 2000 y. da ekin maydonlari qisqarib, yalpi hosil kamaydi. Chunonchi bugʻdoy hosili 1055 ming t dan 800 ming t ga, arpa 1095 ming t dan 500 ming t ga, makkajoʻxori 171 ming t dan 100 ming t ga, uzum 428 ming t dan 290 ming t ga tushib qoldi. Chorvachilikdagi qoʻy, echki, qoramol, tuya, ot soni ham kamaydi.
 
Transporti. T. y. uz. 3 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 30 ming km, neft quvurlari uz. 4,2 ming km, gaz quvurlari uz. 2,6 ming km. Asosiy dengiz portlari — Basra, Fao, Umm-Kasr, daryo porti — Bagʻdod. Bagʻdodda zamonaviy xalqaro aeroport bor. I. chetga hurmo, teri, jun, sement, neft,neft mahsulotlari, oltingugurt chikaradi. Chetdan mashina va uskunalar, oziq-ovqat, qora metall, kimyoviy ashyolar keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Iordaniya, Italiya, Germaniya va b. Pul birligi — I. di-nori.
 
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. 1970 y. da 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarning majburiy boshlangʻich taʼlimi toʻgʻrisida qonun qabul qilingan. Boshlangʻich mak-tabda ham, oʻrta maktabda ham oʻqish muddati 6 y. Un-tlar, in-tlar, kollej lar, jumladan, Bagʻdod un-ti, Bagʻdodda al-Mustansuriya un-ti, Basra, Mo-sul va Sulaymoniyada un-tlar, Bagʻdodda texnologiya in-ti bor. 1947 y. da I.FA ga asos solingan. Bagʻdodda Kurd FA, Ilmiy tadqiqotlar tashkiloti mavjud. Yirik kutubxonalari: Bagʻdod un-tining markaziy kutubxonasi, Milliy kutubxona, I. muzeyi kutubxonasi, Mosuldagi Ommaviy kutubxona va b. Muzeylari: Bagʻdoddagi I. muzeyi, Arab osori atiqalari muzeyi, Mosul muzeyi, Basradagi un-t muzeyi, koʻqna Bobil harobalaridagi Bobil muzeyi.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatUvi- Eng muhim gaz. va jur. lari: "As-Savra" ("Inqilob", arab tilidagi kundalik gaz., 1968 y. dan), "Al-Iroq" ("Iroq", arab va kurd tillaridagi kundalik gaz., 1976 y. dan), "AlJumhuriya", ("Respublika", arab tilidagi kundalik hukumat gaz., 1963 y. dan), "Bagdad observer" ("Bagʻdod kuzatuvchisi", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1967 y. dan), "Bagʻdod" (fransuz tilida 2 oyda 1 marta chikadigan siyosiy va madaniy jur.), "Al-Afak al-Arabiyya" ("Arabiston ufqlari", arab tilidagi oylik siyosiy-adabiy jur., 1975 y. dan). I. axborot agentligi 1959 y. da tashkil etilgan. Davlat radioeshittirish va televideniye tashkiloti hukumat tashkilotidir. 1936 y. dan radioeshittirish, 1956 y. dan telekoʻrsatuv olib boriladi.
 
Adabiyoti. Oʻrta asrlarda I. poytaxti — Bagʻdod umumiy arab madaniyati, fani va adabiyotining markazlaridan biri boʻlganligi bois I. yozma adabiyoti ham umumarab oʻzanida ravnaq topdi. Umuman arab badiiy adabiyoti 5—7-a. larda ogʻzaki xalq ijodiyoti boy manbalari asosida vujudga keldi. Avvaliga proza (afsonalar, ertaklar), soʻng poeziya (gʻazal, qasida va h.k.) paydo boʻlib, rivojlana boshladi. 16-a. dan adabiyot tushkunlikka tushdi. 19-a. da Abd alMuhsin alkozimiy, Jamol Sid-qiy az-Zaxaviy va Maʼruf Rusafiy kabi mashhur shoirlar oʻz asarlarida maʼrifatchilik va milliy ozodlik kurashi gʻoyalarini aks ettirdilar. 19-a. va 20-a. boshlarida I. adabiyotida sheʼriyat yetakchi janr boʻlgan. Mahmud Ahmad assayid I. adabiyotida birinchi boʻlib hikoya va qissalar yozdi. Ularda insonparvarlik gʻoyalarini ilgari surdi. Zunnun Ayyub va b. hajvchilarning ijodi ZO-y. lar mamlakat ijtimoiy hayotiga katta taʼsir koʻrsatdi. Shu dav-rda ilgʻor shoirlardan Muhammad Mah-mud al-Javohiriy va Muhammad Solih Bahr ul-Ulum barakali ijod qildilar.
 
50-y, larda I. adabiyotida romanchilik va dramaturgiya shakllandi. Bu davrdagi I. sheʼriyati voqelikni toʻgʻri aks ettira boshladi. Inqilob (1968 y.) dan keyin I. adabiyoti gurkirab oʻsdi. Bosqinchilikka qarshi kurash va adolatli jamiyat qurish madhini kuylash asosiy mavzu boʻlib qoldi. Abu al-Vahhob alBayotiy, Hasan al-Bayotiy va b. ijo-dida siyosiy va ijtimoiy ohanglar yan-gradi. I. sheʼriyatini isloh qilgan No-zik alMaloika va b. shoiralar hamda shoirlar lirik sheʼrlar yaratdilar. Kurd tilidagi adabiyot ham rivojlangan.
 
Meʼmorligi juda qad. anʼanalarga ega boʻlib, bu yerda Bobil-Ossuriya madaniyati va Parfiya yodgorliklari saklanib qolgan. 7-a. dan boshlab arab mada-niyati taʼsiri kuchaygan. 7-a. 30-y.larida Kufa, Basra, 8-a. boshlarida Va-sit sh. lariga asos solindi. 762 y. dan doirasimon reja asosida Madinat as-Salom (Tinchlik shaqri, hoz. Bagʻdod) kurila boshladi. 9-a. da oʻrta asrlar meʼmorligi ravnaq topdi (salobatli saroy inshootlari, baland minorali masjidlar, jumladan, Samarradagi 450 ustunli Mutavakkil masjidi). 12-a. va 13-a. 1-yarmidan Bagʻdoddagi (Mu-stansuriya Madrasa majmuasi, Bobal-Vastani shahar darvozasi) va Mosuldagi (Nuriddin jome masjidi) yodgorliklar saklangan. 16—17-a. larda sirkorlik, naqqoshlik va oʻymakorlik sanʼati namunalari boʻlmish Bagʻdoddagi Muso al-Qadim (oltin masjid) maqbaramasjidi, Karboladagi Imom Husayn maqbara-masjidi va b. barpo etildi. Turar joylar ichki hovlili, peshayvonli, derazalari jimjimador yogʻoch panjarali qilib qurildi.
 
Zamonaviy meʼmorlikda turli yevropacha uslublar taʼsiri seziladi. Basra, Mosul, Karbalo, Samarra sh. lari loyihasi ishlab chiqildi (1959—60). Bagʻdod, Mosul, Basra va b. shaharlardagi zamonaviy jamoat va uy-joy bi-nolari tarhi va qurilishida mahalliy iqlim va turmush sharoitlari eʼti-borga olindi, xalq anʼanalariga rioya etildi. I. meʼmorlari orasida N. Javdod, R. alChodirchi, X. Munif va b. mashhur.
 
Tasviriy sanʼati. I. hududida mil. av. 8—7ming yillikka oid qoʻhna madaniyat manzilgohlarida qad. sanʼat asarlari (alebastr va loydan yasalgan haykalchalar, tamgʻa-tumorlar, sopol idishlar) topilgan. Mil. av. 4—1ming yillikda Shumer, Akkad, Bobil, Ossuriya badiiy madaniyati izchil rivojlandi. Yunon, Parfiya, Sosoniylar sanʼati yodgorliklari uchraydi. Oʻrta asrlarda I. sanʼati umumarab madaniyati tarkibida ravnaqtopdi. 8—13-a. lardagi ganch va yogʻoch oʻymakorligi, devor musavvirligi, miniatyura, kulollik, kandakorlik sanʼati gullab-yashnadi. Naqqoshlik va xattotlik rivoj topib, hoz. bezak sanʼatida ham davom etmoqda.
 
20-a. boshlarida rangtasvir sanʼati yuzaga keldi (Abdulqodir Rassom, Muhammad Solih Sakiy va b.). Ras-som va haykaltarosh Javod Salim, musavvirlardan Ata Sabriy, Xolid al-Jadr, haykaltaroshlardan Xolid ar-Raxxal, Muhammad Gʻani nom chiqargan. Ular qad. I. sanʼati anʼanalarini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdilar. Keyingi yillarda Ismoil ash-Shayxli, Nuri ar-Ravi, Diya al-Azavi va b. ularning ishlarini davom ettirdilar. Soʻnggi avlodga mansub musavvirlardan Hafiz ad-Durubiy va Mahmud Ahmad I. tasviriy sanʼa-tini yuqori darajaga koʻtardi. I. hu-dudida bir necha asrlar davomida kurdlar sanʼati rivojlanib kelayotir.
 
Musiqasi arab musiqa sanʼatining bir shoxobchasini tashkil qiladi. I. da ud, rubob, qonun, nay, daff va b. cholgʻu asboblari qadimdan maʼlum. Abbosiylar xalifaligi davri (750— 1258) da Bagʻdod Oʻrta va Yaqin Sharq xalq/1ari musiqa markazlaridan biri hisoblanib, bu yerda mashhur bastakorlar — Ishoq alMavsiliy, Safiud-din al-Urmaviylar ijod qilishgan. Usmonli turk imperiyasi tarkibida boʻlgan davri (16-a. ning 30-y, lari — 1918) da turk musiqasining taʼsiri kuchli boʻlgan. I. xalq va professional musiqasi keng rivojlangan makom tizimiga asoslanadi. Maqomlar yirik shakldagi vokal-cholgʻu turkumlarning lad asosini hamda kuy-ohang mazmunini belgilaydi. Har bir asar muayyan maqom nomi b-n ataladi. I. xalq qoʻshiqlari ichida ataba, xuda, muashshax kabi aytim janrlari keng tarqalgan. Zamonaviy I. musiqasi*da Yevropa musiqa anʼanalarining taʼsiri mavjud. Bagʻdod radiosida Sharq musiqasi orkestri (rahbari kompozitor Salim al-Shalabiy), xor, yakkaxon xonandalari bor. 1929 y. Bagʻdod oʻrta maktab oʻquvchilari tomonidan "Iroqmilliy teatri", 1931 y. birinchi proffesional ansambl, 1971 y. simfonik orkestr tashkil qilingan.
 
I. musiqa kadrlari, asosan, Nafis sanʼat akademiyasi (1940, musiqa, tasviriy sanʼat va haykaltaroshlik, teatr sanʼati boʻlimlari bor) da tay-yorlanadi. 1968 y. bolalar musiqa mak-tabi ochilgan. Davlat oʻquv yurtlaridan tashqari xususiy musiqa maktablari mavjud. I. da kompozitor Ahmad al-Xalil (qoʻshiq, cholgʻu asarlar muallifi), xalq va zamonaviy koʻshiq ijrochilari Lomia Tavfiq, Vahida Halim, Dahlil Hasan, Zuhur X,usayn, Foruh Hilol, Rizo Ali, sozandalar Hasan Rajab, Shuayb Ibrohim, Xudayr Shibli, Jalil Bashir, Munir Bashir va b. tanilgan. I. davlat folklor ansambli 1985 y. Toshkentda gas-trolda boʻlgan. Kompozitor va sozanda (ud) Salmon Shukur 1987 y. Samarqandsa boʻlib oʻtgan Z-Xalqaro musiqashunoslik simpoziumida qatnashgan.
 
Teatri. I. professional teatri oʻz faoliyatini 20-a. ning 20-y. laridan boshlagan. 1929 y. oʻrta maktab oʻquvchilari Bagʻdodda millim teatr guruhini tuzib, maktab va koʻchalarda qoʻshiqlar, raqslar ijro etganlar, kichik hajviy pyesalar namoyish qilishgan. 1931 y. havaskorrej. Haqqi ash-Shibliy 50 ga yaqin irokdik, misrlik, suriyalik va livanlik xonandalar va xalq cholgʻu or-kestridan iborat birinchi professional ansambl tuzgan.
 
Ansambl tomonidan Muso Shohbanderning "Vaxda" spektakli, arab adabiyoti va folklori asosida yaratilgan spektakllar sahnalashtirildi. Shunday ansambllar Bagʻdod, Basra, Mosudda ham tashkil qilindi I. da xalq-cholgʻu asboblari joʻrligida doston yoki sheʼr aytuvchi maqomchilar (badiiy oʻqish ustalari) dan Muhammad Kubbanchi, Salima Murod, Sa-biha Ibrohim va b. mashhur. Aktyorlar nafis sanʼat akademiyasi uyushtiradigan konsertlarda, radio va tele-koʻrsatuv orqali oʻz sanʼatlarini namoyish etadilar.
 
Kinosi 1940-y. lar oʻrtalaridan rivojlana boshladi. 1945—46 y. larda misrlik rej. lar iroqlik aktyorlar ishtirokida "Qohira-Bagʻdod", "Sharq oʻgʻloni" filmlarini suratga oldi. 1948 y. Bagʻdodda kinostudiya ochilgach, "Aliya va Issam", "Sharq bolalari", "Laylo Iroqda" va b. filmlar yaratildi. 1958 y. da I. kinosida yangi rivojlanish davri boshlandi va "Sayd Afan-di" (rej. K. Husni) filminingsuratga olinishi b-n I. kinematografiyasida yangi realistik yoʻnalishga asos solindi. 1960 y. I. da tuzilgan Teatr va kinoishlari bosh boshqarmasi qujjatli xronika filmlarini muntazam i.ch. ni yoʻlga qoʻydi. 60-y, larda "Kim aybdor" (rej. A. Vali), "Kuzgi yarpoqlar" (rej. X. Labib), "Tungi soqchi" (rej. X. Shav-qiy) filmlari shuhrat qozondi. 70-y. larda I. kinematografiyachilari ijti-moiysiyosiy mavzuga murojaat etdilar, shu davrda qurgʻoqchilik muammolari haqida "Chanqaganlar" (rej. Shukri Jamil), qishloqdagi oʻzgarishlar haqida "Tajriba" (rej. F. at-Tuhami), xalq ongining oʻsishi haqida "Burilish" (rej. D. Ali) filmlari yuzaga keldi. Shundan keyingi "Daryo" (rej. F. al-Yasiriy), "Devorlar" (rej. Shukri Jamil) filmlarida ilgʻor realistik anʼanalar ifodalandi. Ayni vaqtda mamlakatning dolzarb muammolarini koʻtarib chiquvchi hujjatli kino rivojlanib, "Yerga qaytish", "Avlodlar mehnati", "Yoʻqolsin sukunat", "Soʻnmas nur" lentalari yuzaga keldi. I. da yiliga 3—4 ta badiiy, salkam 30 ta hujjatli film ishlab chiqariladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
{{stub}}
Qator 9 ⟶ 78:
 
{{Link FA|ur}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}