Irqchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

30-Mart 2013, 06:54 dagi koʻrinishi

Irqchilik — irqiy kamsitish siyosati. Inson irklarining jismoniy va ruhiy jihatdan har xilligi, irqiy tafovutlarning jamiyat tarixi va madaniyatiga qal qiluvchi taʼsiri, odamlarning azaldan oliy va past irklarga ajratilganligi haqidagi qoidalarga asoslanadi. Shu daʼvolarga koʻra, oliy ir"klar goʻyo boshqa irklar ustidan hukmronlik qilishga daʼvat etilgan, sivilizatsiyaning birdan-bir bunyodkorlaridir, past irklar esa yuksak madaniyatni yaratishga va uni hatto oʻzlashtirishga ham qobiliyatsizdir. Fransuz J. A. Gobino 19-a. oʻrtalarida birinchi bor I. gʻoyasini surib, oriylarni "oliy irq" deb eʼlon qiladi. I. fashizmning rasmiy mafkurasiga aylangan. Irqiy kamsitish, kishilarning biron-bir guruhini irqiy va etnik alomatiga koʻra majburan ajratish hamda aparteidni oklashda I. dan foydalaniladi. I. sionizm b-n hamohang . I. xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilingan bir qancha hujjatlarda, jumladan, Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tu-gatish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyada keskin qoralangan. Oʻzbekiston Respublikasi 1995 yil 31 avg . da mazkur Konvensiyaga qoʻshilgan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil