Ishoq: Versiyalar orasidagi farq

Qurʼonda nomi kelgan 25 paygʻambardan biri.
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

30-Mart 2013, 07:52 dagi koʻrinishi

Ishoq — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri; Ibrohim (as)ning Sora ismli ayolidan tugʻilgan oʻgʻli. Bibliyada Isaak nomi b-n maʼlum. "Bani Isroil" qavmining barcha paygʻambarlari I. (as) avlodidandir. Rivoyatga koʻra, yoshi 90 ga yetgan Sora I.ga homilador boʻladi va u tugʻilgach, "Yashak" (arabcha "kuladi" maʼnosida) deb nom qoʻyadi. Bunday nomlanishidan maqsad, ota-onasi shu yoshga yetganda farzand koʻrganini eshitgan barcha odam taajjublanib kulishi tabiiy edi. I. (as) voyaga yetgach, Rifqa nomli qizga uylanadi va undan egizak farzand koʻradi. Ular Iysu va Yaqub edilar. Rivoyat qilinishicha, I., (as) 180 y. umr kurgan, Madinada dafn etilgan. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil