Ishsizlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
[[Tasvir:Unemployment rate world from CIA figures.PNG|thumb|[[MRB]]ning dunyodagi ishsizlik darajasi maʼlumoti]]
'''Ishsizlik''' — aholining iqtisodiy faol qismining ish topolmagani sabali [[mamlakat]]ning [[iqtisodiyot]]ida tugʻuladigan muammodir<ref>[http://www.gks.ru/doc_2007/trud.zip Труд и занятость в России. 2007: Стат.сб.] / Росстат. — M., 2007.</ref>. [[Aholi]]ning ishga qobiliyatli sonidan 6,5-7,5 % ishsizlik tabiiy hisoblanadi<ref name="ilo.org">International Labour Organization Bureau of Statistics [http://www.ilo.org/wcmsp5/groups/public/---dgreports/---integration/---stat/documents/publication/wcms_088394.pdf Measurement of employment, unemployment and underemployment — Current international standards and issues in their application]. Accessed August 2010</ref>.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Ishsizlik''' — bir qism iqtisodiy faol aholining oʻziga loyiq ish topa olmasdan qolishi va mehnat zaxirasiga aylanishi. Oʻzbekistonda I. tushunchasi rasman 1992 y. "Aholini ish b-n taʼminlash toʻgʻrisida"gi qonunining qabul qilinishi b-n meʼyoriy kuchga ega boʻldi (1998 y. 1 mayda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi).
 
I. inson manfa-atlariga toʻgʻridantoʻgʻri taʼsir qiladigan yirik ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi. Ish joyini yoʻqotish koʻp kishilar uchun oilaviy turmush da-rajasining pasayishini, shaxsiy hayotining notinchligini keltirib chiqaradi, kishiga jiddiy ruhiy taʼsir koʻrsatadi.
 
Amaldagi iqtisodiy hayotda I. ish kuchi taklifining unga boʻlgan talabdan oshib ketishi tarzida namoyon boʻladi. I. sababi turlicha: texnika rivojlanish b-n mehnat unumdorligi ortadi, i.ch. kam mehnat talab boʻlib qoladi. Iqtisodiyotda jami talab va taklif muvozanati buziladi, tovarlarga bozor talabining qisqarishi ish kuchiga ta-labni ham qisqartirib yuboradi, na-tijada ish kuchining bir qismi ortiqcha boʻlib qoladi; iktisodiyot rivojlanishi b-n malakali ish kuchiga talab oshib, malakasizlar kerak boʻlmay qoladi; aholi i.ch. ga nisbatan tez oʻsgan kezlarda, uning bir qismi ortiqcha bulib, ishsiz qoladi.
 
I. sababi har xil boʻlganidan uning shakllari ham turlicha. I. ning asosiy shakllari: friksion I. —turli sabablarga koʻra (yangi yashash joyiga oʻtish, kasbni oʻzgartirish, bola boqish, yangi ish tanlash) vaqt-vaqti b-n ishsiz qolish. Bu ixtiyoriy ishsizlik hisoblanadi. Tarkibiy I. — ishlab chiqarish tuzilmasi oʻzgartirilgan sharoitda eski tarmoqlarda ishlab kelgan kishilarning yangi tarmoqlarga kerak kasbni hali oʻzlashtirmagan kezlarida yuz beradi. Siklli I. — iqtisodiy tangliklar b-n bogʻliq boʻlib, ishlab chiqarishning pasayib ketishi natijasida yuzaga keladigan I. Bu majburan ishsiz qolishdir. Mavsumiy I. — mavsumiy ishda band boʻlganlarning mavsum tugagach, ishsiz qolishi. Yashirin I. — rasman ish b-n band boʻlganlarning faqat qisman ishlashi. Unga qisqartirilgan ish kuni yoki ish haftasiga oʻtganlar, ish yoʻqligidan haqberilmaydigan taʼtilga chiqqanlar kiradi.
 
Ishsizlar ishlayotganlar b-n bir qatorda mamlakat ish kuchini tashkil qiladi. Iqtisodiyotda I. muammosini oʻrganishdan asosiy maqsad aholining ish b-n bandligini yaxshilash orqali mamlakat (korxonalar) i.ch. ni kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir.
 
Ishsizlar safiga, odatda, nafaqat turli sabablarga koʻra ishdan boʻshatilganlar, balki oʻz ixtiyoriga koʻra ishdan ketganlar va yangi ish topishga harakat qilayotgan shaxslar ham kiritilishini qayd etish lozim. I.tarki-bi uning sabablariga kura ish kuchining 4 asosiy toifasini oʻz ichiga oladi: ishdan boʻshatilishi natijasida ish joyini yoʻqotganlar; ishdan ixtiyoriy ravishda boʻshaganlar; tanaffusdan soʻng ish qidirayotganlar; birinchi bora ish qidirayotganlar. Bu toifalarning oʻzaro nisbatlari iqtisodiy rivojlanish bosqichlariga bogʻliq.
 
Mamlakat miqyosida 3—5% darajasidagi I. iqtisodiyot uchun normal holat (I. ning tabiiy chegarasi) hisoblanadi. I. darajasini pasaytirish uchun aholi bandligini taʼminlash davlat dasturlari ishlab chiqiladi, korxonalar qurilib, yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi, xodimlarni yangi kasblarga oʻqitish, qayta tayyorlash ishlari amalga oshiriladi, bandlikka yor-dam jamgʻarmasi tashkil qilinadi.
 
Mehnat qonunlariga koʻra, ishsizlarga mehnat birjalari orqali ishsizlik nafaqasi toʻlanadi.
 
Ahmadjon Oʻlmasov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
== Turlari ==