Yetti yillik urush: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Bot tomonidan qo`shilgan matn o`chirildi
Qator 47:
|qurbon2= [[Yetti yillik urush#Raqib tomonlar qurbonlari|pastroqqa]] qarang
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Yetti yillik urush''' (175663) -Avstriya, Fransiya, Rossiya, Ispaniya, Saksoniya va Shvetsiya b-n Prussiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya oʻrtasida boʻlgan urush. Angliya va Fransiyaning oʻzga hududlar uchun kurashi hamda Prussiya siyosiy manfaatlarining Avstriya, Fransiya va Rossiya manfaatlari b-n toʻqnashuvi tufayli kelib chiqqan. 1761 y.da Prussiya halokat yoqasida edi, ammo yangi rus shohi Pyotr III u b-n sulh tuzgan (1762) (Yekaterina II uni bekor qilgan, birok, urushni davom ettirmagan). Shiddatli kurashlar mustamlakalarda va dengizda ham sodir boʻlgan. Prussiya Gubertusburg sulhi (1763) ga asosan, Avstriya va Saksoniya b-n Sileziyani oʻziga qoʻshib olgan. Parij tinchlik bitimi (1763) ga asosan, Fransiyadan Buyuk Britaniyaga Kanada, Sharqiy Luiziana, fransuzlarning Hindistondagi mulklarining koʻp qismi oʻtgan. Ye.y.u.ning asosiy natijasi — Buyuk Britaniyaning Fransiya ustidan mustamlaka va savdo sohasidagi kurashda qozongan gʻalabasi boʻlgan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
'''Yetti yillik urush''' (1756—1763) — XVIII-asrning katta voqeasi, [[Yangi davr]]ning eng katta urushi. Yetti yillik urush harakatlari [[Yevropa]] va okean ortida: [[Shimoliy Amerika]]da, [[Vest Indiya]]da, [[Hindiston]]da, [[Filippin]]da olib borilgan. Urushda oʻsha paytdagi Yevropaning barcha buyuk davlatlari, oʻrtac va kichik davlatlar, bir qancha [[Hindular|hindular qabilalari]] qatnashgan. [[Uinston Cherchill]] tomonidan urush „Birinchi [[Jahon urushi|Jahon urushi]]“ deb atagan.<ref>Bowen, HV (1998). ''War and British Society 1688—1815''. Cambridge, United Kingdom: Cambridge University Press, 7. ISBN 0-521-57645-8.</ref> Urushni kolonial ([[Britaniya imperiyasi]], [[Fransiya koloniyalari|Fransiya]] va [[Ispaniya imperiyasi|Ispaniyaning]] kolonial maqsadlari toʻqnashganligi sababli), birinchi okop (urushda koʻplab [[redut]]lar, [[okop]]larning ishlatilganligi sababli) va birinchi artilleriya (artilleriya katta miqdorda ishlatilganligi sababli) urushi deb ham atashadi.