Kanoe: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

3-Aprel 2013, 17:52 dagi koʻrinishi

Kanoe (ispancha canoa — qayiq) — sport qayigʻi; shakli qayiqqa oʻxshasada, eshkak oʻrnatiladigan ayrisi boʻlmaydi, sirti silliqlangan faner yoki plastmassadan ishlangan. Eshkakchilar soni — 1, 2, 6 kishi boʻladi. 1 kishilik K.ning uz. 520 sm gacha, kengligi kamida 75 sm, ogʻirligi kamida 16 kg boʻladi. 2 kishilik K.da bu raqamlar 650, 75, 20 va 6 kishilik K.da esa 1100, 85, 50 ga teng . Sportchilar bir kurakli eshkakni bir tizzaga choʻkkalagan holda eshadilar. Erkaklar poygasi (1 va 2 kishilik K.da) 1936 y.dan olimpiada musobaqalari dasturiga kiritilgan (yana q. Baydarka va kanoeda eshkak eshish).[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil