Albaniya — versiyalar orasidagi farq

1 054 bytes added ,  7 yil oldin
Katta tahrir
(Katta tahrir)
{{Albania_info}}}
'''Albaniya''', Albaniya Respublikasi ({{lang-sq|Republika e Shqipërisë}} {{IPA|[ɾɛpuˈblika ɛ ʃcipəˈɾiːs]}}) — Bolqon yarim orolining janubi-g‘arbidagi davlat. Adriatika va Ioni dengizlari sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 36 retaga bo‘lingan. Poytaxti alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Maydoni 28,7 ming km<sup>2</sup>. Aholisi 2 831 741 kishi<ref>[http://census.al/ 2011 Census]</ref> (2011). Poytaxti [[Tirana]] shahri.
 
== Davlat tuzumi ==
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
Albaniya — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi [[1998-yil]] qabul qilingan. Davlat hokimiyatining oliy organi — bir palatali Xalq majlisi (155 deputat), uni barcha fuqarolar 4 yil muddatga saylaydi. Davlat boshlig‘i — prezident. Albaniya Oliy ijroiya organi — hukumat boshlig‘i boshchiligidagi Vazirlar Kengashi (hukumat). Davlat hokimiyatining mahalliy organlari — tegishli xalq kengashlari.
'''Albaniya''', Albaniya Respublika-si (Republika e Shgiperise) — Bolqon ya.o.ning jan.-g‘arbidagi davlat. Adria-tika va Ioni dengizlari sohilida joy-lashgan. Ma’-muriy jihatdan 36 retaga bo‘lingan. Poytaxti alohida ma’muriy birlik qilib ajratilgan. Mayd. 28,7 ming km2. Aholisi 3,5 mln. kishiga yaqin (1999). Poytaxti Tirana sh.Davlat tuzumi. A. — parlamentli re-spublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1998 y. qabul qilingan. Davlat hokimiyatining oliy organi — bir palatali Xalq maj-lisi (155 deputat), uni barcha fuqarolar 4 y. muddatga saylaydi. Davlat boshlig‘i — prezident. A. Oliy ijroiya orga-ni — hukumat boshlig‘i boshchiligida-gi Vazirlar Kengashi (hukumat). Davlat hokimiyatining mahalliy organlari — tegishli xalq kengashlari.Tabiati. Adriatika dengizining sohili asosan pasttekislik, jan. tog‘lardan iborat. A. hududining salkam 70% ni bal. 2692 m gacha bo‘lgan Shim. Al-ban Alplari (Prokletiye) va Jan. Al-plar egallaydi. Ular o‘rtasidagi mar-kaziy voha daryo vodiylariga bo‘linadi. Sohili past-baland dengiz bo‘yi tekis-ligidan iborat. Xromit, neft, bitum, temir-nikel va mis ruda konlari bor. Iqlimi — O‘rta dengizga xos subtropik; iyulning o‘rtacha t-rasi 24", 25°, yanv.niki 8°, 9°. Iiliga 1000 mm yog‘in yog‘adi. Soy va daryolari tog‘li, ularda kema qatnamaydi. Eng katta daryolari — Drin, Semani, Shkumbini. Skadar, Oxrid, Prespa ko‘llarining bir qismi A. hududida joy-lashgan. Tekislikda jigarrang , tog‘larda qo‘ng‘ir tog‘-o‘rmon tuproqlari. Yer may-donining 38% dan ko‘prog‘i o‘rmon b-n qoplangan (dub, buk, kashtan va b. xil daraxtlar). Sohilda O‘rta dengizga xos o‘simliklar doimo ko‘karib turadi. A.da 4 milliy bog‘ bor.Aholisi. Asosiy aholi — albanlar (salkam 98%). Greklar, valaxlar va b.lar ham yashaydi. Rasmiy tili — alban tili. Aholining o‘rtacha zichligi — 1 km2 ga 87 kishi. Aholining 35% shaharlarda istiqomat qiladi. Eng yirik shaharlari — Tirana, Durres, Shkoder, Vlyora, El-basan.Tarixi. A.ning eng qad. aholisi pe-lasglar (yangi tosh davri), illiriylar (mil.av. 2-ming yillikdan boshlab) bulgan. Mil. av. 2-a.da hoz. A. hududini Rim bosib olgan. 395 y.dan 1347 y.gacha u Vizantiya tarkibiga kirgan, keyinchalik uning ayrim qismlari bolgar va serb zamindorlari qo‘l ostida bo‘lgan. 1389 y.dan A.ni Usmonlilar imperiyasi zabt eta boshladi. 15-a. o‘rtalarida Skander-beg boshchiligida boshlangan umumxalq qo‘zg‘oloni natijasida deyarli butun A. ozod qilindi, birok 1479 y.da uni yana turklar bosib oldi. 1912 y. bahorida Usmonlilar hukmronligini bartaraf etish uchun xalq qo‘zg‘oloni boshlandi. O‘sha yili 28 noyab. kuni Vlyorada aholi turli tabaqa vakillarining qurultoyi A.ni musta-qil davlat deb e’lon qildi. Muvaqqat hukumatga I. Kamolbey bosh-chilik qildi. Aslida esa A. boshqa dav-latlarga qaram bo‘lib qoldi. 1924 y. iyunidagi xalq qo‘zg‘oloni Ahmad Zogu to‘dasini ag‘darib tashladi. Ammo 1924 y. dek.da u ajnabiy imperialistlar yor-damida yana qokimiyatni egallab, o‘zini avvaliga respublika prezidenti, 1928 y. esa qirol deb e’lon qildi. Uning dav-rida A. amadda Italiya mustamlakasiga 299aylandi. 1939 y.da fashistlar Italiyasi, 1943—44 ylarda esa nemis fashistla-ri A.ni bosib oldi. A. 1944 y. 28 noyab.da fashist bosqinchilaridan ozod etid-di. 1946 y. 11 yanv.da xalq respublikasi deb tlon qilindi. 1976 y. 28 dek.dan 1991 y. maygacha — Albaniya Xalq Sotsi-alistik Respublikasi deb atalib keldi. 1991 y. maydan A. Respublikasi. A. 1955 y.dan — BMT a’zosi. A. va O‘zR o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1993 y.da o‘rnatilgan. Milliy bayrami — 28 noyab.— Bayroq kuni (1912).Siyosiy partiya va bnrlashmalari, ka-saba uyushmalari. A. sotsialistik par-tiyasi, 1941 y.da tuzilgan, 1948 y.gacha A. Kompartiyasi, 1991 y.gacha A. mehnat partiyasi deb atalgan. Hoz. nomi 1991 y. 12 iyunda qabul qilingan; A. demokra-tik partiyasi, 1990 y. tuzilgan; A. agrar partiyasi, 1991 y.da tuzilgan; A. respu-blikachilar partiyasi, 1991 y.da tuzilgan; A. sotsial-demokratik partiyasi, 1991 y.da tuzilgan; Inson huquqlari uchun ittifoq, 1992 y. tuzilgan; A. kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990 y.da tuzilgan; A. mustaqil kasaba uyushmala-ri birlashmasi, 1991 y.da tuzilgan.Xo‘jaligi. A. mustaqil bo‘lgach, xo‘jalik sohasida muayyan muvaffaqiyatlarga erishdi. U agrar-in-dustrial mamlakatga aylandi. A. milliy daromadining 46% sanoatda, 33% q.x.da hosil qilinadi.Sanoati. Oziq-ovqat, yengil sanoat, konchilik va yog‘ochsozlik tarmoqlarining salmog‘i katga. Energetika neft va gi-droenergiya negiziga qurilgan. Yiliga 4 mlrd. kVt-s dan ortiq elektr energiya ishlab chiqariladi. Neft, xrom (1 y.da 1 mln.t — G‘arbiy Yevropada l-o‘rin), te-mir-nikel va mis rudalari, bitum qazib olinadi. Oziq-ovqat sanoatida qand-shakar, yog‘-moy, baliq va meva-konserva, vinochilik, tamaki tarmoqlari, yengil sanoatda — asosan to‘qimachilik tarmog‘i mavjud. Kime, metallsozlik, mashina-sozlik, yog‘ochsozlik sanoatining ayrim korxonalari ishlab turibdi. Asosiy sa-noat markazlari: Tirana, Elbasan, Fiye-ri, Korcha, Shkoder.Qishloq xo‘jaligi. Asosiy tarmog‘i — dehqonchilik. Ekinzorlari 560 ming ga dan ortiq (mamlaqat hududining deyarli 20%). 230 ming ga ga yaqini sug‘oriladi. Makkajo‘xori va bug‘doy oziq-ovqat sohasida katta ahamiyatga ega. Kartoshka, sabzavot ham yetishtiriladi. Paxta, tamaki, qand lavlagi asosiy tex-nika ekinlaridir. Tokchilik, zaytun va sitrus o‘simliklari o‘stirish rivojlan-gan. Chorvachiliqda qo‘ychilik va echkichi-lik ustun.Transporti. Transportningasosiy turi — avtomobil transporti (yuk ay-lanmasi hajmining salkam 65% ni tash-kil etadi). Durres — Tirana, Durres — Elbasan va b. yo‘nalishdagi t.y.lar mavjud. Dengiz portlari: Durres, Vlyora. Xalqaro aeroporti — Tirana (Rinas).Tashqi savdosi. Chetga asosan, xro-mitlar, temir-nikel, mis rudalari, neft, bitum, yog‘och-taxta, charm, zaytun yog‘i, tamaki, sitrus, sabzavot va me-valar chiqariladi. A. chetdan mashina, asbob-uskuna, prokat, transport vo-sitalari, dori-darmon, kimyo sanoati mahsulotlari, keng iste’mol mollari keltiradi. Asosiy tashqi savdo mijoz-lari: Italiya, Gresiya, Turkiya, Germaniya. Pul birligi — lek.Tibbiy xizmati. A.da 10 mingdan ortiqo‘rinli kasalxonalar mavjud. 735 bemorga 1 shifokor to‘g‘ri keladi. Shifo-korlarni Tirana un-tining tibbiyot f-ti yetishtiradi. Lidjada kurortlar bor.Xalq ta’limi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari. Xalq ta’limi tizimi 1969 y.da joriy etilgan bo‘lib, u maktabgacha muassasalar, 8 y.lik umumiy majburiy, 4 y.lik o‘rta (hunar yoki umu-miy) va 3—4 y.lik oliy o‘quv yurtlaridan iborat. A.da 3 un-t bor. Fanlar akademi-yasi 1973 y. tashkil etilgan. Milliy ku-tubxona va un-t kutubxonasi, arxeologiya, etn. muzeyi va b. bor.Matbuoti, radioeshittirishi, teleko‘rsatuvi. A.da "Zeri i popullit" 300("Xalq ovozi", 1942 y.dan) "Mesuyesi" ("Muallim", 1961 y.dan), "Bashkimi kom-betar" ("Milliy birlik", 1943 y.dan), "Kombi" ("Millat", 1991 y.dan), "Dri-ta" ("Hyp", 1960 y.dan), "Koxa Ione" ("Vaqtimiz", 1991 y.dan) va b. gaz.lar nashr etiladi. A. telegraf agentligi 1944 y. tashkil etilgan. "Albaniya radi-oeshittirishi va teleko‘rsatuvi" davlat tashkiloti mavjud. Radio-eshittirish — 1944 y.dan, teleko‘rsatuv — 1961 y.dan ishlaydi.Adabiyoti. A.da boy xalq ijodiyo-ti — qahramonlik dostonlari, tari-xiy qo‘shiqlar mavjud. Alban tilida hozirgacha saqlanib qolgan dastlabki yozma manba — yepiskop Pal Engelaning "Cho‘qintirish taomili" (1462)dir. 16— 17-a.larda adiblar P. Budi, F. Barde, P. Bogdani, M. Barxeti ijod qildilar. 18-a.da T. Kavaloti va Danel alban tili lug‘atini tuzdilar. 19-a.da bir necha atoqli vatanparvar yozuvchilar, milliy uyg‘onish arboblari maydonga chiqdi. Adabiyotda romantizm oqimi hukmron bo‘lib qoldi. Shu davrning eng taniqli namoyandalari — shoirlardan I. De Rada ("Milosao qo‘shig‘i", "Sho‘rpeshona Skan-derbeg" dostonlari), Kenja G. Dara ("Ba-laning so‘nggi qo‘shig‘i" dostoni). 3. Se-rembe ("Taqdir" dostoni), V. Shkodrani ("O, mening Albaniyam" dostoni), adib va tarjimon K. Kristoforidi. Adabiyot-da novella, tarixiy roman, drama paydo bo‘la boshladi. Yangi adabiyotning asoschi-laridan biri N. Frasherining "Poda va dala" (1886), "Skanderbeg tarixi" (1898) va b. dostonlari yuzaga keldi. 20-a. bosh-laridagi shoirlar — A. Chayupi ("Tomori ota" to‘plami, 1902; "O‘n to‘rt yoshli kuyov" komediyasi, 1902), N. Meda ("Quvg‘in", "Bulbul nolasi" dostonlari), F. Shiro-ka, R. Silichi xalqni birlikka chaqiradi. Vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq va no-vellalar muallifi M. Grameno alban badiiy prozasining asoschilaridan biri bo‘ldi. A. adabiyotining taniqli vakili Fan Noli o‘z she’rlarida fuqaroga hurmat va muhabbat tuyg‘ularini ulug‘ladi ("Sa-lip Sulton qo‘shig‘i", "Quvg‘in qurboni", "Dragobiy g‘ori", "Yugur marafonchi" va b.). 20-a.ning 30-y.larida ijtimoiy mav-zu qalamga olina boshladi. 2-jahon uru-shi davrida va A. ozodlikka chiqqanidan so‘ng adabiyotda italyan-nemis fashist-lariga qarshi kurash mavzuidagi asarlar yaratildi (F. Gyataning "Partizan Ban-ko haqida qo‘shiq" dostoni, D. Shuteri-chining "Haloskorlar" romani, 1952—55). Tur-mushni ijtimoiy jihatdan o‘zgartirishga bag‘ishlangan romanlar (S. Spassening "Ular yolg‘iz emas edi", 1952; F. Gyataning "Botqoq", 1959 va b.) paydo bo‘ldi. 50—60-y.larda avtobiografik va tarixiy qissa hamda romanlar (D. Shu-terichi, V. Kokona, Ya. Dzodza asarlari) yaratildi.Me’morligi. Antik davr (mil. av. 7-a.)dan A. hududida mudofaa insho-otlari, jamoat va uy-joy binolari, me’moriy bezaklarning qoldiqlari, o‘rta asrlardan Vizantiya inshootlari (13— 14-a.larga mansub bo‘lgan Lyavdari, Mborya qishloqlaridagi cherkovlar) va romantik uslubdagi imoratlar (Shasi qishlog‘idagi sobor, Vau-i-Deyes, Oboti qishloqlaridagi cherkovlar, 13-a.), shu-ningdek, istehkomva qasrlar saqlanib qolgan. Saroylar, timlar, machitlar ham mavjud. A. Xalq me’morligiga xos xu-susiyatlar —tog‘lardagi mustahkam mi-norasimon uylar, ikki-uch qavatli, oldi peshayvonli, yassi cherepitsa tomli uylar. A. shaharlarida o‘rta asrlar va 20-a. bosh-laridagi inshootlar b-n yonma-yon zamona-viy imoratlar ko‘zga tashlanadi.Tasviriy san’ati O‘rta asrlarda rassomlik va haykaltaroshlik birmun-cha rivoj toptan (Lyavdaridagi Troitsa cherkovi devorlariga ishlangan surat-lar). 16-a.ning 50-y.larida Sheltsan va Balsh cherkovlarida neokastrlik usta Onufriy suratlar chizgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida dunyoviy rang-tasvir (rassomlardan N. Martini, K. Xidrome-no) paydo bo‘ldi. Keyingi y.larda musav-virlik, grafika, haykal-taroshlikning turli janrlari rivojlandi. A.da xalq 301amaliy san’ati (gilamdo‘zlik, tikuvchi-lik, to‘quvchilik, o‘ymakorlik, zargarlik) qadim zamonlardan ma’lum.Musiqasi. Alban xalq musiqasida xilma-xil mahalliy uslublar, tabiiy besh pardali (pentatonik) kuylar, ozar-bayjon musiqasida uchraydigan ohanglar bor. O‘zbek musiqasidagi kabi vazni o‘zgarib turadigan qo‘shiq va raqs kuy-lari taraqqiy topgan. Aksari 3 ovozli qo‘shiqlar kamonli cholg‘ular jo‘rligida aytiladi. 20-a. 50-y.laridan professio-nal musiqa san’ati: opera (P. Yakovaning "Mrika", 1954, "Skanderbeg", 1968), balet (T. Dayyaning "Xalil va Xayriya", 1963), operetta, simfoniya, kamer, cholgu, xor musiqasi rivojlandi. Tiranada dav-lat opera va balet teatri bor.Teatri. 1874 y.da Testorati boshchi-ligidagi teatr to‘garagi dastlabki sahna asarini qo‘ydi. 19-a. 2-yarmida S. Fra-sheri, M. Grameno, F. Noli, A. Chayupi pesalarini havaskor teatr trup-palari sahnalashtirdi. 1944 y. Tiranada pro-fessional xalq teatri, keyinroq Korcha va Durresda teatrlar barpo etildi. A. Moisei nomidagi oliy aktyorlik bilim yurti ochilgan (1959).Kinosi. A. kinematografiyasi 2-jahon urushidan so‘ng rivojlana bosh-ladi. 1952 y.da tashkil etilgan "Yangi Albaniya" kinostudiyasi hujjatli fil-mlar va kinojur.lar chiqaradi. Birinchi rangli badiiy film — "Albaniyaning buyuk farzandi Skanderbeg" (1954). Key-inchalik "Tana", "Yer alanga ichra" va b. badiiy filmlar yaratildi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Tabiati ==
Adriatika dengizining sohili asosan pasttekislik, janubiy tog‘lardan iborat. Albaniya hududining salkam 70 % ni balandliklar 2692 m gacha bo‘lgan Shimoliy Alban Alplari (Prokletiye) va Janubiy Alplar egallaydi. Ular o‘rtasidagi markaziy voha daryo vodiylariga bo‘linadi. Sohili past-baland dengiz bo‘yi tekisligidan iborat. [[Xromit]], [[neft]], [[bitum]], temir-nikel va mis ruda konlari bor.
 
Iqlimi — O‘rta dengizga xos subtropik; iyulning o‘rtacha harorati 24 °C, 25 °C, yanvarniki 8 °C, 9 °C. Yiliga 1000 mm yog‘in yog‘adi. Soy va daryolari tog‘li, ularda kema qatnamaydi. Eng katta daryolari — Drin, Semani, Shkumbini, Skadar, Oxrid, Prespa ko‘llarining bir qismi Albaniya hududida joylashgan. Tekislikda jigarrang, tog‘larda qo‘ng‘ir tog‘-o‘rmon tuproqlari. Yer maydonining 38 % dan ko‘prog‘i o‘rmon bilan qoplangan (dub, buk, kashtan va boshqa xil daraxtlar). Sohilda O‘rta dengizga xos o‘simliklar doimo ko‘karib turadi. Albaniyada 4 milliy bog‘ bor.
 
== Aholisi ==
Albaniyaning asosiy aholisi — [[albanlar]] (salkam 98 %). Greklar, valaxlar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tili — [[alban tili]]. Aholining o‘rtacha zichligi — 1 km<sup>2</sup> ga 87 kishi. Aholining 35 % shaharlarda istiqomat qiladi. Eng yirik shaharlari — [[Tirana]], [[Durres]], [[Shkoder]], [[Vlyora]], [[Elbasan]].
 
== Tarixi ==
Albaniyaning eng qadimgi aholisi pelasglar (yangi tosh davri), illiriylar (mil.av. 2-ming yillikdan boshlab) boʻlgan. Mil. av. 2-asrda hozirgi Albaniya hududini Rim bosib olgan. [[395-yil]]dan [[1347-yil]]gacha u Vizantiya tarkibiga kirgan, keyinchalik uning ayrim qismlari bolgar va serb zamindorlari qo‘l ostida bo‘lgan. [[1389-yil]]dan Albaniyani [[Usmonlilar imperiyasi]] zabt eta boshladi. 15-asr o‘rtalarida Skanderbeg boshchiligida boshlangan umumxalq qo‘zg‘oloni natijasida deyarli butun Albaniya ozod qilindi, biroq [[1479-yil]]da uni yana [[turklar]] bosib oldi. [[1912-yil]] bahorida Usmonlilar hukmronligini bartaraf etish uchun xalq qo‘zg‘oloni boshlandi. O‘sha yili 28-noyabr kuni Vlyorada aholi turli tabaqa vakillarining qurultoyi Albaniyani mustaqil davlat deb eʼlon qildi. Muvaqqat hukumatga I. Kamolbey boshchilik qildi. Aslida esa Albaniya boshqa davlatlarga qaram bo‘lib qoldi. [[1924-yil]] iyunidagi xalq qo‘zg‘oloni Ahmad Zogu to‘dasini ag‘darib tashladi. Ammo 1924-yil dekabrda u ajnabiy imperialistlar yordamida yana hokimiyatni egallab, o‘zini avvaliga respublika prezidenti, [[1928-yil]] esa qirol deb eʼlon qildi. Uning davrida Albaniya amadda [[Italiya]] mustamlakasiga 299 aylandi. [[1939-yil]]da fashistlar Italiyasi, 1943—44 yillarda esa nemis fashistlari Albaniyani bosib oldi. Albaniya [[1944-yil]] 28-noyabrda fashist bosqinchilaridan ozod etildi. [[1946-yil]] 11-yanvarda xalq respublikasi deb eʼlon qilindi. [[1976-yil]] 28-dekabrdan [[1991-yil]] maygacha — Albaniya Xalq Sotsialistik Respublikasi deb atalib keldi. 1991-yil maydan Albaniya Respublikasi. Albaniya [[1955-yil]]dan — [[BMT]] aʼzosi. Albaniya va [[O‘zbekiston|Oʻzbekiston Respublikasi]] o‘rtasida diplomatiya munosabatlari [[1993-yil]]da o‘rnatilgan. Milliy bayrami — 28 noyabr — Bayroq kuni (1912).
 
== Siyosiy partiya va birlashmalari, kasaba uyushmalari ==
Albaniya sotsialistik partiyasi, [[1941-yil]]da tuzilgan, [[1948-yil]]gacha Albaniya Kompartiyasi, 1991-yilgacha Albaniya mehnat partiyasi deb atalgan. Hozirgi nomi 1991-yil 12-iyunda qabul qilingan; Albaniya demokratik partiyasi, [[1990-yil]] tuzilgan; Albaniya agrar partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; Albaniya respublikachilar partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; Albaniya sotsial-demokratik partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; Inson huquqlari uchun ittifoq, [[1992-yil]] tuzilgan; Albaniya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, [[1990-yil]]da tuzilgan; Albaniya mustaqil kasaba uyushmalari birlashmasi, 1991-yilda tuzilgan.
 
== Xo‘jaligi ==
Albaniya mustaqil bo‘lgach, xo‘jalik sohasida muayyan muvaffaqiyatlarga erishdi. U agrar-industrial mamlakatga aylandi. Albaniya milliy daromadining 46 % sanoatda, 33 % qishloq xoʻjaligida hosil qilinadi.
 
== Sanoati ==
Oziq-ovqat, yengil sanoat, konchilik va yog‘ochsozlik tarmoqlarining salmog‘i katga. Energetika neft va gidroenergiya negiziga qurilgan. Yiliga 4 mlrd. kVt-s dan ortiq elektr energiya ishlab chiqariladi. Neft, xrom (1 yilda 1 mln. tonna — G‘arbiy Yevropada l-o‘rin), temir-nikel va mis rudalari, bitum qazib olinadi. Oziq-ovqat sanoatida qand-shakar, yog‘-moy, baliq va meva-konserva, vinochilik, tamaki tarmoqlari, yengil sanoatda — asosan to‘qimachilik tarmog‘i mavjud. Kime, metallsozlik, mashinasozlik, yog‘ochsozlik sanoatining ayrim korxonalari ishlab turibdi. Asosiy sanoat markazlari: Tirana, Elbasan, Fiye-ri, Korcha, Shkoder.
 
== Qishloq xo‘jaligi ==
Asosiy tarmog‘i — dehqonchilik. Ekinzorlari 560 ming ga dan ortiq (mamlaqat hududining deyarli 20 %). 230 ming ga ga yaqini sug‘oriladi. Makkajo‘xori va bug‘doy oziq-ovqat sohasida katta ahamiyatga ega. Kartoshka, sabzavot ham yetishtiriladi. Paxta, tamaki, qand lavlagi asosiy texnika ekinlaridir. Tokchilik, zaytun va sitrus o‘simliklari o‘stirish rivojlangan. Chorvachiliqda qo‘ychilik va echkichilik ustun.
 
== Transporti ==
Transportningasosiy turi — avtomobil transporti (yuk ay-lanmasi hajmining salkam 65 % ni tash-kil etadi). Durres — Tirana, Durres — Elbasan va b. yo‘nalishdagi t.y.lar mavjud. Dengiz portlari: Durres, Vlyora. Xalqaro aeroporti — Tirana (Rinas).
 
== Tashqi savdosi ==
Chetga asosan, xromitlar, temir-nikel, mis rudalari, neft, bitum, yog‘och-taxta, charm, zaytun yog‘i, tamaki, sitrus, sabzavot va mevalar chiqariladi. Albaniya chetdan mashina, asbob-uskuna, prokat, transport vositalari, dori-darmon, kimyo sanoati mahsulotlari, keng isteʼmol mollari keltiradi. Asosiy tashqi savdo mijozlari: [[Italiya]], [[Yunoniston]], [[Turkiya]], [[Germaniya]]. Pul birligi — lek.
 
== Tibbiy xizmati ==
Albaniyada 10 mingdan ortiqo‘rinli kasalxonalar mavjud. 735 bemorga 1 shifokor to‘g‘ri keladi. Shifokorlarni Tirana universitetining tibbiyot fakulteti yetishtiradi. Lidjada kurortlar bor.
 
== Xalq taʼlimi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Xalq taʼlimi tizimi [[1969-yil]]da joriy etilgan bo‘lib, u maktabgacha muassasalar, 8 yillik umumiy majburiy, 4 yillik o‘rta (hunar yoki umumiy) va 3—4 yillik oliy o‘quv yurtlaridan iborat. Albaniyada 3 universitet bor. Fanlar akademiyasi [[1973-yil]] tashkil etilgan. Milliy kutubxona va universitet kutubxonasi, arxeologiya, etnografik muzeyi va bohsqalari bor.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi, teleko‘rsatuvi ==
Albaniyada „Zeri i popullit“ 300(„Xalq ovozi“, 1942 y.dan) „Mesuyesi“ („Muallim“, 1961-yildan), „Bashkimi kom-betar“ („Milliy birlik“, 1943 y.dan), „Kombi“ („Millat“, [[1991-yil]]dan), „Drita“ („Hyp“, [[1960-yil]]dan), „Koxa Ione“ („Vaqtimiz“, [[1991-yil]]dan) va boshqa gazetalar nashr etiladi. Albaniya telegraf agentligi [[1944-yil]] tashkil etilgan. „Albaniya radioeshittirishi va teleko‘rsatuvi“ davlat tashkiloti mavjud. Radioeshittirish — 1944-yildan, teleko‘rsatuv — 1961-yildan ishlaydi.
 
== Adabiyoti ==
Albaniyada boy xalq ijodiyoti — qahramonlik dostonlari, tarixiy qo‘shiqlar mavjud. Alban tilida hozirgacha saqlanib qolgan dastlabki yozma manba — yepiskop Pal Engelaning „Cho‘qintirish taomili“ (1462)dir. 16— 17-asrlarda adiblar P. Budi, F. Barde, P. Bogdani, M. Barxeti ijod qildilar. 18-asrda T. Kavaloti va Danel alban tili lug‘atini tuzdilar. 19-asrda bir necha atoqli vatanparvar yozuvchilar, milliy uyg‘onish arboblari maydonga chiqdi. Adabiyotda romantizm oqimi hukmron bo‘lib qoldi. Shu davrning eng taniqli namoyandalari — shoirlardan I. De Rada („Milosao qo‘shig‘i“, „Sho‘rpeshona Skan-derbeg“ dostonlari), Kenja G. Dara („Balaning so‘nggi qo‘shig‘i“ dostoni). Z. Serembe („Taqdir“ dostoni), V. Shkodrani („O, mening Albaniyam“ dostoni), adib va tarjimon K. Kristoforidi. Adabiyotda novella, tarixiy roman, drama paydo bo‘la boshladi. Yangi adabiyotning asoschilaridan biri N. Frasherining „Poda va dala“ (1886), „Skanderbeg tarixi“ (1898) va boshqa dostonlari yuzaga keldi. 20-asr boshlaridagi shoirlar — A. Chayupi („Tomori ota“ to‘plami, 1902; „O‘n to‘rt yoshli kuyov“ komediyasi, 1902), N. Meda („Quvg‘in“, „Bulbul nolasi“ dostonlari), F. Shiroka, R. Silichi xalqni birlikka chaqiradi. Vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq va novellalar muallifi M. Grameno alban badiiy prozasining asoschilaridan biri bo‘ldi. Albaniya adabiyotining taniqli vakili Fan Noli o‘z sheʼrlarida fuqaroga hurmat va muhabbat tuyg‘ularini ulug‘ladi („Salip Sulton qo‘shig‘i“, „Quvg‘in qurboni“, „Dragobiy g‘ori“, „Yugur marafonchi“ va boshqalar). 20-asrning 30-yillarida ijtimoiy mavzu qalamga olina boshladi. [[Ikinchi jahon urushi]] davrida va Albaniya ozodlikka chiqqanidan so‘ng adabiyotda italyan-nemis fashistlariga qarshi kurash mavzuidagi asarlar yaratildi (F. Gyataning „Partizan Banko haqida qo‘shiq“ dostoni, D. Shuterichining „Haloskorlar“ romani, 1952—55). Turmushni ijtimoiy jihatdan o‘zgartirishga bag‘ishlangan romanlar (S. Spassening „Ular yolg‘iz emas edi“, 1952; F. Gyataning „Botqoq“, 1959 va boshqalar) paydo bo‘ldi. 50—60-yillarda avtobiografik va tarixiy qissa hamda romanlar (D. Shuterichi, V. Kokona, Ya. Dzodza asarlari) yaratildi.
 
== Meʼmorligi ==
Antik davr (mil. av. 7-asr)dan Albaniya hududida mudofaa inshootlari, jamoat va uy-joy binolari, meʼmoriy bezaklarning qoldiqlari, o‘rta asrlardan Vizantiya inshootlari (13— 14-asrlarga mansub bo‘lgan Lyavdari, Mborya qishloqlaridagi cherkovlar) va romantik uslubdagi imoratlar (Shasi qishlog‘idagi sobor, Vau-i-Deyes, Oboti qishloqlaridagi cherkovlar, 13-asr), shuningdek, istehkomva qasrlar saqlanib qolgan. Saroylar, timlar, machitlar ham mavjud. Albaniya Xalq meʼmorligiga xos xususiyatlar — tog‘lardagi mustahkam minorasimon uylar, ikki-uch qavatli, oldi peshayvonli, yassi cherepitsa tomli uylar. Albaniya shaharlarida o‘rta asrlar va 20-asr boshlaridagi inshootlar bilan yonma-yon zamonaviy imoratlar ko‘zga tashlanadi.
 
== Tasviriy sanʼati ==
O‘rta asrlarda rassomlik va haykaltaroshlik birmuncha rivoj toptan (Lyavdaridagi Troitsa cherkovi devorlariga ishlangan suratlar). 16-asrning 50-yillarida Sheltsan va Balsh cherkovlarida neokastrlik usta Onufriy suratlar chizgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida dunyoviy rang-tasvir (rassomlardan N. Martini, K. Xidromeno) paydo bo‘ldi. Keyingi yillarda musavvirlik, grafika, haykaltaroshlikning turli janrlari rivojlandi. Albaniyada xalq 301 amaliy sanʼati (gilamdo‘zlik, tikuvchilik, to‘quvchilik, o‘ymakorlik, zargarlik) qadim zamonlardan maʼlum.
 
== Musiqasi ==
Alban xalq musiqasida xilma-xil mahalliy uslublar, tabiiy besh pardali (pentatonik) kuylar, ozarbayjon musiqasida uchraydigan ohanglar bor. O‘zbek musiqasidagi kabi vazni o‘zgarib turadigan qo‘shiq va raqs kuylari taraqqiy topgan. Aksari 3 ovozli qo‘shiqlar kamonli cholg‘ular jo‘rligida aytiladi. 20-asr 50-yillaridan professional musiqa sanʼati: opera (P. Yakovaning „Mrika“, 1954, „Skanderbeg“, 1968), balet (T. Dayyaning „Xalil va Xayriya“, 1963), operetta, simfoniya, kamer, cholgu, xor musiqasi rivojlandi. Tiranada davlat opera va balet teatri bor.
 
== Teatri ==
[[1874-yil]]da Testorati boshchiligidagi teatr to‘garagi dastlabki sahna asarini qo‘ydi. 19-asr 2-yarmida S. Frasheri, M. Grameno, F. Noli, A. Chayupi pesalarini havaskor teatr truppalari sahnalashtirdi. 1944-yil Tiranada professional xalq teatri, keyinroq Korcha va Durresda teatrlar barpo etildi. Albaniya Moisei nomidagi oliy aktyorlik bilim yurti ochilgan (1959).
 
== Kinosi ==
Albaniya kinematografiyasi ikkinchi jahon urushidan so‘ng rivojlana boshladi. [[1952-yil]]da tashkil etilgan „Yangi Albaniya“ kinostudiyasi hujjatli filmlar va kinojurnallar chiqaradi. Birinchi rangli badiiy film — „Albaniyaning buyuk farzandi Skanderbeg“ (1954). Keyinchalik „Tana“, „Yer alanga ichra“ va boshqa badiiy filmlar yaratildi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{Yevropa}}
{{stub}}
{{Yevropa}}
 
[[Turkum:Yevropa]]
[[Turkum:Davlatlar]]