Albaniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 8:
Adriatika dengizining sohili asosan pasttekislik, janubiy tog‘lardan iborat. Albaniya hududining salkam 70 % ni balandliklar 2692 m gacha bo‘lgan Shimoliy Alban Alplari (Prokletiye) va Janubiy Alplar egallaydi. Ular o‘rtasidagi markaziy voha daryo vodiylariga bo‘linadi. Sohili past-baland dengiz bo‘yi tekisligidan iborat. [[Xromit]], [[neft]], [[bitum]], temir-nikel va mis ruda konlari bor.
 
Iqlimi — O‘rta dengizga xos subtropik; iyulning o‘rtacha harorati 24 °C, 25 °C, yanvarniki 8 °C, 9 °C. Yiliga 1000 mm yog‘in yog‘adi. Soy va daryolari tog‘li, ularda kema qatnamaydi. Eng katta daryolari — Drin, Semani, Shkumbini, Skadar, Oxrid, Prespa ko‘llarining bir qismi Albaniya hududida joylashgan. Tekislikda jigarrang, tog‘larda qo‘ng‘ir tog‘-o‘rmon tuproqlari. Yer maydonining 38 % dan ko‘prog‘i o‘rmon bilan qoplangan (dub, buk, kashtan va boshqa xil daraxtlar). Sohilda O‘rta dengizga xos o‘simliklar doimo ko‘karib turadi. Albaniyada 4 milliy bog‘ bor<ref>[http://www.etnolog.ru/people.php?id=ALBA Албанцы]</ref>.
 
== Aholisi ==