Albaniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 14:
 
== Tarixi ==
Albaniyaning eng qadimgi aholisi pelasglar (yangi tosh davri), illiriylar (mil.av. 2-ming yillikdan boshlab) boʻlgan. Mil. av. 2-asrda hozirgi Albaniya hududini Rim bosib olgan. [[395-yil]]dan [[1347-yil]]gacha u Vizantiya tarkibiga kirgan, keyinchalik uning ayrim qismlari bolgar va serb zamindorlari qo‘l ostida bo‘lgan. [[1389-yil]]dan Albaniyani [[Usmonlilar imperiyasi]] zabt eta boshladi. 15-asr o‘rtalarida Skanderbeg boshchiligida boshlangan umumxalq qo‘zg‘oloni natijasida deyarli butun Albaniya ozod qilindi, biroq [[1479-yil]]da uni yana [[turklar]] bosib oldi. [[1912-yil]] bahorida Usmonlilar hukmronligini bartaraf etish uchun xalq qo‘zg‘oloni boshlandi. O‘sha yili 28-noyabr kuni Vlyorada aholi turli tabaqa vakillarining qurultoyi Albaniyani mustaqil davlat deb eʼlon qildi. Muvaqqat hukumatga I. Kamolbey boshchilik qildi. Aslida esa Albaniya boshqa davlatlarga qaram bo‘lib qoldi. [[1924-yil]] iyunidagi xalq qo‘zg‘oloni Ahmad Zogu to‘dasini ag‘darib tashladi. Ammo 1924-yil dekabrda u ajnabiy imperialistlar yordamida yana hokimiyatni egallab, o‘zini avvaliga respublika prezidenti, [[1928-yil]] esa qirol deb eʼlon qildi<ref>[http://www.tagesschau.de/ausland/albanien104.html Albanien will in die EU]{{ref-de}}</ref>. Uning davrida Albaniya amadda [[Italiya]] mustamlakasiga 299 aylandi. [[1939-yil]]da fashistlar Italiyasi, 1943—44 yillarda esa nemis fashistlari Albaniyani bosib oldi. Albaniya [[1944-yil]] 28-noyabrda fashist bosqinchilaridan ozod etildi. [[1946-yil]] 11-yanvarda xalq respublikasi deb eʼlon qilindi. [[1976-yil]] 28-dekabrdan [[1991-yil]] maygacha — Albaniya Xalq Sotsialistik Respublikasi deb atalib keldi. 1991-yil maydan Albaniya Respublikasi. Albaniya [[1955-yil]]dan — [[BMT]] aʼzosi. Albaniya va [[O‘zbekiston|Oʻzbekiston Respublikasi]] o‘rtasida diplomatiya munosabatlari [[1993-yil]]da o‘rnatilgan. Milliy bayrami — 28 noyabr — Bayroq kuni (1912)<ref>Селищев А. М., Славянское население в Албании, София, 1931</ref>.
 
== Siyosiy partiya va birlashmalari, kasaba uyushmalari ==