Margaret Thatcher: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 10:
|vafot joyi =
}}
'''Margaret Hilda Thatcher''' ({{talaffuz|Margaret Hilda Tetcher}}; {{uzb-kirill|Маргарет Ҳилда Тэтчер}}; qizlik familiyasi — '''Roberts'''; 13-oktabr 1925 – 8-aprel 2013) [[Buyuk Britaniya|britan]] siyosatdoni, 1979—1990-yillarda [[Birlashgan Qirollik Bosh Vaziri]] boʻlgan. Thatcher shu mansabdagi yagona ayol kishi boʻlgan. Qattiqqoʻl siyosati va rahbarligi uchun bir [[Sovet Ittifoqi|Sovet]] muxbiri uni „Temir Xonim“ ({{lang-ru|Железная Леди}}) deb atagan, bu laqab keyinchalik keng tarqalib ketgan. Bosh vazirlik vaqtida [[konservatizm|konservativ]] siyosat yuritgan.
 
Avvaliga [[kimyo]] bilan shugʻullangan Thatcher keyinchalik [[huquqshunoslik]]ka oʻtgan va 1959-yili parlament aʼzosi etib saylangan. 1970-yili [[Edward Heath]] uni Taʼlim va Fan davlat kotibi etib ishga olgan. 1975-yilgi [[Konservativ Partiya]] saylovda Thatcher rahbarini yengib, Birlashgan Qirollik tarixida katta partiyaning birinchi ayol-yetakchisi boʻldi. 1979-yilgi saylovda ham yengib chiqib, Buyuk Britaniya Bosh Vaziri boʻldi.
 
Thatcher yillari [[deregulatsiya]] bilan xarakterlanib, shu muhlat davomida u hukumat shirkatlarini [[xususiylashtirish]], kasaba uyushmalari taʼsirini cheklash kabi konservativ islohotlar olib bordi. Ishsizlik va retsessiyadan susaygan Thatcher hukumati ostida mamlakat keyinchalik iqtisodiy oʻsish koʻrdi va 1982-yili [[Folklend urushi]]da gʻalabaga erishdi. Bu muvaffaqiyat tufayli Thatcher 1983-yili qayta saylandi.
 
Thatcher 1987-yili uchinchi muhlatga saylandi, biroq uning jon boshidan olinadigan soliq ʼelon qilishi aholi orasida norozilikka sabab boʻldi, [[Yevropa Ittifoqi|Yevropa Hamkorligi]]ga nisbatan qarashlari esa uning mahkamasi tomonidan xush qarshilanmadi. Natijada 1990-yil noyabrida Thatcher isteʼfoga chiqdi va umrining oxirigacha [[baron]]essa unvonida va [[Lordlar uyi]]da qoldi.
 
Margaret Thatcher 2013-yil 8-aprelida [[insult]]dan vafot etdi.<ref>{{cite web |url= http://www.bbc.co.uk/news/uk-politics-22067155 |title=BBC News - Ex-Prime Minister Baroness Thatcher dies |date=8 April 2013|work=bbc.co.uk |year=2013 [last update] |accessdate=8 April 2013}}</ref>
== Manbalar ==
{{Reflist}}
 
== Havolalar ==
* [http://www.margaretthatcher.org/ Margaret Thatcher Foundation] {{ref-en}}
{{commonscat}}
{{bio-stub}}