Katmandu: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-Aprel 2013, 18:19 dagi koʻrinishi

Katmandu — Nepal poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazi. Baghmati daryosi sohilida, 1360 m balandlikda joylashgan. Iklimi mussonli, tropik togʻ iklimi, iyulning oʻrtacha t-rasi 24,5°, yanv.niki 18,3°. Yillik yogʻin 1400 mm. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Aholisi shahar atrofi b-n 420 ming kishidan ziyod (1990-y.lar oʻrtalari).

K.ga 724 y.da asos solingan, dastlab Kantipur deb atalgan. K. nomi 16-a. oxirida qurilgan Kastamandap ibodatxonasi nomidan olingan. K. 12—18-a. oʻrtalarigacha hoz. Nepal xududida mavjud boʻlgan turli knyazliklarning poytaxti boʻlib keldi. 1769 y.dan Nepal davlatining poytaxti.

K. — transport yoʻllarining muhim tuguni. Havo yoʻllari orqali Nepalning boshqa shaharlari, shuningdek, Hindiston, Bangladesh, Myanma, Tailand b-n bogʻlangan. Yengil va oziqovqat sanoatlari rivojlangan. Q. x. mahsulotlarini qayta ishlovchi korxona koʻp, hunarmandchilik korxonalari va ustaxonalar ham bor. Badiiy oʻymakorlik va zargarlik buyumlari tayyorlanadi. Toʻqimachilik, koʻn poyabzal, remont-mexanika, kulolchilik korxonalari, gʻishtcherepitsa z-di va b. mavjud. Un-t, kollejlar, Qirollik akademiyasi, Milliy, Markaziy kutubxonalar, Milliy teatr va muzey, gospital va b. bor.

K. — Buddizm dini markazlaridan. Meʼmoriy yodgorliklari: Katx Mandir (Kastamandap) pagodasi (1596), saroy va ibodatxonalar majmui (15—18-a.lar), saroy (20-a.), Bhismena minorasi (1834) va b. Shahar yaqinida Bodxnatx stupasi va Svayambxunatx meʼmoriy-skulptura majmuasi (mil. av. 3-a.), Pashupatinatx ibodatxona majmuasi (13-a.) saqlangan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil