Kaʼba: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 75 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q29466 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
'''Kaʼba''' ({{lang-ar|الكعبة}} al-Kaʿbah) - [[kub]] shaklidagi bino boʻlib, [[Saudiya Arabistoni]]ning [[Makka]] [[shahar|shahridagi]] [[Masjid al-Haram]] [[masjid]]ining ichida joylashgan. Masjid dastlabki Kaʼba atrofida bunyod etilgan. Kaʼba [[Islom]] olamida eng [[muqaddas]] joy hisoblanadi. [[Qibla]], [[Musulmon]]lar [[namoz]] vaqtida yuzlanadigan joy Kaʼbadir. Musulmonlar tarafidan amalga oshiriladigan [[Haj]] va [[Umra]] Kaʼba atrofida amalga oshiriladi. Masjid Al Xaram masjidining maydoni Kaaba bilan qo`shib hisoblanganda 193 000 kv.m tashkil qiladi. Masjid bir vaqtning o`zida 130 000 ming musulmonni o`z bag'riga sig'dira oladi. Hadj ibodati mavsumining odamlar to`planib yuradigan vaqtida bir necha bor ko`ngilsizliklar yuz bergan. Vaqt o`tishi bilan ziyorat amallari kuchli tartib ostida qilinmoqda. Ka'baning bir burchagidan Qora tosh joy olgan. Haj amallari paytida Kaabaning atrofida [[Tavof]] amali bajariladi. Ka'ba butun dunyo musulmonlari uchun namoz vaqtida [[Qibla]] vazifasini o`taydi. Ka'ba 5 martadan 12 martagacha rekonstruksiya qilingan. Musulmon rivoyatlarida keltirilishicha [[Ka'ba]] [[Odam Alayhissalom]] tomonidan qurilgani aytiladi. Qur'onda keltirilishicha esa Ka'baga [[Ibrohim Alayhissalom]] asos solganlar. Qur'onda aytilishicha Ka'ba insoniyat tomonidan [[Alloh]] ga ibodat qilish uchun bunyod etilgan birinchi inshootdir. Ka'baga [[Bani Shayba]] oilasi vakillari egalik qiladi va shu bilan birga barcha Ka'ba kalitlari ularda saqlanadi.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Kaʼba''' (arab. — kub) — islom dinining eng muqaddas ibodatxonasi, musulmonlarning bosh sajdagohi. Saudiya Arabistonining Makka sh.da. Baytul harom (Muqaddas uy), Baytulloh (Alloqning uyi) deb ham yuritiladi. Uni ziyorat qilish — haj va umraning asosiy amallaridan biri.
 
K. Harom masjidi (q. [[al-Masjid al-Harom]])ning markazida joylashgan, bal. 15 m va poydevori 12x10 m oʻlchamda toshdan qurilgan bino; meʼmoriy yodgorlik. K. burchaklari taxm. dunyo tomonlari yoʻnalishida joylashgan. Sharqiy burchagi asvod rukni ("qora burchak") yoki oddiy rukn deb ataladi. Unga yerdan taxm. 1,5 m balandda tokcha qilinib, "qora tosh" (arabcha "hajar al-asvod") joylangan. U K.dagi asosiy tavof qilinadigan narsa, yer yuzidagi odamlarga Alloh tomonidan yuborilgan, Alloh qudratining belgisi hisoblanadi. Hoz. vaktda u bir-biriga qoʻshilib ketgan qora-qizgʻish tusdagi uch sinikdan iborat; meteorit degan taxmin bor. Shim. burchagi Iroq burchagi, gʻarb burchagi — Suriya burchagi, jan. burchagi esa — Yaman burchagi deb ataladi. K.ga qora mato (kisva) qoplab qoʻyiladi, matoga oltin va kumush harflarda xrshiya qilib K. va hajga taallukli oyatlar yozilgan. Shim.-sharqiy devorda 2 m cha balandlikda oʻyma naqsh b-n bezatilgan kumush zanjirli eshik bor. K.ga chiqiladigan gʻildirakli zinapoya oʻyma naqsh b-n, kumush qoplab jozibador bezatilgan. K. ichkarisida uchta ustun boʻlib, koʻpdan koʻp chiroq osilgan, sovgʻa qilingan Qurʼon nusxalari saqlanadi. Shim.gʻarbiy devorning tomidan tilla suvi yugurtirilgan tarnov koʻrinib turadi, u almizob yoki mizob ar-rahma deb ataladi. Shu tarnov b-n gʻarbiy burchak oraligʻi qibla hisoblanadi. K.ni tosh yotqizilgan yoʻlka oʻrab turadi. Bu yoʻlkadan ziyoratchilar yurib aylanib oʻtishadi (tavof qilishadi). Eshik roʻparasida Ibrohim maqomi bor, u tosh inshoot boʻlib, K.ni tiklayotganda Ibrohim (as) shu toshda turgan deydilar. Toshda odam izlari koʻrinadi. "Qora tosh" yaqinida muqaddas Zamzam bulogʻi bor.
 
K. islomdan ilgari ham arab qabilalarining muqaddas ibodatxonasi hisoblangan, unda qabila xudolarining 360 sanami saqlangan. Har yili arab qabilalari K.ga haj qilishga kelib turganlar. Haj qilish odati keyinchalik islomga ham oʻtgan.
 
K. ibodatxonasining qurilishi haqida turli rivoyatlar bor. Aytishlaricha, Odamato Baytullohni bunyod etgan, keyin uning oʻgʻli Shis qurgan. Toʻfon paytida K. havoga koʻtarib qoʻyilgan. Keyin yana buzilgan. Ibrohim (as) Makkaga oʻz oʻgʻli Ismoilni olib kelganda Alloh unga K. poydevorini tiklashni buyurgan. Ibrohim Alloh amrini bajargan va Allohga sigʻinuvchi barcha odamlarga uni ziyorat qilishni vasiyat etgan. K.ga keyin Makkaning jurhum, xuza, quraysh qabilalari navbatma-navbat qarab turishgan. K. bir necha bor sel va toshqinlardan zarar koʻrgan. Rivoyat qilishlaricha, Muhammad (sav) bu yerda taʼmirlash ishlarida qatnashgan va oʻsha vaqtda birinchi bor unga vahiy kelgan.
 
K. Yasrib (Madina)da qibla deb eʼlon qilingach (bungacha Quddusga qarab ibodat qilinar edi), uning ahamiyati juda oshib ketdi. K. islomning din sifatida shakllanishida katta rol oʻynadi. K.ni dinsizlardan ozod qilish va uni sanamlardan tozalash Muhammadning zimmasiga tushdi, ungacha bu vazifani Ibrohim (as) bajargan edi. Muhammad boshchiligidagi musulmonlar 629 y. Makkaga kichik haj qilishdi, 630 y. Makkani egallashdi va K. atrofidagi sanamlar, uning ichidagi Xubal deb atalgan butni, yozuvlarni yoʻq qilishdi. Shu yili Abu Bakr (ra) rahbarligida birinchi haqiqiy musulmon haji ado etildi. Butparastlarga haj qilish man etildi. 631 y. Muhammad oxirgi marta haj ziyoratchilariga boshchilik qildi.
 
Xalifa Umar (ra) davrida K. yonidagi uylar buzib tashlandi va uning atrofida Harom masjidi qurildi. 683 y. K.ni umaviy qoʻshinlari oʻqqa tutdi. Keyin u kayta tiklanib, kengaytirildi. 929 y. Makkani qarmatlar bosib oldi va "qora tosh"ni olib ketishdi. Oradan 20 y. oʻtgach, bu toshni qaytarib olishga muvaffaq boʻlindi. Asta-sekin K. tevaragida turli inshootlar, jumladan, asosiy musulmon mazhablarining minbarlari tiklandi. Ular saudiy hukmdorlar 20-a.ning 50—60-y.larida olib borgan katta taʼmirlash vaqtida olib tashlandi. 1980 y. Makkadagi masjid va K.ni bir guruh ekstremist isyonchilar bosib oldi. 2 haftadan soʻng masjid tozalanib, isyonchilar tor-mor qilindi.
 
K. butun dunyo musulmonlarining eng muhim markazi va birligi ramzi boʻlib keldi, hozir ham shunday boʻlib turibdi. Islom dinidagi barcha oqimlar uning muqaddasligi va alohida rolini tan oladilar. Har yili dunyoning hamma chekkalaridan musulmonlar haj ibodatini ado etish uchun bu yerga keladilar.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
Bunday huquqga egalik qilish ularga [[Muhammad Payga'ambar]] dan merosdir. Ka'bani [[tahorat]] qilish marosimi yiliga
ikki marotaba amalaga oshiriladi: tahminan muqaddas [[Ramazon]] oyi va Haj mavsumiga ikki hafta qolganida
 
{{islam-stub}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}