Komediya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 74 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q40831 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
'''Komediya''' ([[yunon tili|yun.]] κωμωδία, κῶμος - [[Dionis]] sharafiga bayram va ἀοιδή - "ashula", "qoʻshiq") [[sanʼat]] [[janr]]i boʻlib, undagi asarlarda [[mutoyiba]] va [[satira]] unsurlari keng ishlatiladi.
== Shuningdek qarang ==
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Komediya''' (yun. komodia — xushchaqchaq olomon) — hodisa, voqea va xususiyatlar kulgili koʻrsatilgan drama turi. K.da ijtimoiy hayotdagi nuqsonlar, kishilarning ongi va harakteridagi yaramas xususiyatlar kulgi vositasi bilan tanqid etiladi, jamiyat hayotidagi eskirib qolgan hodisalarga zarba beriladi. Hayotning rivojlanish qonuni oldida umri tugagan narsalar, sarqitlar kulgili ahvolga tushib qoladi. Boʻlarni qalamga olish orqali K. yara-tiladi.
 
K. Yunonistonda xudo Dionis sharafiga oʻtkazilgan xalq bayramlarida paydo boʻlgan. Yorqin siyosiy K.lar yaratgan Aristofan (mil. av. 5—4-a.lar) K.ning "otasi" hisoblanadi. Kds. Rimda (mil. av. 3—2-a.lar) Plavt va Terensiy atokli K.chilar boʻlishgan. Uygʻonish davri Yevropa adabiyotida V.Shekspir va B.Jonson (Angliya), Lope de Vega (Ispaniya) K.lari katta oʻrin tutadi. 17—18-a.larda K.da realistik mayllarning kuchayishida J.B.Molyer va P.Bomarshe (Fransiya), K.Goldoni (Italiya), G.Lessing (Germaniya), R.Sheridan (Angliya) ijodi qoʻl keldi. K.ning 19—20-a.lardagi rivoji B.Shou, B.Brext, Sh.O’Keysi, B.Nushich, J.Anut, N.Gogol va b. ijodi bilan bogʻliq.
 
Oʻzbek adabiyotida Yevropa adabiyoti andozasidagi K.lar 20-a.da paydo boʻldi. Bu janr taraqqiyotiga -Hamza ("Maysaraning ishi"), Abdulla Qahhor ("Tobutdan tovush"), Sayd Ahmad ("Kelinlar qoʻzgʻoloni"), Erkin Voqidov ("Oltin devor"), Hamid Gʻulom ("Toshbolta oshiq"), Bahrom Rahmonov ("Surmaxon"), Sharof Boshbekov ("Temir xotin") va b. munosib hissa qoʻshdilar.
 
K.ning har xil turlari bor. Voqealar chalkashligi tufayli tomoshabinda kulgi tugʻdiradigan (V. Shekspirning "Xatolar komediyasi"), qahramonlar kulgili holatlarga tushgan (Hamza, "Maysaraning ishi"), kishilar harakteridagi bemaʼni xususiyatlar kulgili qilib koʻrsatilgan (Molyer, "Tartyuf"; A.Qaxlor, "Ayajonlarim"; E.Vohidov, "Oltin devor") K.lar mavjud. Shuningdek, K.lar kulgining tavsifiga koʻra, satirik (voqelik, shaxslar satira qamchisi ostida gʻazabnafrat uygʻotadigan, zaharxandali qilib ifodalangan — N.Gogol, "Revizor", A.Qahhor, "Tobutdan tovush"), yumoristik K. (voqelik, shaxslarning ayrim jihatlari beozor kulgi tugʻdiradigan K.— Gotssi, "Malikai Turandot", Sayd Ahmad, "Kelinlar qoʻzgʻoloni", Hamid Gʻulom, "Toshbolta oshiq") va tragikomediya (tragik va komik holatlar mujassamlashgan — R.Muhammadjonov, "Suyunchi" filmi) turlariga boʻlinadi. 20-a.
 
da K.ning tragikomediya (L.Pirandello, J.Anuy), tragifars (E.Ionesko) janr shakllari maydonga keldi.
 
== Adabiyot ==
* Fe d N . B ., Iskusstvo komedii, ili Mir skvoz smex, M, 1978.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
* [[Tragediya]]
* [[Drama]]
Qator 7 ⟶ 23:
 
<!-- interwiki -->
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}