Kontinental iqlim: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

10-Aprel 2013, 16:10 dagi koʻrinishi

Kontinental iqlim - katta kurukliklarning atmosferaga taʼsiri ostida shakllanadigan iqlim. Bunda yillik va sutkalik t-ra amplitudalari katta boʻladi, havo kechasi salqin, kundoʻzi issiq keladi, yogʻingarchilik kam boʻlib, u yildan bu yilga oʻzgarib turadi. K.i. dengiz iqlimining aksidir. Oʻzbekiston okean va ochiq dengizlardan minglab km uzoqda, eng katta Yevrosiyo materigining markazida boʻlganidan tipik kontinental iqlimli oʻlkadir. Oʻzbekiston va butun Oʻrta Osiyo iqlimining asosiy xususiyatlari shundaki, bu yerlarda yoz issiq va seroftob, qish shu kengliklar uchun ancha sovuq, sutka va yil davomida t-ra keskin oʻzgarib turadi, yogʻin kam va havo quruq boʻladi. Yanvar bilan iyulning oʻrtacha t-ralari orasidagi farq Toshkentda 27,6°, Qarshida 29°, Nukusda 33°. Holbuki, Londonda bu farq 12° ga teng . Absolyut amplituda, yaʼni qachonlardir boʻlib oʻtgan eng sovuq t-ra bilan eng issiq t-ra orasidagi farq Toshkentda 73°, Qarshida 76°, Nukusda 78,8°. Oʻrtacha sutkalik amplituda Oʻrta Osiyoda 15—20°. Ayrim yil va kunlarda t-ra amplitudalari bu raqamlardan ancha katta boʻlishi mumkin. Baʼzan togʻ orasidagi vodiylarda sutkalik amplituda 30—35° ga yetadi.

Oʻrta Osiyo bilan bir xil kengliklarda joylashgan K.i.li boʻlmagan hamma yerlarda yiliga 400—600 mm yogʻin yogʻadi, holbuki oʻlkamiz tekisliklarida iqlim kontinentalligi tufayli atigi 100—200 mm yogʻin yogʻadi. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil