Konyak: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

10-Aprel 2013, 16:22 dagi koʻrinishi

Konyak (Fransiyadagi Konyak sh. nomidan) — oq uzumdan olingan konyak spirtidan tayyorlanadigan ichimlik. Olingan 65—70% li spirt eman (dub) bochkalarda saqlanadi. Bochka taxtachalarining orasidan kirgan kislorod hisobiga yangi K. spirti oksidlanadi va hosil boʻlgan uchuvchan organik kislotalar, emanning oʻziga xos hidli moddalari unga sargʻish rang va K. boʻyini beradi. Tayyorlanish texnologiyasiga koʻra, oddiy (3—5 yillik spirtdan), markali va kolleksion turlarga boʻlinadi (markali K. 6 y.dan 50 y.gacha saqlangan K. spirtidan tayyorlanadi). Oʻtkir K. spirtidan 40—41° li K. tayyorlash uchun unga distillangan suv qoʻshiladi. K. spirti 3, 4, 5 y. saqlansa va spirt hajmi 41% boʻlsa, shishadagi yorlikda ham 3, 4, 5 yulduz surati koʻrsatiladi. Saqlash muddati 6—7 yil, spirt hajmi 42% boʻlsa uzoq saqlangan oliy sifatli K., 10 yildan oshiq saqlangani eski K. deyiladi va shisha yorligʻiga saqlangan muddatlarini koʻrsatuvchi maxsus belgilar qoʻyiladi. K. ishlab chiqarish Fransiyadagi Konyak sh.da keng rivojlangani uchun bu ichimlik shu shahar nomi bilan atalgan. Oʻzbekistonda Yangiyoʻl va Samarqand vinochilik korxonalarida "Oʻzbekiston", "Shodlik", "Anhor", "Samarqand", "Afrosiyob" va b. markali K.lar yuqori sifatli hisoblanadi. 2000 y.da Oʻzbekistonda 131 ming dal K. ishlab chiqarildi.

Olimjon Alimov.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil