Kort: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

10-Aprel 2013, 16:56 dagi koʻrinishi

Kort (ing . court — hovli) — tennis oʻynaladigan maydon. Yakkalik oʻyinlar uchun K.ning oʻlchami 23,77 x 8,23 (juftliklar uchun 23,77x10,97) m boʻlib, koʻndalang chizigʻi oʻrtasiga metall chilvir yordamida toʻr tortiladi. Toʻrning maydon oʻrtasidagi bal. 0,914 m, chekka ustunlari oldidagi bal. 1,07 m. Markaziy chizikdan 6,4 m uzoqlikda uzatish chizigʻi chegarasi oʻtkaziladi va bu may-donchalar teng 2 ga boʻlinadi. Chiziklarning kengligi 5 sm. K.ning orqa chizigʻidan 6,4 m gacha, yon chizigʻidan 3,7 m gacha oʻyin maydoni boʻlishi lozim. Koptok ketib qolmasligi uchun maydon toʻr bilan oʻraladi. K.lar qumli, maysali, qattiq va sintetik qoplamali boʻlishi mumkin. Dastlabki K. Fransiya qiroli Genrix VIII farmoniga asosan, 1529 y.da Parijda bunyod etilgan. Toshkentda ilk K. 1903 y.da qurilgan. Hoz. kunda Oʻzbekistonda 530 ta kort bor (2002). Toshkent sh.dagi "Yunusobod", "Dinamo" va viloyatlar markazlaridagi K.lar jahon andozalariga javob beradi. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil