Kostroma: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

10-Aprel 2013, 17:17 dagi koʻrinishi

Kostroma — RF Kostroma viloyatidagi daryo. Volga daryosining chap irmogʻi. Oʻz. 354 km, havzasining mayd. 16 ming km2. Galich qirlaridan boshlanadi. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi Buy sh. yaqinida (quyilish joyidan 124 km) 71 m3/sek, eng koʻp suv sarfi 1620 m3/sek. Noyab.da muzlab, apr.— mayda moʻzdan boʻshaydi. Buy sh.dan quyilish joyigacha kema qatnaydi. K.da yogʻoch oqiziladi. K. boʻyida Soligalich sh. joylashgan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil