Krass Mark Litsiniy: Versiyalar orasidagi farq

Miloddan avvalgi 70 va 55-yillarda Rim konsuli
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

10-Aprel 2013, 17:41 dagi koʻrinishi

KRASS (Crassus) Mark Litsiniy (mil. av. taxm. 115, Rim — mil. av. 53.6.5, Kar-ri) — Rim sarkardasi. Sulla tarafdori. Proskripsiyalar natijasida nihoyatda boyib ketgan va Rimdagi eng badavlat shaxsga aylangan. Bu boylikdan siyosiy maqsadlarda ustamonlik bilan foydalangan. 70 va 55 y.larda konsul etib saylangan. K. Sezar va Pompey bilan birga 1-triumviratta kirgan (60). Bu uchlik davlatni amalda egallab olgan. Spartak qoʻzgʻolonini bostirgan (71). K. 55 y. Suriya viloyatini 5 yilga boshqarish huquqini olgan. Parfyanlar bilan boʻlgan Karri jangida magʻlubiyatga uchrab halok boʻlgan. K. tarjimai holi Plutarx tomonidan bayon etilgan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil