Kserks I: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

10-Aprel 2013, 18:10 dagi koʻrinishi

Kserks I (qad. forscha Xshayarshan) (?— mil.av.465) — axomaniylar sulolasiga mansub qad. Eron shohi (486—465). Doro I va Kir //ning qizi Atossaning oʻgʻli. Axomaniylarga tobe misrliklar qoʻzgʻoloni (486—484)ni bostirgan. 482 y. bobilliklar qoʻzgʻolon koʻtargach, Bobilni vayron qilgan, Bobil shohi degan unvondan voz kechish bilan rasman va amalda Bobil davlatini yoʻq qilib, uni oddiy bir satrapiyata aylantirgan. 480 y. Yunonistonga yurish qilgan. Ammo 479y. forslar floti ham, quruqlikdagi qoʻshini ham tor-mor keltirilgan. Bu magʻlubiyatlar Axomaniylar davlati tanazzuli jarayonini kuchaytirgan. K. mamlakat yaxlitligini saqlab qolish maqsadida diniy islohot oʻtkazgan — mahalliy urugʻ-qabila maʼbudlariga sigʻinishni taqiqlab, Axuramazdaga topinishni joriy etgan. U saroy ahli uyushtirgan fitnada oʻldirilgan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil