Kursiy Ruf: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

10-Aprel 2013, 19:21 dagi koʻrinishi

Kursiy ruf, Kvint (mil. 1-2a.) — qad. Rim tarixchisi va ritor (notiqlik sanʼatini oʻrgatuvchi muallim). K.ning qachon tugʻilgan va vafot etgani nomaʼlum. Asarlarining tiliga qarab, tarixchilar K.ni Klavdiy yoki Avgust hukmronligi davrida yashagan deb taxmin qiladilar. K. makedoniyalik Aleksandr va uning harbiy yurishlariga bagʻishlangan, harbiy texnika tarixi nuqtai nazaridan tarixiy ahamiyatga ega 10 ta kitobdan iborat "Buyuk Aleksandrning tarixi" nomli katta asar (taxm. mil. 50 y. yoxud 2-a. oʻrtasi)ning muallifi. Uning 8 ta kitobi saqlangan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil