Kuchala: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

10-Aprel 2013, 19:24 dagi koʻrinishi

Kuchala, chayonoʻt (Arum korolkovii Rgl.) — 1) kuchaladoshlar oilasiga mansub tuguvaqli, koʻp yillik, zaharli oʻt. Boʻyi 40—50 sm. Bargi shapaloq, uzun bandli. Barg bandining ostki qismi qin hosil qilib, poyani oʻraydi. Gullari ayrim jinsli, toʻpguli soʻtasimon. Yuqori qismida changchi, quyida esa urugʻchi gullar joylashgan. Toshkent, Fargʻona va Samarqand viloyatlarining togʻ urmonlaridagi zax yerdarda oʻsadi. May oyida gullaydi, urugʻi iyunda pishadi. Tuguvagida saponin, kraxmal, mevasida karotinoid, likopin bor. Tugunagidan tayyorlangan tolqon xalq tabobatida ilon va chayon chaqqanda, kunjut moyiga qorilgan tolqonidan pishirilgan non bavosirni, asalga qorilgan K. tolqoni esa pesni davolashda qoʻllanadi. Yanchilgan tugunagini unga qorib sichqon, kalamush va b. kemiruvchilarni zaharlaydigan xoʻrak tayyorlanadi; 2) koʻpchilik daraxt oʻsimliklar (qayin, terak, tol) ning shingilsimon toʻpguli; gullaganidan (urugʻchi K.) yoki urugʻlaganidan keyin (changchi K.) yaxlit toʻkiladi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil