Leipzig: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 103 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q2079 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 56:
| sayt tili = de
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Leypsig''' — Germaniyadagi shahar, Saksoniya yerida. Playse daryosining Vayse-Elster daryosiga quyilish yerida joylashgan. Mamlakatning muhim sanoat, savdo, ilmiy va madaniy markazlaridan. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 490 ming kishi (1999). Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 1015 y.da tilga olingan. L. oʻrnida qadimda slavyanlarningLipsk qishlogʻi boʻlgan. 12-a.dan shahar huquqini olgan. Oʻrta asrlarda Saksoniyaning eng yirik shaharlaridan biri edi. Shahar atrofida koʻp tarixiy janglar boʻlib oʻtgan. 2-jahon urushi davrida shahar katta talofot koʻrgan. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik. Metallurgiya va kon uskunalari, yuk ortish va transport vositalari z-di, q.x. va toʻqimachilik mashinasozligi, stanoksozlik, oziq-ovqat va poligrafiya sanoati uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Plastmassa, rezina buyumlar, lok-boʻyoq ishlab chiqariladi. Gilam toʻqiladi. L. poligrafiya va moʻyna sanoati bilan ham mashhur. Qadimdan nashriyotchilik ishlarining yirik markazi. Har yili xalqaro savdo yarmarkalari, qisqa metrajli va hujjatli filmlar kinofestivallari, moʻyna auksionlari oʻtkaziladi. Un-t (1409), musiqa, teatr, adabiyot, kitob grafikasi va sanʼati, jismoniy tarbiya, ped. va b. oliy oʻquv yurtlari, kutubxonalar, tasviriy sanʼat, shahar tarixi, etnografiya, badiiy hunarmandchilik, kitob va shrift muzeylari, opera va drama teatrlari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan cherkovlar (13—16-a.lar), eski ratusha (16-a.), un-t binosi, opera teatri binosi, Yarmarkalar uyi, "Shtadt Leypsig" mehmonxonasi va b. mavjud.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Leipzig''' [[Olmoniya]]ning [[Saksoniya]] [[Olmoniya yerlari|yerida]] joylashgan shahardir. Maydoni – 297,60 km<sup>2</sup>. Aholisi – 522 883 kishi (2010).
 
Qator 64 ⟶ 69:
 
[[Turkum:Olmoniya shaharlari]]
 
{{OʻzME}}