Gruziya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Akbarskiy (munozara | hissa)
Qator 100:
Mil. av. 2 — 1-ming yillikda tilla, [[kumush]], jezdan bezak buyumlari (zargarlik, rangdor toshlar, metall, tosh oʻymakorligi), sirkor, naqshli sopol idishlar ishlangan (Trialeti qoʻrgʻonlari, Samtavro mozori va Msxetadan topilgan buyumlar). Oʻrta asrlarda ehromlarga boʻrtma haykallar va oʻyma naqshlar ishlash rivojlangan, monumental rassomlik, miniatyura avj olgan (Jvari relyeflari, Sromi mozaikalari, 7-asr). 10 — 13-asrlar Gurjiston sanʼati gullagan davr boʻldi: Kumurdo va Oshki ehromlari, Svetitsxoveli sobori (Msxeta), Ateni, Vardzia, Svanetiya cherkovlaridagi devor rasmlari (rassom Tevdore), Gelat monastiri asosiy ehromining mozaikalari, astronomiya risolasi (1188) va boshqa jozibadorligi bilan diqqatni tortadi. Metall kandakorligi Gurjiston sanʼatining muhim tarmogʻi: Zarzmadagi „Tirilish“ (9-asr), „Mehr“ (11-asr) ikonalari, Brili (ustasi Asat), Bretidagi oltin butlar va boshqalar.
 
19-asrdan rus sanʼatining taʼsiri kuchaydi. 19-asr 2-yarmi va 20-asr boshlarida baʼzi rassomlar ijodida demokratik-realistik yoʻnalish muhim oʻrin oldi, portret sanʼati rivojlandi (G. I. Maysuradze va b.) va maishiy mavzuga eʼtibor kuchaydi: R. N. Gvelesiani, A. L. Beridze, A. I. Gogiashvili, G. I. Gabashvili, A. I. Mrevlishvili, M. I. Toidze va boshqalar. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida hozirgi zamon Gurjiston haykaltaroshligining asoschisi Ya. Sh. Nikoladze va rassom N. Pirosmanishvili ijod qildi. Tbilisida tashkil etilgan Badiiy akademiya (1922) Gurjiston tasviriy sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshdi. 1950—60 yillarda shu akademiyani bitirib chiqqan rassomlar E. Kalandadze, G. Kutateladze, K. Maharadze, J. Nijaradze, R. TarxanMouravi, J. Xundadze, N. Ignatov, T. Tordiya hamda sanʼatkorlardan A. G. Simakuridze, V. V. Sidamon-Eristavi, D. N. Kakabadze, ayol rassomlardan Ye. D. Axvlediani, K. K. Manalashvili, haykaltaroshlardan N. P. Kandelaki, S. Ya. Kakabadze, teatr rassomlaridan I. I. Gamrekoli, S. B. Birsaladze va b. ijodi diqqatga sazovor. 1950 — 60 yillarda Gurjiston rassomlarining yangi avlodi yetishdi: G. D. Gelovani, E. A. Totibadze va b; A. M. Bandzeladze, T. L. Kubaneyshvili va boshqa grafikada, E. D. Amashukeli, M. I. Vardzenishvili, D. Mikatadze va b. haykaltaroshlikda, I. A. Ochiauri, G. 3. Gabashvili, K. Ye. Guruli va boshqa metall oʻymakorligida ijod qildilar. Zurab Seretelining monumental asarlari Gurjistondagina emas, [[AQSh]] ([[Nyu-YorkdYork]]agidagi [[BMT]] binosi yonida), [[Rossiya]], [[Braziliya]], [[Yaponiya]], [[Angliya]] va boshqa mamlakatlarda ham oʻrnatilgan .
 
Musiqasiga oid dastlabki maʼlumot mil. av. 8-asrdan boshlanadi. Xalq musiqasi xilma-xil shakl, uslub va janrlarda, bir ovozli kuylar bilan birga koʻp ovozli yoʻllari ham mavjud. Kartuli, perxuli, xorumi kabi xalq raqslari, chonguri, panduri, changi (chertma-torli), chuniri (torli-kamonli), salamuri (naysimon), gudastviri (damli), doli, dayra (urma) singari xalq sozlari qadimdan maʼlum.