Muloqot.Uz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Infobox Vebsayt
'''Muloqot.Uz''' — Oʻzbekcha ijtimoiy tarmoqdir. Simple Networking Solutions kompaniyasi ishlab chiqqan.<ref>{{cite news|title=Muloqot.Uz ишлаб чиқувчиси янги лойиҳани ишга туширди|url=http://kun.uz/2013/01/03/daryo/|accessdate=15 April 2013|newspaper=Kun|date=03 January 2013}}</ref>
| websitename=Muloqot.Uz
| logo = [[Tasvir:Muloqot logo.png|150px]]
| url = [http://muloqot.uz muloqot.uz]
| screenshot = [[Tasvir:Muloqot_screenshot.png|270px]]
| commercial =
| type = [[Ijtimoiy tarmoq(Internet)|Ijtimoiy tarmoq]]
| reg = Majburiy
| owner = [[Farhod Fayzullaev]]
| author = [[“Simple Networking Solutions” MChJ]]
| date_of_launch = [[2011|2011-yil]] [[avgust]]
| current_status = Faol
| net_in =
}}
'''Muloqot.Uz''' - Oʻzbekcha ijtimoiy tarmoqdir. Simple Networking Solutions kompaniyasi ishlab chiqqan.
===“Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘i bayonoti===
“Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘i millati, diniy e’tiqodi, jinsi va ijtimoiy holatidan qat’i nazar, fuqarolik jamiyati rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shish niyatida bo‘lgan sog‘lom va mustaqil fikrlovchi hamda mas’uliyatli kishilarni birlashtiradi.
“Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘i umuminsoniy qadriyatlar va milliy an’analar, tenglik va bag‘rikenglik tamoyillarini tan oladi va qo‘llab-quvvatlagani holda har qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonlik hamda tahqirlashga qarshi chiqadi.
“Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘i shaxsning har tomonlama rivojlanishi g‘oyalarini amalga oshirish maqsadida yoshlarning ma’naviy va jismoniy barkamolligi, yoshlar orasida oliy qadriyatlarni shakllantirish, yoshlarning zamonaviy bilimlar va texnika taraqqiyoti yutuqlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari uchun qiziqish uyg‘otish maqsadida zarur sharoitlarni yaratib beradi.
“Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘ida a’zo nafaqat muloqotga kirishish imkoniyati mavjud, shu bilan birga turli sohalardagi o‘z ijod namunalari, tajribasi, bilim va g‘oyalarini hammaslaklarning ko‘pming kishilik auditoriyasi bilan baham ko‘rishi mumkin.
“Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘ining barcha a’zolari — bir-biri bilan ochiq muloqot qiladigan hayotda bor shaxslardir. Bizda anonimlarga o‘rin yo‘q, ammo har bir a’zoning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligi saqlanishiga kafolat beriladi.
===Muloqot.Uz egasi va ishlab chiquvchisi haqida===
“Simple Networking Solutions” MChJ Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i egasi va ishlab chiquvchisi hisoblanadi. “Muloqot.Uz” nomi va “Muloqot.Uz” tasviriy beligisiga (logotipi) tegishli barcha huquqlar, muloqot.uz va mqt.uz domenlari, “Muloqot.Uz” dasturiy kodi va “Muloqot.Uz” dasturiy kodi saqlanadigan serverlar “Simple Networking Solutions” MChJga tegishli.
Muloqot.Uz O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan ommaviy axborot vositasi (OAV) sifatida ro‘yxatga olingan (Guvohnoma raqami: 0676, berilgan vaqti: 20.06.2011).
“Simple Networking Solutions” MChJ o‘zbekistonlik va xorijiy mualliflarning musiqiy asarlarini jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha “O‘zbeksiton mualliflar va ijrochilar gildiyasi” JT bilan bitimga ega. Agar siz huquq egasi hisoblansangiz va sizda taklif yoki e’tiroz bo‘lsa, iltimos, aloqa formasi orqali biz bilan bog‘laning.
===Texnik tafsilotlar===
“Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘i serverlari “O‘zbektelekom” AKning “Biznesni rivojlantirish markazi” filiali ma’lumot markazida joylashgan. “Muloqot.Uz” fayllari TAS-IX tarmog‘ida joylashgani uchun ham sayt traffigi O‘zbekistonning ko‘plab internet-provayderlari (mobil aloqa operatorlaridan tashqari) uchun bepul hisoblanadi.
“Muloqot.Uz” a’zolarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligi hamda xavfsizligi “Simple Networking Solutions” MChJ uchun birinchi darajali vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda “Muloqot.Uz” a’zolarning parol va mobil telefon raqamlarini shifrlaydi. Yaqin vaqt ichida SSL-bog‘lanishni joriy etish va EV SSL-sertifikatni qo‘lga kiritish rejalashtirilgan.
 
== Manbalar ==