Lissabon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

15-Aprel 2013, 17:41 dagi koʻrinishi

Lissabon — Portugaliya poytaxti. Mamlakatning eng muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Eshtremadura tarixiy viloyati va Lissabon okrugining markazi. Atlantika okeani qirgʻogʻidan 15 km ichkarida. Teju daryosi estuariysi oʻng sohilidagi yirik port. Muxim t. y. tuguni. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 678 ming kishi (1990-y.lar oʻrtalari, shahar atrofi bilan 2,5 mln. kishi). Iklimi subtropik okean iqlimi, yillik oʻrtacha t-ra 16°. L. oʻrnida qadimda iberi qabilasining manzilgohi boʻlgan. Mil. av. 2-a.da L.ni rimliklar, 6-a.da vestgotlar, 8-a.da arablar bosib olganlar (L.ning arabcha nomi AlOshbuni yoki Lishbuna). 1147 y.dan Portugaliya qirolligi tarkibida. 1255—56 y.lardan mamlakat poytaxti, 1581 — 1640 y.larda Ispaniya hukmronligi ostida boʻlgan. 1640 y.da Portugaliya mustaqilligi uchun boʻlgan qoʻzgʻolon markazi ga aylangan. 1755 y.dagi halokatli zilziladan soʻng shahar butunlay qayta qurilgan. 1807—08 y.larda L.ni Napoleon askarlari bosib olgan.

L. va shahar atrofida metallurgiya, mashinasozlik (kemasozlik va kema remonti, vagonsozlik, metall va elektrotexnika jihozlari i.ch. va b.), kimyo (jumladan, sintetik kauchuk va farmatsevtika mahsulotlari i.ch.) va metallsozlik, neftni qayta ishlash, oyna-shisha, chinni, yogʻochsozlik sanoatining koʻplab korxonalari mavjud. Xalq isteʼmoli tovarlari i. ch. bilan bogʻliq boʻlgan toʻqimachilik, tikuvchilik sanoatlari jadal rivojlandi. L.da yirik birlashmalarning boshqaruv organlari, savdo firmalari, yirik banklar, chet el kompaniyalari vakolatxo-nalari joylashgan.

L. xalqaro turizmning yirik markazlaridan. Balneologik kurort va dam olish zonalari va uning atrofida meʼmoriy yodgorliklari koʻp: San-Jorji qalʼasi (14-a.), Jeronium monastiri (1502—20), qirol saroyi (16-a.da tiklangan) va b.

L.da un-t, Katolik un-ti, FA, Harbin akademiya, Milliy musika akademiyasi, nafis sanʼat maktabi, i.t. muassasalari, muzeylar, teatrlar, kartinalar galereyasi, botanika bogʻi bor.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil