Said Ahmad: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Uzgen bot (munozara | hissa)
Uzgen bot (munozara | hissa)
k Robot: Automated text replacement %s
Qator 2:
Mashhur o'`zbek adibi Said Ahmad (Saidahmad Husanxo'`jaev) 1920 yilning 10 iyunida Toshkent shahrining “[[Samarqand darvoza]]” mahallasida tug'`ilgan.
 
Uning bolaligi Abdulla Qodiriy, Elbek, Oybek, G'`afur G'`ulom singari adiblar davrasida o'`tdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda ko'`p sohalarda o'`zini sinab ko'`rdi: agitplakatlar yozdi, artist bo'`lishga urinib ko'`rdi, doktorlik maktabida o'`qidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Rensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi.
 
U Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir muddat o'`qigach, 1941 yilda “[[Mushtum]]” jurnalida ishladi. 1942-1943 yillarda respublika radiosida, 1943-1947 yillarda “[[Qizil O'`zbekiston]]” gazetasida, 1948-1950 yillarda “[[Sharq yulduzi]]” jurnalida mehnat qildi. 50-yillar boshida millatchi sifatida bir necha yil qamalib ham chiqdi. Milliy istiqlol yo'`lidagi xizmatlari uchun Said Ahmad 1999 yilda O'`zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo'`lgan.
 
Said Ahmad hikoyanavis sifatida tanilgan. Uning “[[Cho'`l burguti]]”, “[[Lochin]]”, “[[Bo'`ston]]”, “[[To'`yboshi]]”, “[[Jimjitlik]]”, “[[Turnalar]]”, “[[Hayqiriq]]”, “[[Alla]]”, “[[Muhabbatning tug'`ilishi]]”, “[[Qorako'`z Majnun]]” singari o'`nlab hikoyalarida sadoqat, mehr, odamgarchilik, ishonch, e'tiqod singari ma'naviy qadriyatlar ta'sirchan aks ettirilgan. Adib hikoyalarida inson ruhiyati tovlanishlarini ko'`rsatishga katta e'tibor berganligi uchun ham bitganlari zavq bilan o'`qiladi va u prozaning shoiri hisoblanadi. Yozuvchi hajviy hikoyalar yaratish bo'`yicha Qahhor an'analarini davom ettirgan ijodkordir. Uning “[[Sobiq]]”, “[[Qoplon]]”, “[[O'`rik domla]]”, “[[Mening do'`stim Babbaev]]”, “[[Muzey]]”, “[[Bo'`ri ovi]]”, “[[Xandonpista]]” kabi ko'`plab hajviyalarida inson tabiatidagi qusurlar badiiy tadqiq etiladi. Said Ahmad hajviy so'`z jilolarini nozik payqaydi va undan mohirona foydalanadi.
 
Said Ahmad nasrning deyarli barcha janrlarida qalam tebratadi. Uning qishloq mavzusidagi “[[Qadrdon dalalar]]” (1949), “[[Hukm]]” (1958) qissalari, chalkash insoniy taqdirlar mahorat bilan aks ettirilgan “[[Qirq besh kun]]” (1974) “[[Hijron kunlari]]” (1964), “[[Ufq bo'`sag'`asida]]” (1969) romanlaridan iborat “[[Ufq]]” trilogiyasi, inson qismati turg'`unlik davri qabohatlari fonida tasvirlangan “[[Jimjitlik]]” (1988) romani, Bolalar hayoti ifodalangan “[[Sherzod va Gulshod]]” (1945), dunyoning etti burchiga yoyilgan “[[Kelinlar qo'`zg'`oloni]]” (1976), yolg'`iz mo'`ysafid ruhiy iztiroblari aks ettirilgan “[[Kuyov]]” (1986) singari sahna asarlari adibning katta ijodiy imkoniyatlaridan dalolatdir.
 
Qator 25:
 
Adabiyotlar.
Mirvaliev S. O'`zbek adiblari. –T.: “[[Yozuvchi]]”, 2000.
Karimov N.va boshqalar 20 asr o'`zbek adabiyoti tarixi.–T.:]]”[[O'`qituvchi]]”, 1999.
Q. Yo'`ldoshev va boshqalar Adabiyot (6-sinf). –T.: “[[O'`qituvchi “[[, 2000.
 
{{wikify}}[[Category:O`zbekiston: Shoir va Yozuvchilar]]