Kimyoviy bogʻ: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+internal links
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
Asosan, 2 xil boʻladi:
* '''Atom (kovalent) bogʻ''' — kimyoviy xossalari jihatidan bir-biriga oʻxshash yoki xossalari bir-biriga yaqin boʻlgan atomlar oʻrtasidagi bogʻ. Bu bogʻ har qaysi atomdan bittadan [[elektron]] oʻzaro taʼsir etib shu atomlarga tegishli birlashtiruvchi elektron juftligini hosil qilishi natijasida yuzaga keladi. Bu bogʻ oddiy moddalarning (H<sub>2</sub>, O<sub>2</sub> va b.), murakkab moddalarning (CH<sub>4</sub>, H<sub>2</sub>O, NH<sub>4</sub>Cl va b.) va organik birikmalarning molekulalariga xos. Kovalent bogʻlar 2 atom uchun umumiy boʻlgan elektronlarning 2 jufti bilan yuzaga kelsa — qoʻshaloq, 3 jufti bilan yuzaga kelsa — uchlik kovalent bogʻ deb ataladi; struktura formulalarda ular 2 ta yoki 3 ta chiziqcha bilan koʻrsatiladi. Masalan, H<sub>2</sub>C=CH<sub>2</sub> — etilen, HC≡CH — atsetilen, H—C≡N — vodorod sianid va hokazo.
* '''Ion (elektrovalent yoki geteropolyar) bogʻ''' — [[element]]larning atomlaridan biri elektron berib (yoʻqotib) musbat ionga aylanadi, ikkinchi element atomi esa bu elektronni qabul qilib, manfiy ionga aylanadi; soʻngra bu musbat va manfiy ionlar oʻzaro boglanib molekula hosil qiladi. Bunday molekulaning musbat va manfiy qutbi boʻlgani uchun u, geteropolyar yoki ion bogʻlanishli molekula deyiladi. Ion bogʻ xossalari bir-biridan katta farq qiladigan elementlar — asl metallar bilan metallmaslarning atomlari orasida (masalan, natriy xlorid NaCl yoki kalsiy ftorid CaF<sub>2</sub> molekulasida) yuzaga keladi. Mendeleyev davriy sistemasining 1-guruh metallari 1 zaryadli (ion valentligi +1), 2-guruh metallari 2 zaryadli (ion valentligi +2) ionlar hosil qiladi. [[Galogen]]lar, davriy sistemaning 7-guruh elementlari elektron qabul qilib manfiy zaryadlangan (ion valentligi -1) 1 valentli ionlar, kislorod va xossalari oʻnga oʻxshash elementlar esa 2 ta elektron qabul qilib manfiy zaryadlangan (ion valentligi —2-2) 2 valentli ionlar hosil qiladi.
Kimyoviy bogʻlarning yuqorida keltirilgan asosiy xillari orasida oraliq shakllari ham bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>