London universiteti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

15-Aprel 2013, 18:22 dagi koʻrinishi

London universiteti - Buyuk Britaniyadagi eng yirik un-t va i.t. markazlaridan biri. 1836 y. qirol Vilgelm IV farmoniga muvofiq, mamlakatning ayrim un-tlari talabalariga ilmiy daraja beradigan (tegishli imtihonlarni topshirgandan soʻng) muassasa sifatida tashkil etilgan. 1898 y. qayta tuzilib, oliy oʻquv yurti vazifasini ham oʻtay boshladi. 1907 va 1910 y.da parlamentning maxsus qarori bilan L.u. tarkibiga Universitet (1826 y. tashkil etilgan) va Qirollik (1829) kollejlari qoʻshildi. L.u. texnika fanlari, iqtisodiyot, yuridik, teologiya, tibbiyot, ped., musiqa fanlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Un-tda ijtimoiy va tabiiy fanlar boʻyicha turli i.t. intlari bor. 1947 y. L.u. huzurida Britaniya tibbiyot federatsiyasi tashkil etilgan. Kutubxonasida 1 mln.dan ortiq asar saqlanadi. Un-tda 55 mingga yaqin talaba taʼlim oladi, 1,5 mingga yaqin oʻqituvchi ishlaydi. Ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlar nashr etadi. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil