Lotin alifbosi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 123 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q8229 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 18:
|oʻlchami=200px
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Lotin alifbosi''', lotin yozuvi — Qad. Rimda uncha katta boʻlmagan Latsiy viloyatining ("lotin" soʻzi ham shundan), xususan, uning markazi Rim shahrining yozuvi, harfiy yozuv; gʻarbiy yunon yozuvi asosida paydo boʻlgan. Mil. av. 9—8-a.
 
larda hoz. Italiya hududiga kirib kelgan alifboli yunon yozuvi asta-sekin rivojlanib, faqat mil. av. 4—3-a.lardagina mustaqil L. a. yuzaga kelgan. Ushbu yozuvdagi eng qad. yodgorliklarda (mil. av. 6—4-a.lar) yozuv yoʻnalishi ham oʻngdan chapga, ham chapdan Lotin alifbosi oʻngga boʻlgan, mil. av. 4-a.dan keyingina chapdan oʻngga qarab yozish barqarorlashgan. Bu davrdagi yozuvda tinish belgilari boʻlmagan, harflar bosh (katta) va kichik harflarga ajratilmagan. L. a.da dastlab 20 ta harf boʻlgan, mil. av. 1-a.dan boshlab yunon tilidan kirgan soʻzlarni yozish uchun Y, Z harflari qoʻllana boshlagan. Ushbu alifbo oʻrta asrlarda koʻplab shakl oʻzgarishlariga uchragan xrlda rivojlanishda davom etadi. 11 -a.da W harfi, 16-a.da xa J va V harflari alifboga kiritiladi. Keyingi rivojlanish davrida, kitov bosish ishlari yoʻlga qoʻyilganidan keyin, tinish belgilari, diakritik belgilar paydo boʻldi, bosh va kichik harflar farqlana boshlandi.
 
Hoz. L. a. 2 xil tipografik shaklga ega: asl lotin harflari (ikkinchi nomi — "antikva") va got yozuvi ("fraktura" deb ham ataladi). Ularning birinchisi, yaʼni lotin harflari eng qad. alifboga yaqin boʻlib, hoz. amaliyotda, asosan, ana shu harflardan foydalaniladi.
 
Rim imperiyasi kulagach, xususan, 8-a. dan eʼtiboran L. a. Gʻarbiy Yevropadagi koʻplab xalqlarning yozuv tizimlari uchun asos boʻldi. Hoz. davrda dunyo tillarining 30—35%i L. a.dan foydalanadi. Oʻzbekistonda ham 1929—40 y.larda shu alifbo asosidagi oʻzbek yozuvi amalda boʻlgan (q. [[Yozuv]], [[Oʻzbek lotin alifbosi]]). Milliy yozuv tizimlari L. a.ga asoslangan xalqlarning alifbolaridagi harflar tarkibi, albatta, qad. L. a.dan farq qiladi. L.a.ning tegishli fonetik tizimlarga moslashuvi diakritik belgilarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
 
Abduvahob Madvaliyev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Lotin alifbosi''' - yozuv tizimidir. [[Roman tillari|roman]], [[olmon tillari|olmon]] va boshqa koʻpchilik tillarning asosiy yozuvi hisoblangan hozirgi lotin [[alifbo]]si 26 [[harf]]dan iborat. Harflar har tilda har xil nomlanadi.
Lotin alifbosi asosidagi [[yozuv]]dan [[roman tillari|roman]], [[olmon tillari|olmon]], [[kelt tillari|kelt]] va [[baltiy tillari|baltiy]] guruhlari barcha tillari, shuningdek [[slavyan tillari|slavyan]], [[fin-ugor tillari|fin-ugor]], [[turk tillari|turk]], [[semit tillari|semit]] va [[eron tillari|eron]] guruhlarining ayrim tillari, [[alban tili|alban]], [[bask tili|bask]] tillari, shuningdek ayrim [[Hindi-xitoy]] ([[vetnam tili]]), [[Myanma]] tillari, [[Zond arxipelagi]] va [[Filippin]], [[Afrika]] ([[Saxara]] janubi), [[Amerika]], [[Avstraliya]] va [[Okeaniya]] koʻpchilik tillari foydalanadilar.
Qator 174 ⟶ 187:
[[Turkum:Lotin tili]]
[[Turkum:Qadimiy Yevropa yozuvlari]]
 
{{OʻzME}}