Kapitalizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Kapitalizm''' — xususiy mulk, bozor iqtisodiyoti va demokratik intlarga asoslangan jamiyat turi. Ijtimoiy tafakkurning turli oqimlarida K. — erkin tadbirkorlik tizimi, industrial jamiyat taraqqiyotining bosqichi, K. ning hoz. davri esa — "aralash iqtisodiyot", "postindustrial jamiyat", "axborot jamiyati" va b. sifatida taʼriflanadi. Marksizmda K. — i.ch. vositalariga xususiy mulkchilikka va yollanma mehnatning kapital tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, deb talqin etiladi.
 
=== Kelib chqishi ===
 
K. 14—15-a.larda Italiya (savdo) va Gollandiya (manufaktura) shaharlarida yuzaga kelib, 16-a.dan boshlab Yevropada dastlabki sarmoya (kapital) jamgʻarish deb atalmish jarayon natijasida qaror topdi. Sanoat sohasidagi keskin oʻzgarishlar samarasi oʻlaroq yirik, mashinalashgan i.ch. tashkil topgan edi. K. sharoitida bozor raqobati mexanizmi (q. [[Raqobat]]) tadbirkorni foyda olish uchun sarmoyani doimo koʻpaytirib borish va i.ch.ni takomillashtirishga undaydi. Bu esa ishlab chiqaruvchi kuchlar, fan va texnikaning tez surʼatlar b-n rivojlanishiga imkon beradi. 19-a. oxiri va 20-a. boshida Gʻarbdagi rivojlangan mamlakatlarda yirik sanoat va bank korporatsiyalari tashkil topadi, moliya kapitali muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi, bozor raqobatiga iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish mexanizmi ham qoʻshiladi. Barqaror ijtimoiy tizim tarkib topadi, unda yirik mulkdorlar va yollanma mehnat b-n mashgʻul xodimlar qatorida oʻrta mulkdorlar sinfi ham muhim oʻrin egallaydi.