Liberalizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 42:
== Liberal fikrning rivojlanishi ==
=== Manbalari ===
Shaxsiy erkinlikka intilish barcha davrlarda hamma xalqlar uchun xos bo'lgan. Masalan, XV asrda [[Florentsiya]] va [[Venetsiya]] shaxar-davlatlari tuzilishi o'z ichiga xuquqiy davlat va demokratiya elementlari hamda erkin tadbirkorlik printsiplarini olgan.
 
Liberalizm g'oya sifatida [[gumanizm]]ga tayanadi. U [[Renessans]] davrida [[katolitsizm|katolik cherkov]] hokimiyatiga qarshi chiqdi (buning oqibatida, jumladan, [[Niderlandiya burjua revolyutsiyasi]] yuz berdi), hamda Angliyada [[Ajoyib revolyutsiya]] ([[1688]] y.) natijasida [[Viglar]]ning qirolni saylash xuquqiga ega bo'lishiga olib keldi. Oxirgi voqea oqibatida bosh hokimiyat xalq qo'lida bo'lishi kerak degan nuqtai nazarlar paydo bo'la boshladi. Biroq asl liberal oqimlar [[Oydinlanish davri]]da Frantsiya, Angliya va kolonial Amerikada yuzaga keldi. Ularga qarshilar [[absolyut monarxiya]], [[merkantelizm]], [[ortodoksal din]] va [[klerikalizm]] edi. Bu liberal harakatlar birinchi bo'lib inson xuquqlariga [[konstitutsionalizm]] va erkin saylov yo'li bilan boshqarish tushunchalariga tayanib ta'rif berishdi.
 
[[Tasvir:John Locke.jpg|thumb|100px|Jon Lokk]]
 
=== Inqilobiy liberalizm ===