Shimoliy Makedoniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Makedoniya bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Makedoniya bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
Qator 1:
{{birlashtirishga|Makedoniya}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
{{Maʼnolari|Makedoniya Respublikasi (maʼnolari)}}
{{Makedoniya_info}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
{{Maʼnolari|Makedoniya Respublikasi (maʼnolari)}}
'''Makedoniya''' (Makedonija), Makedoniya Respublikasi (Republika Makedonija) — Jan. Yevropada, Bolqon ya.o.ning markaziy qismida joylashgan davlat. Mayd. 25713 km2. Aholisi 2,046 mln. kishi (2001). Poytaxti — Skopye sh. Maʼmuriy jihatdan 30 tuman (rayon)ga boʻlinadi.
 
Davlat tuzumi. M. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 y. 17 noyab.
 
da qabul qilingan, 1992 y. 6 yanv. da tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligi — prezident (1999 y.dan Boris Traykovskiy), umumiy teng va toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan fukarolar tomonidan 5 y. mudsatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi oliy organi — Majlis (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyat — rais va vazirlardan iborat hukumat.
 
Tabiati. M. hududining koʻp qismini oʻrtacha balandlikdagi (2764 m gacha) togʻlar egallaydi. Ular oraligʻida daralar va dare vodiylari bor. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi — moʻʼtadilkontinental, jan.da Oʻrta dengizga xos iqlim. Oʻrtacha t-ra yanv.da 5° — 7°, iyulda 24°—26°. Oʻrtacha yillik yogʻin 500 mm. Asosiy daryolari — Vardar va Strumitsa, katta koʻllari — Oxrid, Prespa. Togʻ yon bagʻirlarida — aralash oʻrmon (asosan, dub va buk) hamda butazorlar, 2000 m dan balandda — togʻ yaylovlari, Foydali qazilmalardan xromit, marganets, qalayrux, mis va temir rudalar, surma, uran, magnezit konlari bor.
 
Aholisining 66,5% makedonlar; albanlar (22,9%), turklar (4%). loʻlilar (2,3%), serblar (2%), musulmon-slavyanlar (2,1%) ham yashaydi. Rasmiy til — makedon tili. Dindorlarning koʻpchiligi — pravoslav xristianlar; sunniy musulmonlar ham bor. Aholisining 54% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Skopye, Bitola, Prilep, Kumanovo, Oxrid.
 
Tarixi. M. Respublikasi 1918 y.da Serbiya tarkibidagi Serb, xorvat va slovenlar qirolligi (1929 y.dan — — Vardar M.si hududida tashkil topgan (q. [[Makedoniya]], [[tarixiy viloyat]]).
 
Yugoslaviya qirollitida yuqori mavqega ega boʻlgan serb hukmron doiralari milliy zulm siyosatini oʻtkazib, "Makedoniya" nomini rasmiy iboradan chiqarib tashladilar, Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy asoratga, buyuk serb zulmiga, jumladan, majburan serblashtirish siyosatiga qarshilik harakati vujudga keldi. Ilgʻor ijtimoiy kuchlar faollik koʻrsata boshladi.
 
1941 y. apr.da Vardar M.sining koʻp qismini Bolgariya, qolgan yerlarini Italiya bosib oldi. Bosqinchilarga qarshi xalq qurolli kurashga otlandi. 1945 y.da M. ozod etiddi va Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi tarkibidagi 6 respublikaning biriga aylandi. 1991 y. 25 yanv.da M. suvereniteta haqida Deklaratsiya qabul etildi va oʻsha yili 17 noyab.
 
da M. suveren, mustaqil, demokratik respublika deb eʼlon qilindi. M. — 1993 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatini 1994 y. 31 dek.da oʻrnatdi. Milliy bayrami — 2 avg . — Respublika kuni.
 
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Umummakedoniya inqilobiy tashkiloti — M. milliy birligi demokratik partiyasi, 1990 y.da tuzilgan; Demokratik alternativa partiyasi, 1998 y.da tashkil etilgan; Liberaldemokratik partiya, 1997 y.da tuzilgan; M. demokratik partiyasi; Albanlar demokratik partiyasi; M. sotsialdemokratikittifoqi, 1943 y.da M kommunistlar ittifoqi nomi bilan tuzilgan va 1991 y. 20 apr.dan hoz. nomi bilan yuritiladi; M. sotsialistik partiyasi, 1990 y.da asos solingan. M. kasaba uyushmalari konfederatsiyasi.
 
Xoʻjaligi. M. — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 55,6%, q.x.ning ulushi 16,8%. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo-farmatsevtika sanoati, konchilik rivojlangan. Polimer, ayrim turdagi stanoklar, sa-noat asbobuskunalari, q.x. mashinalari, avtodetallar, sovitkichlar ishlab chiqariladi. Binokorlik ashyolari, oʻtga chidamli materiallar, shisha, chinni i. ch. yoʻlga qoʻyilgan. Toʻqimachilik, o.ziq-ovqat, yogʻochsozlik, koʻn-poyabzal, tamaki sanoati, vinochilik rivoj topgan. Yiliga 5,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Hunarmandchilik rivojlanib borayotir.
 
Q. x.da dehqonchilik ustun. Tamaki, paxta, sezam, uzum, sabzavot va mevalar, oziq-ovqat ekinlaridan bugʻdoy, makkajoʻxori, sholi ekiladi. Qoʻychilik va qisman, qoramolchilik, parrandachilik, balikchilik bilan shugʻullaniladi. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi. Sayyohlik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan.
 
T. y. uzunligi — 0,7 min g km, avtomobil yoʻllari uz. — 10,6 ming km. Chetga kiyim-kechak, gazmol, mashina va asbob-uskuna, doridarmon, mebel, q.x. mahsulotlari sotadi. Pul birligi — denar.
 
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. M.da 7—15 yoshdagi bolalar uchun 8 y.lik asosiy maktab doirasida majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etilgan. Shu maktab negizida oʻrta umumiy taʼlim maktabi — gimnaziya va kasb-hunar maktabi tashkil etilgan. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Skopyeda un-t (1949 y.da tashkil qilingan, uning huzurida iqtisodiy i.t. in-ti bor) va ped. akademiyasi. M. fan va sanʼat akademiyasi, milliy tarix in-ti, folklor, geol., veterinariya in-tlari, Oxrid sh.da gidrobiol. in-ti, Strumitsa sh.da paxta in-ti, 20 ga yaqin ilmiy jamiyat mavjud. Skopyeda xalq kutubxonasi, un-t kutubxonasi, tarixiy arxiv, arxeologiya (1924), tarix (1926) muzeylari, rasmlar galereyasi (1948), etn. muzeyi (1949), Oxridda tarix va rayem muzeylari bor.
 
Matbuoti, radioeshittirishi, telekursatuvi. M.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi.Eng yiriklari: "Nova Makedoniya" ( "Yangi Makedoniya", makedon tilida chiqadigan kundalik gaz., 1944 y.dan), "Birlik" ( turk tilida chiqadigan gaz., 1994 y.dan), "Vecher" ( "Oqshom", kundalik gaz.,1963 y.dan), "Pule" (haftalik gaz.,1991 y.dan), "Trudbenik" ("Mehnatkash", haftalik gaz.), "Flyaka evellazerimit" ( alban tilidagi gaz.,1945 y.dan). Makfaks — M. axborot agentligi 1993 y.da tashkil etilgan. M. radiosi 1944 y.dan, telekoʻrsatuvi 1964 y.dan ishlay boshlagan.
 
Adabiyoti. Makedon adabiyotining vujudga kelishi va davrlarga boʻlinishi muammolari mamlakat olimlarining ilmiy ishlarida har xil bayon etilgan. K. Misirkov (1874—1926)ning ilmiy faoliyati bu sohada muhim ahamiyatga ega. U makedon adabiy tilining hoz. fonetik va morfologik tuzilishiga yakin namunasini yaratdi. Shoir K. Ra-sin (1908—43) zamonaviy makedon sheʼriyatining asoschisi hisoblanadi. K. Nedelkovski (1912—41), M. Bogoyevski (1919—42) va b. vatanparvarlik ruhida asarlar yaratishdi. 2-jahon urushidan keyingi davr yozuvchilari ozodlik kurashi voqealarini asosiy mavzu qilib oldilar. 60—80-y.
 
larda roman va qissa janrlari rivojlandi (S. Yanev-ski, D. Solev, S. Drakul, Y. Leov, G. Abajiyev, J. Chingo va b.). Dramaturgiyada V. Iloski, K. Chashule, T. Arsov-skilar ijod qildi. M.da turk va b. xalqlar adabiyoti ham mavjud.
 
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. M. hududida mil. av. 4—6-a.lardan shaharlar (Stobi, Skupi, Gerakleya) harobalari saqlangan. Ular orasida doirasimon manzilgohlar, tosh va guvaladan qurilgan uylar, tarashlanmagan harsangdan tiklangan istehkomlar, qad. yunoncha qabrlarni eslatuvchi oltin niqobli sagʻanalar, odam va hayvonlarning oltin va jez haykallari bor. Oʻrta asrlarda M. meʼmorligi Vizantiya taʼsirida rivojlangan: Skopye devorlari (6-a.), shoh Samuil qasri (11 -a. boshlari), Strumitsa qoʻrgʻoni (11-a.), Oxriddagi ayo Sofiya ibodatxonasi bazilika tipida qurilgan. 12— 14-a.lardagi diniy inshootlarda bir yoki besh xochsimon gumbazli ibodatxonalar toifasi qaror topdi. Turklar hukmronligi davrida masjidlar, minoralar, mezanasimon turar joylar qurildi. 18—19-a.lardan monastir majmualari va turar joy namunalari saqlanib qolgan. 19-a. oxiri va 20-a. 30-y.
 
larigacha hoz. M. hududidagi shaharlarda yevropacha eklektizm ruhidagi qorishiq meʼmorlik uslubida binolar rejasiz, tartibsiz qurilgan. Keyingi yillarda shaharlar bosh reja asosida qayta kurila boshlandi, yigʻma temir-betondan yirik sanoat inshootlari barpo etildi. 1963 y.gi Skopye zilzilasidan keyin shahar markazini yapon meʼmori K. Tonge loyihasi asosida tiklashga kirishildi. Keyingi yillarda barpo etilgan eng katta inshootlar — Skopyedagi Kasaba uyushmalari uyi (meʼmor S. Brezovski), Tarix muzeyi (meʼmor G. Konstantinovski), M. xalq teatri (meʼmor M. Kratonoshich), Prilepdagi shahid jangchilar yodgorlik majmuasi, Petrovsedagi aeroport bi-nosi va b.
 
M.da amaliy bezak sanʼati, oʻymakorlik va b. rivojlangan. Oxriddagi 11-a.ga oid ayo Sofiya ibodatxonasi, Nerezidagi 12-a.ga mansub avliyo Panteleymon cherkovi devorlariga ishlangan rasmlar M. hududidagi eng qad. tasviriy sanʼat yodgorliklaridir. 13—14-a.larda Yevtihis va Mixail kabi rassomlar erkin syujet asosida nozik tabiat manzaralarini chizdilar. 18-a. 2-yarmi va 20-a. 1-yarmida makedon rassomlari Frchkoskilar oilasi, J. Zografski va D. Andonov umumevropa rangtasviri ruhida ijod qilib, vatanpar-varlik kompozitsiyalari, portretlar, peyzajlar yaratdilar, xalq turmushini aks ettirdilar. Zamonaviy makedon tasviriy sanʼatida rassomlik, haykaltaroshlik, grafika, amaliy bezak sanʼatining har xil turlari rivojlangan.
 
Musiqasi. Xalq musiqasi xilma-xil va oʻziga xos boʻlib, asosan, 2 ovozli qoʻshiq va cholgʻu kuylaridan iborat. Musiqa asboblari orasida tapan, darbuka, doyra kabi urib chalinadigan, shu-pelka, zurla, kaval kabi puflab chalinadigan, gusle, kara kabi torli, kamonli va chertib chalinadigan turli sozlar bor. Doyra boʻlib qoʻshiq aytish va raqsga tushish keng tarqalgan. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida M.da musiqa madaniyati rivojlandi, madaniy-maʼrifiy jamiyatlar vujudga keldi. 1895 y. Skopyeda duxovoy orkestr, 1907 y. "Vardar" qoʻshiqchilar jamiyati tashkil topdi. 1928 y. S. Arsich birinchi musika maktabini ochdi. S. Gaydov, J. Firfov kabi isteʼdodli kompozitorlar yetishib chiqdi. 2-jahon urushi davridagi xalq ozodlik kurashida qoʻlga qurol olib qatnashgan makedon kompozitorlari vatanparvarlik ruhidagi ommaviy koʻshiqlar ham yaratishdi. 60— 80-y.larda G. Prokopyev, K. Makedonski, T. Zografski, T. Proshev kabi kom-pozitorlar opera va balet janrlarida barakali ijod qiddilar. Skopyeda Filarmoniya (1944), M xalq teatrida opera truppasi (1947), Folklor in-ti (1950), radio xori (1945), oʻrta musiqa maktabi, Oliy ped. in-tida musiqa kafedrasi mavjud. M.ning Oʻzbekistondagi madaniyat kunlari doirasida Tosh-kentda 20-a. kompozitorlari asarlaridan konsertlar oʻtkazilgan.
 
Teatri. 1901 y.da "Tashvish va tasalli" deb atalgan targʻibot-vatanparvarlik teatr truppasi tashkil etildi, 1913 y.da Skopyeda birinchi doimiy serb Xalq teatri ochildi. 20—30-y.larda ishchi va talabalarning havaskorlik teatr jamoalari vujudga keldi. 1945 y.da Skopyedagi Xalq teatri M. xalq teatri deb atala boshladi. Teatr tarkibida drama va balet truppalari bor. M. sahnalarida mahalliy dramaturglar, jahon klassikasi va xorijiy mualliflarning asarlari qoʻyiladi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Makedoniya Respublikasi''' (Makedonia Respublikasi) poytaxti — [[Skopye]] shahri. [[BMT]] aʼzosi.
 
Qator 11 ⟶ 58:
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}