Maktab: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 11:
Turkistondagi rus aholi mahalliy aholiga nisbatan M.lar bilan yaxshi taʼminlangan. 1876 y.dan gimnaziya, real M., muallimlar seminariyasi va b. xil M.lar ochilgan. Rus M.larining ayrimlarida mahalliy millat bolalari ham oʻqigan. 19-a. oxirlarida mahalliy millat bolalari uchun rus-tuzem maktablari tashkil etila boshladi. Bu M.lar, asosan, chorizmning mustamlakachilik siyosatiga xizmat qilgan boʻlsada, oʻlkada ilgʻor oʻqish usullarining yoyilishida maʼlum rol oʻynadi. Sovet tuzumi davrida M.lardagi taʼlim jarayonining oʻzi va oʻqitish uslubiyatidagi har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki, oʻquvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qoldi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, maktablarning moddiy texnika bazasini rivojlantirish, ularni ilmiy metodik jihatdan taʼminlash sohasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Oʻzbekistonda M. ishlari yuksak surʼatlar bilan rivojlanmoqda. Mamlakatda 9672 umumiy oʻrta taʼlim maktabi (6 mln. dan ortiq oʻquvchi), 224 oʻrta maxsus va kasb-hunar oʻquv yurti (223 ming oʻkuvchi), 61 oliy oʻquv yurti (125,5 ming talaba) mavjud (2002). Yana q. [[Xalq taʼlimi]], [[Boshlangʻich maktab]], [[Umumiy oʻrta taʼlim maktabi]], [[Akademik litsey]], [[Kasb-hunar kolleji]], [[Oliy oʻquv yurtlari;2]]; 2) fan, adabiyot, sanʼat, ijtimoiysiyosiy hayot va sh.k.da oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan yoʻnalish, oqim (mas, geolog olim Habib Abdullayev maktabi va h.k.).
 
M. atamasi, shuningdek, rangtasvir, haykaltaroshlikka, oʻziga xosligi aniq ifodalangan shahar yoki maʼlum vilo-yat meʼmorligiga, u yoki bu darajada anik, uslubiy va tarixiy chegaralariga ega boʻlgan butun bir mamlakatning milliy sanʼatiga nisbatan ham qoʻllanadi (mas, Hirot miniatyura maktabi).