Karl Marx: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 10:
|vafot joyi = [[London]], [[Buyuk Britaniya]]
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
MARKS (Marx) Karl (1818. 5.5, Trir — 1883.14.3, London) — nemis faylasufi, iqtisodchi, jamiyatshunos, marksizm asoschisi. Advokat oilasida tugʻildi. 1835—41 y.larda Bonn va Berlin untlarining yuridik f-tlarida oʻqidi. Falsafiy qarashlari yosh gegelchilar taʼsirida shakllandi. 1842 y. "Reyn gazetasi" (Kyoln)ga muharrirlik qildi. 1843 y. Parijga koʻchib keldi. Bu yerda F. Engels bilan doʻstlashdi (1844) va u bilan birgalikda yozgan "Muqaddas oila" asari (1845) tuzumni oʻzgartirishga shaylangan proletariatning nazariya va taktikasiga bagʻishlandi.
 
Prussiya hukumatining tazyiqi tufayli Parijdan chiqarib yuborilgach, Bryusselga keldi. Bu yerda Engels bilan hamkorlikda yaratgan "Nemis mafkurasi" (1845—46) asarida dialektik va tarixiy materializmning asosiy qoidalari bayon etilgan.
 
M.ning "Falsafa qashshoqligi" (1847) asarida esa tarixiy materializm va proletar siyosiy iqtisodi asoslari yoritilgan. "Kommunistlar uyushmasi" xalqaro tashkilotining ishida faol qatnashgan M. va Engels bu tashkilotning dasturi — "Kommunistik partiya manifesti"ni yozdilar (1848). Fransiyada 1848 y. inqilobi boshlangandan keyin Belgiya hukumati M.ni qamoqqa oldi va mamlakatdan chiqarib yubordi. M. Parijga kelib, Kommunistlar uyushmasining yangi MKni tuzdi. Apr.da M. va Engels Kyolnga joʻnadilar, bu yerda M. "Yangi Reyn gazetasi"ga bosh muharrir boʻldi. 1849 y. mayida Prussiya hukumati M.ni badargʻa qilib, gazetani yopdi. M. 1849 y. avg .da Londonga koʻchib bordi va umrining oxirigacha oʻsha yerda yashadi. Bu yerda Engelsning moddiy yordami bilan nazariyotchilik va jamoatchilik faoli-yatini davom ettirdi.
 
M. 1- Internatsional (1864—76)ning tashkilotchisi va yetakchisi edi. 1867 y. M. ning asosiy asari "Kapital" (1jildi) bosilib chikdi; M. uning key-ingi jildlarini tugata olmadi. Ularni Engels nashrga tayyorladi (2jild, 1885; 3jild, 1894). Bu asar marksizm iqtisodiyoti va sinfiy kurash nazariyasiga oid asosiy kitob hisoblanadi. M.ning boshqa asarlari: "Lui Bonapartning oʻn sakkizinchi bryumeri" (1852), "Siyosiy iqtisod tanqidiga doyr" (1859), "Fransiyada fuqarolar urushi" (1871), "Gota dasturini tanqid" (1875).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
'''Karl Heinrich Marx''' ({{talaffuz|Karl Haynrix Marks}}; [[5-may]], [[1818]] Trier, Prussia – [[14-mart]], [[1883]] London, Buyuk Britaniya) — [[Germaniya|nemis]] [[Falsafa|faylasufi]], [[tarix]]chisi, [[Iqtisodiyot|iqtisodchisi]], [[Sotsiologiya|sotsiologi]], [[Siyosat|siyosiy jurnalisti]] va sotsial [[inqilob]]chisi. Uning gʻoyalari ommaviy fanlar yaratilishida va sotsialistik harakatning rivojlanishida muhim oʻringa ega boʻlgan. Marks falsafada [[Dialektik materializm|dialektik]] va [[tarixiy materializm]], iqtisotda [[Siyosiy iqtisod|qoʻshimcha narx]] nazariyasi, siyosatda [[sinflar kurashi]] nazariyasining muallifidir. U hayoti davomida koʻplab asarlar yaratgan, ulardan eng taniqlilari — «[[Kommunistik partiya manifesti]]» va «[[Kapital]]».
Qator 84 ⟶ 95:
== Havolalar ==
[[Turkum:Marksistlar]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}