Maʼrifat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Maʼrifat (maʼnolari)}}
'''Maʼrifat''' — kishilarning ongini, bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan taʼlimtarbiya. U tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar, maʼlumotlar majmu-asini ham bildiradi. M. ilmu urfon maʼnosida ham ishlatiladi. M. tushunchasi madaniyat, maʼnaviyat tushunchalari bilan bogʻliq. M. maʼnaviy qaramlikni bartaraf qiladi, insonga kuch-qudrat ato etadi. U kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi boʻlishga yordam beradi. M.li kishilardan tashkil topgan jamiyat ravnaq topadi, kelajagi porloq boʻladi. M. — bilim va madaniyatning qoʻshma mazmuni boʻlib, maorif uni yoyish vositasvdir. M.ni hayotga singdirish maorif tizimi orkali amalga oshiriladi.