Megaron: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

20-Aprel 2013, 19:34 dagi koʻrinishi

Megaron (yun. megaron — katta zal) — Yunonistonda, Egey madaniyati davrida barpo etilgan bino va uy-joylar turi (mil. av. 3—2 ming yilliklar). M.ning tuzilishi oddiy: old tomoni toʻgʻri burchak shaklida, peshayvoni ustunli. Asosiy xona katta zal boʻlib, oʻrtasida oʻchoq joylashgan. Shiftdan tutun chiqadigan teshik qoldirilgan. Bunday M.lar Troya, Tirinf, Mikeni va b. shaharlardan topilgan. Keyinroq (mil. av. 8—7-a.lardan boshlab) Yunonistonda M.lar asosida ibodatxonalar barpo etilgan. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil