Messian Olivye Ejen Prosper Sharl: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

20-Aprel 2013, 20:06 dagi koʻrinishi

Messian Olivye Ejen Prosper Sharl (1908.10.12, Avinon - 1998, Parij) — fransuz kompozitori, organchi va pedagog , 20-a. klassik musiqasi namoyandalaridan. Parij konservatoriyasini tugatgan (1930). Ayni shu yerda va b. oʻquv yurtlarida dare bergan: shogirdlari orasida P. Bulez, K. Shtokxauzen, Ya. Ksenakis kabi 20-a. musiqasining yirik namoyandalari mavjud. 1936 y.da "Yosh Fransiya" kom-pozitorlar guruhini tashkil etgan. M. butkul ijodiy yoʻli jarayonida diniy qadriyatlar (fortepiano uchun "Chakaloq Iso qiyofasiga 20 nigoq", 1944; xor va orkestr uchun "Kichik liturgiyalar", 1944; Messa, 1950 va b.), hind mumtoz (raga) musiqasi ("Turantalila" simfoniyasi, 1948; fortepiano uchun "4 ritmik etyud"lari, 1950 va b.), dunyo qushlari ovozlarini (orkestr uchun "Qushlar uygʻonishi", 1953; fortepiano uchun "Qushlar katalogi", 1959 va b.) oʻziga asos etib tanladi. Musika nazariyasiga doyr dareliklar, "Mening musiqiy tilim texnikasi" kitobi muallifi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil