Mirmuhsin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k fix
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_7=yorit}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Mirmuhsin''' (taxallusi; asl ismsharifi Shermuhamedov Mirmuhsin) (1895 — Toshkent — 1929.4.8) — jurnalist, yozuvchi. Oʻzbek matbuotining asoschilaridan biri. 1916—17 y.larda Ufadagi "Oliya" madrasasida oʻqigan. 1917 y. Toshkentga qaytgan. 1917 y. Fev. inqilobi munosabati bilan "Turon" gaz.ga yozgan "Tarixiy ikki voqea" maqolasi katta janjalga sabab bulgan. Sebzor qozikaloni hukmi bilan M.ga oʻlim jazosi beriladi. Lekin bu hukm qamoq jazosi bilan almashtiriladi. M. qamoqdan qochib, Ufaga ketadi. Fukarolar urushi boshlanib ketgach, M. Sharqiy frontning 1 — 5-armiyalari siyosiy boʻlimida jangchi-jurnalist sifatida xizmat qiladi. 1920 y.ning boshlarida Toshkentga kaytib, dastlab "Ishtirokiyun", soʻng "Qizil bayroq", "Turkiston" va b. gaz.larda muharrirlik qiladi. M.ning hozircha maʼlum sheʼrlari 700 misra atrofida. Bundan tashqari, u hikoyalar, maqolalar yozgan. "Befarzand Ochildiboy" (1914) nomli birinchi oʻzbek romani muallifi. Adib ilmmaʼrifat orqali hamma odamlar baxtli, hayot esa farovon bulishiga astoydil ishonadi, "avom"ni ilm olishga daʼvat etadi ("Milliy adabiyot", "Ahvoli odamdin bir namuna", "Adabiyot" va b.). Xalqning ogʻir va mashaqqatli, fojiaga tuda turmushini tasvirlaydi ("Ashʼor", "Bizni"). M.ning "Yigirmanchi asrda Turkiston boboy", "Zindon" (1914) kabi hikoyalarida taraqqiyotdan orqada qolgan Turkiston qiyofasi, idora usuliga oid karashlari bayon etilgan. U inqilobning dastlabki yillarida shurolarga ishongan, ular tarafida turib kurashgan edi. Biroq, shovinizmning "yoʻqsullik" rangiga buyalib, yanada keskinroq tus olgani, milliydiniy qadriyatlarning oyoqosti qilingani M. umidlarini puchga chiqardi. Maqolalaridagi quvonch va koʻtarinki ruh yoʻqolib, umidsizlik kuchayib bordi, aldanganini chuqur his etdi va bular oxir-oqibatda hayotining bevaqt, fojiali yakunlanishiga olib keldi.
 
== Adabiyot ==
* Yodgorov H., Nurli yoʻl, T., 1968; Meli Joʻra, Umrim daftari, T., 1970; Qosimov B., Mirmuhsin Shermuhamedov, T., 1967; Isyonkor qalb, T., 1985.
 
Begali Qosimov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
'''Mirmuhsin''' (Mirsaidov) 1921 yil 3 mayda [[Toshkent]]ning Kesakqoʻrgʻon mahallasida kulol oilasida tugʻildi. Eski shahardagi 1-maktabni, [[Toshkent]] pedagogika instituning Til va adabiyot fakultetini tugatgan. U Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, «[[Qizil O’zbekiston]]» gazetasi tahririyatida ishlagan, uzoq muddat «[[Sharq Yulduzi]]», «[[Mushtum]]» va «[[Guliston]]» jurnallarining bosh muharriri boʻlgan.
Qator 24 ⟶ 34:
[[Turkum:Oʻzbekiston xalq yozuvchilari]]
[[Turkum:Oʻzbekiston davlat mukofoti laureatlari]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}