Molekulyar biologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

20-Aprel 2013, 22:22 dagi koʻrinishi

Molekulyar biologiya - hayotning asosiy xususiyatlari namoyon boʻlishini molekulyar darajada oʻrganadigan fan. M. b.ning muhim yoʻnalishlariga irsiy axborotni amalga oshirish mexanizmlari va hujayraning genetik apparati strukturasi hamda funksional tuzilishini tekshirish (molekulyar genetika), viruslarning hujayra bilan oʻzaro taʼsiri mexanizmlarini oʻrganish (molekulyar virusologiya), organizmning immun reaksiyalari krnuniyatlarini aniqlash (molekulyar immunologiya), energiyaning hosil boʻlishi va oʻzgarishining molekulyar asoslari (molekulyar bioenergetika) va b. kiradi. M. b. hayotiy hodisalarni makromolekulalar, yaʼni oqsil va nuklein kislotalar yoki juda sodda tuzilishga ega boʻlgan xayotiy obʼyektlar — hujayra komponentlari, yaʼni mitoxondriy, xloroplast, ribosoma, yadro, hujayra membranalari, viruslar va prionlar darajasida tekshiradi.

M.b. 20-a.ning 50-y.larida biokimyo fanidan ajralib chiqdi va mustaqil fan sifatida shakllandi. M. b. terminini birinchi marta ingliz olimi U. Astberi qoʻllagan. M.b.ning vujudga kelishi koʻpincha F. Krik va J. Uotson tomonidan 1953 y.da DNK molekulasi gipotetik modelining kashf etilishi bilan bogʻlanadi. Bu modelda DNK ning biologik funksiyasi uning kimyoviy tuzilishi bilan bogʻliq ekanligi koʻrsatilgan. Shuni taʼkidlash kerakki, DNK molekulasi oʻzida irsiy axborotni saklashi haqidagi dastlabki maʼlumot 1944 y.da O. Everi va uning xodimlari tomonidan aniqlangan. M.b.ning shakllanishida genetika, mikrobiologiya, virusologiya sohasidagi tadqiqotlar katta ahamiyatga ega boʻldi. Shu bilan birga anik, fanlar — fizika, kimyo, mat., kristallografiya va, ayniqsa, rentgen struktura taxlili boʻyicha erishilgan yutuqlar M.b.ning rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. M.b. sohasidagi kashfi-yotlarga ayrim oqsillarning strukturaviy tuzilishi va ular bajaradigan funksiyasi bilan strukturasi oʻrtasidagi bogʻlanishning aniqlanishi (M. Peruts, J. Kendryu, F. Senger, K. Ani-fensen, Yu. Ovchinnikov va b.); nuklein kislotalar va ribosomalarning tuzilishi hamda biologik funksiyalari mexanizmlarning oʻrganilishi (J. Uotson, F. Krik, R. Xolli, N. A. Belozerskiy, A. Bayev), qaytar transkriptaza fermentining kashf etilishi (X. Temin, D. Baltimor), genetik kodning maʼnosi ochib berilishi (M. Nirenberg , S. Ochoa), oqsil biosintezining asosiy boskichlari (F. Krik, F. Jakob, J. Mono, A. Spirin) va nuklein kislotalarning hosil boʻlish mexanizmlari aniqlanishi (A. Korenberg , S. Ochoa), viruslarning strukturaviy tuzilishi va ular replikatsiyasi mexanizmlari hamda genetik muhandislik metodlarining ishlab chiqilishi (P. Berg , V. Arber, G. O. Smit, D. Natane), genning sintezlanishi (X. Korana), prionlarning strukturaviy va funksional xususiyatlari aniqlanishi (S. Prusner), odam genomining toʻliq oʻrganilishi va embrional oʻq hujayralarining kashf etilishi (M. Evene, J. Tompson, J. Bekker) misol boʻla oladi.

Oʻzbekistonda M.b.ning rivojlanishi oʻtgan ayerning 60-y.lariga toʻgʻri keladi. Uning rivojlanishi biokimyo sohasidagi tadqiqotlar bilan chambarchas bogʻliq. M.b. fan sifatida dastlab hoz. OʻzMU ning biokimyo kafedrasida 1966 y.dan oʻqitila boshlandi (Yo. Toʻraqulov).

M.b. soxasidagi i.t. ishlari Oʻzbekiston FA Biokimyo instituti faoliyati bilan bogʻliq. Bu sohada erishilgan yutuklarga olimlarimizdan Yo. Toʻrakulov, A. Ibragimov, T. Soashov, B. Tosh-muhamedov, A. Abdukarimov, M. Raximov, Sh. Solihov, Sh. Azimova, T. Yusupov, O. Odilova va b. katta hissa qoʻshgan. M.b. qishloq xoʻjaligida (koʻp mahsulot beradigan zotlar va hosildor navlar olish maqsadida hayvon va oʻsimliklarning irsiy apparatni boshqarish va yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar hosil qilishda), mikrobiologiya sanoati (biologik faol polipeptidlar, oqsillar va aminokislotalarni bakteriyalar yordamida sintezlash)da, tibbiyot turli sohalari (virusologiya, immunologiya)npnt nazariy asosi sifatida katta amaliy ahamiyatga ega. Hoz. davrda M.b. oldida xavfli oʻsmalar va irsiy kasalliklarning molekulyar muammolarini oʻrganish, ularning oldini olish, katalitik reaksiyalar, gormonlar, zaharli va dorivor moddalar taʼsirining molekulyar mexanizmlarini aniqlash, xotira mexanizmi va nerv jarayonlari tabiatini aniqlash kabi muammolarni hal qilish vazifalari turibdi. M.b. biokimyo, biofizika, bioorganik kimyo va biotexnologiya bilan birga biol. ning bitta umumiy yoʻnalishi boʻlgan fizikkimyoviy biologi-yaga kiradi.

Adabiyot

  • Toʻraqulov Yo., Molekulyar biologiya, T., 1994; Spirin A., Molekulyarnaya biologiya, M., 1986; Albertes T. va b., Molekulyarnaya biologiya kletki, M., 1—5 t., 1987. Abdukarim Zikiryoyev.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil