Mosul: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

21-Aprel 2013, 16:59 dagi koʻrinishi

Mosul, al-Mavsil — Iroqning shim. qismidagi shahar. Dajla daryosi boʻyida. Naynova muhofazasining maʼ-muriy markazi. Aholisi 670 ming kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Gʻalla, meva, chorva mollari bilan savdo qilinadigan muhim markaz. Transport ioʻllari tuguni. Toʻqimachilik (muslin gazlamasi i. ch.), oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, metallsozlik, sement sa-noati korxonalari mavjud. Un-t, tarix va b. muzeylar bor. M. yaqinidan oltin-gugurt va neft qazib olinadi.

M. 6-a. da vujudga kelgan. 641 y. uni arablar egallagan. Umaviylar va Abbosiylar davrida Sharqning savdo hamda hunarmandchilik markazi boʻlgan. 10— 12-a.larda turli davlatlar poytaxti. 1095—96 y.lar M.ni Saljuqiylar egallagan. 1261 y.da moʻgʻullar hujumiga uchragan. 14-a.ning 2-yarmidan Temuriylar, 1514—1918 y.lar Usmonli turk saltanati tarkibida boʻlgan. 1920 y.dan Iroq tarkibida.

M.da al-Jomiʼ alkabir madrasasi (minorasi b-n) (1170—72), al-Izziya madrasasi (12-a.), Qorasaroy qalʼasi harobalari (13-a.) va b., shahar yaqinida Nabi Yunus maqbaramasjidi (10-a.) bor.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil