Mualliflik huquqi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Legobot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 1 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q262283 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
[[Tasvir:Copyright.svg|thumb|170px|right|[[Mualliflik huquqi belgisi]]]]
'''Mualliflik huquqi''' ([[inglizcha|ingl.]] ''copyright'') gʻoya (fikr) yoki maʼlumotning maʼlum bir koʻrinishdagi ifodalanishini tartibga soluvchi [[ekskluziv huquq]]lar majmuidir. Umumiy qilib aytganda, soʻzma-soʻz "koʻchirish (nusxa olish)ga boʻlgan huquq"dir. Asosan, bu huquqlar cheklangan muddatli bo'ladi. Mualliflik huquqi belgisi "©" boʻlib, baʼzi bir yurisdiksiyalarda qoʻshimcha ravishda (c) yoki (C) bilan ham ifodalanishi mumkin.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Mualliflik huquqi''' - keng maʼnoda — fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, foydalanish va ququqiy himoya qilishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʻindisi; fuqarolik huquqining bir boʻlimi. Top maʼnoda — asar muallifiga tegishli boʻlgan va qonunlarda mustahkamlanib qoʻyilgan shaxsiy va mulkiy huquklar tizimini tashkil etadi. M.h- boʻyicha munosabatlar har bir davlatga xos qonunlar va xalqaro konvensiyalar bilan tartibga solinadi.
 
M.h- boʻyicha 1952 y.gi Jahon (Jeneva) konvensiyasi hamda adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi Bern konvensiyasi (1886) mavjud. Bern konvensiyasi M.h.ni himoya qilishning qatʼiy tizimini oʻzida ifodalaydi. Oʻzbekistonda M.h.ning asosiy normalari OʻzR Fuqarolik kodeksi (1041 — 1073moddalar) va "Mualliflik va turdosh ququklar toʻgʻrisida"gi OʻzR qonuni (1996 y. 30 avg .)da belgilangan.
 
M.h. ijodiy faoliyat natijasi boʻlmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadrqimmati, shuningdek, ifodalash usuli (qoʻlyozma, tasvir, audiovideo yozuv, xaykal va h.k.)dan qati nazar, tatbiq etiladi. Barcha turdagi kompyuterlar uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari ham M.h. obʼyekti hisoblanadi. Muallif oʻz asariga nisbatan quyidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga ega: muallif sifatida eʼtirof etilishi huquqi; asarni oʻz ismi, taxallusi yoki anonim tarzda eʼlon qilish huquqi; asar daxlsizligiga boʻlgan huquq; asardan har qanday shaklda va usulda foydalanish huquqi; asarni eʼlon qilish huquqi; asardan foydalanilganlik uchun haq olish huquqi; asarni tasarruf qilish huquqi. Asardan muallif yoki uning merosxoʻri bilan mualliflik shartnomasi tuzish orqaligina foydalanish mumkin. Chop etilgan begona asardan muallifning roziligisiz va mualliflik haqini toʻlamagan holda shaxsiy maqsadlarda foydalanishga, basharti bunda asardan normal foydalanishga ziyon yetmaydigan va muallifning qonuniy manfa-atlariga putur yetmaydigan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Asardan muallifning ism-sharifini va olingan manbani koʻrsatgan holda hamda asardan normal foydalanishga zarar yetkazmaslik va muallifning qonuniy manfaatlarini kamsitmaslik sharti bilan ilmiy tadqiqotlarda, taʼlim va oʻquv nashrlarida, axborot maqsadlarida qisman yoki toʻliq takrorlashga ruxsat beriladi. Asarga boʻlgan M.h. u yaratilgan paytdan boshlab amal qiladi. M.h. muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyingi yilning 1 yanv.dan boshlab 50 yil davomida amal qiladi. Muallif vafotidan keyingi M.h. uning merosxoʻrlariga tegishli boʻladi va meros boʻyicha bir shaxsdan 2-shaxsga oʻtadi. M.h.ning amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy boylikka aylanadi, yaʼni har qanday shaxs mualliflik haqini toʻlamagan holda erkin foydalanishga hakli. Mualliflik shaxsiy nomulkiy huquklari muddatsiz amal qiladi.
 
M.h. buzilgan taqdirda u sud orqali himoya qilinadi. M.h. buzilishining keng tarqalgan turlariga plagiat (koʻchirmachilik, madaniy oʻgʻirlik), asardan muallif ruxsatisiz tijorat maqsadlarida foydalanish (madaniy qaroqchilik) kiradi. Bunday hollarda huquqbuzar muallif huquklarini tiklashi, unga yetkazilgan zararlarni toʻlashi lozim. M.h.ni buzishga qaratilgan vositalar (asarning kontrafakt nusxalari) yoʻqqilibtashlanadi. M.h. egasi oʻziga tegishli xuquklarni oʻz xohishiga koʻra shaxsan amalga oshirishga haqlidir. Hukuq egasidan boshqa shaxslar M.h.larini faqat huquq egasining roziligi bilan va u bergan vakolatlar doirasida boshqarishlari mumkin (mas, ishonchnoma orqali). M.h. egalari oʻz zimmasiga M.h.larini boshqarish yuklatiladigan tashkilotlarni tuzishlari mumkin. Muallifning oʻz asariga nisbatan mutlaq huquqlari (mulkiy huquklar) tijorat muomalasida harakatda boʻlishi, haq evaziga boshqa shaxslarga toʻliq yoki qisman oʻtkazilishi, hadya qilinishi mumkin. OʻzR Jinoyat kodeksida M.h.ni oʻzlashtirganlik, hammualliflikka majbur etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan (yana q. [[Intellektual mulk huquqi]]). M.h.ni muhofaza etishni tashkiliyhuquqiy taʼminlash, bu borada davlat siyosatini amalga oshirish uchun Oʻzbekistonda Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi faoliyat koʻrsatadi.
 
Ad.:Tosheʼ B., Mualliflik huquqi, T., 2002; Nasriyev I. Mualliflikhuquqi maz-muni va shaxsiy nomulkiy xuqukdar himoyasi, T., 2003.
 
Omon Oqyulov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
Mualliflik huquqi "asarlarning" keng turdagi kreativ,intellektual, artistik shakllarida namoyon bo'lishi mumkin. Ushbular qatoriga [[she'r]]lar, [[tezis]]lar, [[sahna asar]]lari va boshqa [[adabiyot]] asarlari, [[film]]lar. [[xoreografik asar]]lar ([[raqs]], [[balet]]), [[musiqiy kompozitsiya]]lar, [[audio yozuv]]lari, [[rasm]]lar, [[chizma]]lar, [[skulptura]]lar, [[fotorasm]]lar, [[EHM dastur]]lari, [[radio]] va [[tele ko'rsatuv]]lari, va ba'zi [[yurisdiksiya]]larda [[sanoat dizayni]] kiradi. [[Dizayn]] yoki sanoat dizayni ba'zi yurisdiksiyalarda ularni tartibga soluvchi alohida qonunchilik yoki umumiy qonunchilikka ega bo'lishi mumkin. Mualliflik huquqi [[intellektual mulk huquqi]] tizimiga kiruvchi huquq sohasi hisoblanadi.
Qator 25 ⟶ 40:
{{Link FA|el}}
{{Link FA|id}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}