[[Tasvir:Flag of the United Kingdom.svg|nothumb|120px|right|Britaniya imperiyasi bayrogʻi]]
'''[[Britaniya imperiyasi]]''' ({{lang-en|British Empire}}) — odam yashaydigan barcha qitʼalarda koloniyalari mavjud boʻlgan insoniyat tarixidagi eng yirik davlat. XX-asrning 30-yillariga kelib Britaniya imperiyasi yer sharining qariyb toʻrtdan birini, yaʼni, 41,2 mln. km² (shundan 8 mln.i aholi yashamaydigan yerlar) maydonni egallagan. Imperiyaning hech boʻlmagan bitta koloniyasida quyosh nur sochib turganligi sababli Britaniya imperiyasini „Quyosh botmaydigan imperiya“ deb atashgan. Imperiya aholisining soni esa 480 mln. kishiga, yaʼni oʻsha paytdagi [[Yer|yer shari]] aholisining choragiga teng boʻlgan. Aynan Pax Britannica natijasi sababli [[ingliz tili]] transport va savdo sohasidagi boshqa tillar orasida yetakchi til hisoblanadi. Britaniya imperiyasi Buyuk Britaniya va unga qaram boʻlgan mustamlakalarni ifodalaydigan tushuncha boʻlib, u 1870-yillardan boshlab rasman qoʻllanila boshladi. Britaniya imperiyasi tarkibiga Britaniya bilan birgalikda hamma dominionlari va mustamlakalari — [[Irlandiya]] (XII asrlar), [[Shimoliy Amerika]] ([[Virginiya]]) (1607), [[Gollandiya]] va Shimoliy Amerikadagi boshqa hududlar (1652-54; 1665-67 va 1672-74), [[Portugaliya]] va uning mustamlakalari (XVII asr oʻrtalari), [[Ispaniya]] mustamlakalari, [[Kanada]], Shimoliy Amerikaning qolgan qismi (1756—63), [[Bengaliya]] (1757), [[Malta]], Seylon (1814—15), [[Hindiston]], [[Avstraliya]], [[Yangi Zelandiya]], [[Janubiy Afrika]] (XIX asr 1-yarmi), Syangan ([[Gonkong]]) oroli (XIX asr 2-yarmi), [[Kipr]] (1878), [[Birma]] (1885), [[Iroq]], [[Falastin]], Transiordaniya, Tanganika, [[Togo]] va [[Kamerun]]ning bir qismi (1914—18) va boshqalar kirgan edi. XX asrda mustamlaka tizimining parchalanishi jarayonida Britaniya imperiyasi oʻrnida imperiyadan ajralib chiqqan mamlakatlar ittifoqi — Britaniya millatlar hamdoʻstligi tushunchasi paydo boʻldi. ('''[[Britaniya imperiyasi|Davomi...]]''')<noinclude>
:[[Vikipediya:Tanlangan maqolalar|Arxiv]]
[[Turkum:Vikipediya:Tanlangan maqolalar]]</noinclude>
|