Muzrabot tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

23-Aprel 2013, 17:27 dagi koʻrinishi

Muzrabot tumani - Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1968 y. 25 dek.da tashkil etilgan. 1994 y.gacha Gagarin tumani deb atalgan. Viloyat xdaudining eng jan. qismini egallaydi. Shim.da viloyatning Sherobod va Qiziriq, sharqda Angor tumanlari, jan.-sharkda Termiz tumani, jan.da Amudaryo orqali Afgʻoniston, gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Mayd. 0,74 ming km2. Aholisi 99,1 ming kishi (2002). Tumanda 9 qishloq fuqarolar yigʻini (Besh-qoʻton, Boldir, Guliston, Muzrabot, Navbahor, Obodon, Xalqobod, Shoʻrob, Qorakamar) bor. Tuman markazi — Xalqobod qishlogʻi.

Tabiati. Tuman hududi asosan, tekislikdan iborat, shim.dan jan.ga Amudaryoga tomon pasayib, gʻarbi Qoʻhitang togʻining jan. qismiga yondashadi. Oʻrtacha t-ra yanv.da 0° dan 2° gacha, iyulda 37°—42 . Yozi uzok,, issiq va quruq. Yillik yogʻin mikdori 110—120 mm. Vegetatsiya davri 250—280 kun. Tumanda Afgʻon shamolining taʼsiri kuchli. M.t. xududidan Qorasuv daryosi, Muzrabotsoy va Zang kanali oqib oʻtadi. Tuprogʻi boʻz tuproq, shoʻrxok, taqirlar ham uchraydi. Yovvoyi oʻsimliklardan yantoq, gʻijmaloq (tuyaqorin), saksovul, qamish oʻsadi, yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, chiyaboʻri, jayra, ilon, toshbaqa, Amudaryo sohillarida qobon, qoplon uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek, tojik, rus, turkman va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 133 kishi (2002).

Xoʻjaligining asosini q.x. tashkil etadi. Paxta tozalash va asfalt, yogʻmoy z-dlari, 1 qoʻshma korxona, 8 paxta tayyorlash punkta, maishiy xizmat koʻrsatish, don mahsulotlari k-tlari va b. korxonalar bor. Q.x, asosan, paxta yetishtirish va dehqonchilikka ixtisoslashgan. Sugʻoriladigan yerlar 36066 ga, shu jumladan, 15505 ga yerga paxta, 13298 ga yerga gʻalla, 473,5 ga yerga beda, 206,5 ga yerga kartoshka, 745 ga yerga yem-xashak ekinlari, 571 ga yerga sabzavot va poliz ekinlari ekiladi, 18 ga yer bogʻlardan iborat. Tumanda 9 shirkat xoʻjaligi, chorvachilik majmuoti, 562 fermer xoʻjaligi, 6 fermer xoʻjaliklar uyushmasi mavjud. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 27,4 ming krramol, 34,6 ming kuy va echki, 60,5 ming parranda bor. Tumanning jan. dan t.y. oʻtgan. 54 umumiy taʼlim maktabi (30 mingga yaqin oʻquvchi), 4 kollej va litsey, 25 kutubxona, 29 klub va madaniyat uylari ishlab turibdi. 3 kasalxona, poliklinika, 12 dorixona Muzrabot tumanidagi un kombinati.

va b. tibbiy muassasalarida 124 vrach va 745 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. 1969 y.dan "Mehnat zafari" tuman gazetasi chiqariladi (adadi 2000). Tuman xududida jez davriga oid Sopollitepa, Kam-pirtepa (mil. av. 3— mil. 3-a.), Qorakamar gʻorlar majmuoti (1-a.), Buzrukota meʼmoriy majmu-asi (15-a.) va b. qad. yodgorliklar bor. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil