Moʻgʻul tillari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

23-Aprel 2013, 20:55 dagi koʻrinishi

Moʻgʻul tillari — moʻgʻul xalkdari tillari guruhi. Umumiy soʻzlashuvchilar soni taxm. 7 mln. kishidan iborat. Ushbu tillar guruhini oltoy tillarite. qoʻshish mumkinligi haqida farazlar ham bor. M.t. qachonlardir (16—17-a.largacha) yagona til boʻlgan moʻgʻul tili lahjalarining rivojlanishi natijasidir. Ular quyidagicha tasniflanadi: asosiy M.t. — hoz. mongol tili, buryat tili, qalmox, tili; marginal (chekka) M.t. — Afgʻonistondagi mogʻol, Xitoyning shim.-sharqidagi dagʻur, Gansu va Sinxay viloyatlaridagi mongʻor, dunsyan, baoan tillari. Asosiy M.t. uchun 13-a.dan 20-a. boshlarigacha (qalmoqtili uchun — 17-a. oʻrtasigacha) yagona qad. yozuvli moʻgʻul tili qoʻllanib kelgan. Marginal M.t.ga eroniy til va lahjalar, xitoy va tibet tillari kuchli taʼsir koʻrsatgan. Asosiy M.t. fonologik jihatdan singarmonizmga asoslangan, grammatik qurilishiga koʻra esa suffiksal-agglyutinativ til hisoblanadi. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil