Pargalı Ibrohim Podshoh: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 25 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q511943 (translate me)
Replaced content with "#перенаправление Pargalı Ibrohim Posho"
Qator 1:
#перенаправление [[Pargalı Ibrohim Posho]]
{{Shaxsiyat
|ismi = Pargalı Ibrohim Podshoh
|asl ismi = Pargalı Damat İbrahim Paşa
|portret = Sebald Beham - Pargali Damat Ibrahim Pascha ca 1530.jpg
|eni = 250px
|tavsif = [[Usmoniylar imperiyasi]] bosh vaziri
|tavallud sanasi = {{birth date|1493|11|6}}
|tavallud joyi = [[Parga]], [[Usmoniylar imperiyasi]]
|vafot sanasi = {{death date and age|1536|3|15|1493|11|6}}
|vafot joyi = [[Istanbul]], [[Usmoniylar imperiyasi]]

'''Ibrohim Poshsho''' (Paşa degani oʻzbek tilida vazir deb tarjima qilinadi) ([[1493]], Parga — [[15-mart]] [[1536]], [[İstanbul]]) - [[Usmonli Davlati]]ning eng nomdor va turk davlati tarixida buyuk izlar qoldirgan davlat arbobi [[Qonuni Sulton Sulaymon]]ning Vaziri-Aʼzami. U hozirgi [[Gretsiya]]da joylashgan [[Parga qishlog'i]]da tugʻilgan. Shu sababdan Pargali Ibrohim Paşa nomi bilan chaqirilgan. Shuningdek, I.Sulaymonga yaqin inson sifatida davlat mansablaridan yuqori pogʻonalarga koʻtarilgani uchun Maqbul Ibrohim Paşa nomi bilan tanilgan, ammo uning oʻlimidan keyin Maktul Ibrohim Paşa laqabi berilgan.

== Yoshligi ==
Baʼzi bir tarix kitoblarida uning [[italyanlar|italyan]] yoki rumlik ekanligi aytiladi. Uning otasi baliqchi boʻlib oʻzi bolaligida dengiz qaroqchilari tomonidan oʻgʻirlab ketilgan va [[Anadolu]] yerlariga olib kelinib u yerda bir dul qolgan xotinga sotilgan. Oʻziga toʻq boy boʻlgan bu xotin Ibrohimning har tomonlama mukammal yetishishiga sababchi boʻlgan. Shu paytlarda Yovuz Salimning oʻgʻli Sulaymon hokimlik qilayotgan hududda, uning oʻzi bilan tanishgan. Baʼzi rivoyatlarga koʻra, Ibrohimning yaxshi [[skripka]] chalgani aytiladi va shu xususiyat ularning ilk tanishishiga sababchi boʻlgan.

== Faoliyati ==
Vazir Ibrohim juda tez yuqori mansablarga chiqadi. Eng boshida Xosxona (hukmdorlarning alohida ish va yashash joyi) boshligʻi, keyinchalik esa I.Sulaymoning ishonchi qozongani uchun va davlatdagi muvaffaqiyatlaridan keyin tez bir shaklda Usmonli davlatining eng yuqorida martabalariga erishdi. Sadraʼzam, Anadolu va Rumeli beylarbeyi unvonini oldi. Usmonli Davlatining lashkarboshisi va podshohning boshi vaziri martabasiga keldi. [[1521-yil]]da [[Belgrad]]ning bosib olinishida, undan keyin [[1522-yil]]da Rodos jangida muhim oʻrinlarni oldi. Shundan keyin sadraʼzam boʻldi. [[Misr]]da chiqqan itoatsizlik qoʻzgʻoloni oldini oldi va u yerda tinchlikni saqladi. Shu bilan birga Misr beylar beyi unvoni ham berildi. Misrda bir qancha islohotlarni amalga oshirdi. [[Vengriya]]dagi Mohach jangi uning roli juda katta boʻldi va juda qisqa muddat ichida jangni gʻalaba bilan yakunladilar.

Undan keyin yana davlat sharqida chiqqan alavi-turkmanlar qoʻzgʻolonini bostirish uchun vazifalantirildi va uning olib borgan tadbirlari natijasida isyon bostirildi. I.Vena Gʻalabasi bilan tugagan 2.Vengriya safariga ham chiqdi. [[Avstriya]] imperatorining Usmonli sadraʼzamiga tenglashtirilgan [[1533-yil]]dagi Istanbul Kelishuvini ham shaxsan oʻzi olib bordi. Bu kelishuv Ibrohimning sayi-harakatlari natijasida Usmonli Davlati foydasiga hal qilindi.

[[Eron]]ning [[Safaviylar]]iga qarshi jangda birinchi safda joy oldi va [[Tabriz]] shahri egallandi. Tabrizdan keyin I.Sulaymonning qoʻshinlari bilan birlashib [[Bagʻdod]]ni egallashdi.

Ibrohimning usmonli davlatidagi kuch-qudrati alohida diqqatga sazovordir. U davlatning eng oliy maqomi boʻlmish lashkarboshi boʻlganida oʻsha paytdagi davlat ramzlari 4 ta boʻlib, u 7 taga chiqarilgan va shu 7 ta ramzlardan 6 tasini Ibrohimga berilgan. Hukmdor oʻziga faqat 1 ta ramzni qoldirib, u ham boʻlsa, islom xalifaligi ramzi boʻlgan. Yana baʼzi bir manbalarga koʻra, Ibrohimning Sulaymonning singlisiga uylangani unga davlatda qudratli boʻlishiga yordam bergan. Ammo bu unchalik ham toʻgʻri emas. Ibrohimning yana xorij tillarini va madaniyatini bilishi ham unga davlat boshqarishida juda koʻp yordam bergan. Hozirga davrga qiyos qilib aytiladigan boʻlsa, Ibrohim usmonli davlatining tashqi ishlari vaziri ham hisoblangan. Davlatning butunlay tashqi masalalari Ibrohimning tamoman boshqaruvida boʻlgan. Istanbul Kelishuvida sadraʼzam sifatida Avstriya Imperatoriga tenglashtirilgan.

== Manbalar ==
{{manbalar}}

== Havolalar ==

{{bio-stub}}
{| class="wikitable" style="margin: 0.5em auto; clear: both; font-size:95%;"
|- style="text-align: center;"
{{Place box
|avval = [[Piri Mehmed Padshoh]]
|unvon= [[Tasvir:Sadrazamlik-nisanlari.svg|25px]]
[[Usmonli imperiyasining buyuk vazirlarining roʻyhati|Usmonli buyuk vaziri]]
|yıllar= 27 iyun 1523 - 14 Mart 1536
|keyin= [[Ayas Mehmed Podshoh ]]}}
|}<noinclude>