Naftenlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

24-Aprel 2013, 18:04 dagi koʻrinishi

Naftenlar (yun. naphtha — neft) -siklopentan va siklogeksan katorining toʻyingan alitsiklik uglevodorodlari, shuningdek, molekulasida 2 tadan 5 tagacha qalqasi boʻlgan murakkab bi- va politsiklik uglevodorodlar. Umumiy formulasi SpN2p. Toʻyingan uglevodorodlardan molekulasidagi uglerod atomlarining siklik (halqa hosil qilib) joylanishi bilan farq qiladi. Asosiy manbai — neft. Neftda, sikli (halqasi)da 5 va 6 ta uglerod atom boʻlib, tabiatda birmuncha koʻp tarqalgan N. bor. Siklida 6 ta uglerod atomi boʻladigan N. — geksametilenlar (siklogeksan va uning gomologlari) muhim. Ular neftni haydash yoʻli bilan olinadi. Katalitik kreking jarayonida aromatik yoki toʻyinmagan uglevodorodlarga aylanadi. N., motor yonilgʻilarining tarkibiy qismi hisoblanadi. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil